So’nggi yangiliklar

18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  0 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  0 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  2 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  4 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  2 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  4 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  3 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  7 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5

Tanishing: “Mark Stars” futbol klubi Toshkentda Yangiliklar

Tanishing: “Mark Stars” futbol klubi Toshkentda

Nigeriya birinchi ligasi ishtirokchisi “Mark Stars” futbol klubi (2012 yilda tashkil topgan) shu kunlarda Toshkentda bo'lib turibdi.
Malum bo'lishicha, bu jamoaning Gruziya birinchi ligasida ham farm-klubi bor ekan. Bundan bir oycha muqaddam internet saytlarda bir guruh afrikalik futbolchilar poytaxtimizda o'zlariga jamoa izlab yurishgani haqida xabarlar chiqqandi. Aniq bo'lishicha, o'sha futbolchilar “Mark Stars” klubi azolari ekan. Kuni kecha bu jamoa birinchi liga vakili “Oqtepa”ga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushib, 1:1 hisobini qayd etdi. Bahs yakuniga etgach, biz “Mark Stars” bosh menejeri Jerri Emonkpayridan intervyu oldik. Muxlislar yaxshi bilishsa kerak, Jerri Emonkpayri o'z vaqtida oliy ligamizda to'p surgan bo'lib, “So'g'diyona” va “Metallurg”da o'ynagan. U ayni paytda futbolchilik faoliyatini davom ettirish bilan birga murabbiy va menejer vazifasini ham bajarmoqda ekan.

JERRI EMONKPAYRI: “BIZ SHUNCHAKI JAMOA EMASMIZ”

-   Jerri, avvalo “Oqtepa” bilan o'yindan olingan taassurotlar haqida...

-   O'yinda tezkor gollar kiritildi. Bu esa bahsning yanada qiziqarli kechishini taminladi. Umuman olganda, menga uchrashuv yoqdi. Bu Toshkentga kelganimizdan beri birinchi o'yinimiz bo'ldi, shu bois jamoadagi hamma ham yaxshi o'yin ko'rsata olmadi. Futbolchilarimiz mana bir oydirki shu erda mashg'ulot o'tkazishyapti. Jamoaning rasmiy nomi – “Mark Stars” futbol klubi. Men menejer sifatida bu jamoani boshqaryapman. Bilasizmi-yo'qmi, O'zbekistonda to'p surganimda shu erlik qizga uylangandim. SHuning uchun ham yurtingiz men uchun begona emas. Natijada futbol klubimizning mavsumoldi tayyorgarligini O'zbekistonda o'tkazishni maqo'l ko'rdik. Mening maqsadim – Afrikadan yaxshi saviyadagi futbolchilarni olib kelib, o'zbek klublariga joylashtirish.
 
-   Toshkentga nechta futbolchi kelgan?
-   Hozircha 19 nafar o'yinchimiz shu erda. SHu oyning oxirlarida eng kuchli futbolchilarimiz ham kelishadi. CHunki fevralda PFL Kubogida qatnashishni maqsad qilganmiz. Men bu borada PFL bosh direktori Farhod Magometov bilan gaplashdim va u kishi musobaqadagi ishtirokimizga ruxsat berdi.
 
-   Futbolchilarning barchasi Nigeriyadanmi?
-   Yo'q. Ikki nafari Kot-D‘Ivuardan, yana ikkitasi yaqinda Ganadan keladi. Futbol klubimiz tarkibida jami 30ga yaqin futbolchi bor.
 
-   Jamoaning logotipi “Bunyodkor”nikiga juda o'xshab ketar ekan.
-   Ha, shunday. Ko'pchilik bizni “Bunyodkor” kiyintirgan deb o'ylayapti ekan. Lekin jamoamizning “Bunyodkor”ga umuman aloqasi yo'q. “Mark Stars” futbol klubi ham Nigeriyada, ham Gruziyada faoliyat olib bormoqda. Mana endi O'zbekistonda ham oliy liga klublari bilan hamkorlikni yo'lga qo'ysak chakki bo'lmasdi.
 
-   SHu vaqtgacha oliy liganing birorta jamoasidan o'yinchilarga qiziqish bo'ldimi?
-   Biz endi bittagina o'yin o'tkazdik, shu bois ko'pchilik “Mark Stars” haqida bilmaydi. Mana endi nazorat bellashuvlarini ko'paytiramiz, shuningdek, PFL Kubogida ham ishtirok etamiz. O'ylaymanki, hali oliy liga klublaridan futbolchilarimizga taklif bo'ladi.
 
-   Malumki, PFLning legionerlar borasidagi talablariga ko'ra, chetdan kelayotgan futbolchi oliy liga klubida, shuningdek terma jamoada ham to'p surgan bo'lishi kerak.
-   Bugun maydonga tushgan jamoamiz sardori Nigeriya oliy ligasida o'ynagan. U – yaxshi saviyadagi futbolchi. Yana qaytarib aytaman, Toshkentda hozir shug'ullanayotganlar asosiy o'yinchilarimiz emas. Eng kuchli futbolchilar endi kelishadi.

-   Bu erda yashash, ovqatlanish va mashg'ulot o'tkazish qanday bo'lyapti?
-   Katta hovlini ijaraga olganmiz va o'sha erda turibmiz. Ovqatlanish ham joyida. Mashg'ulotlarni esa “O'zbekfilm” kinostudiyasi yonidagi suniy maydonda olib boryapmiz. Men futbolchilar yaxshi eb, yaxshi shug'ullanishi qo'ldan kelgancha harakat qilyapman.
 
-   “Mark Stars”ni moliyaviy taminlash kim tomonidan amalga oshiriladi?
-   Nigeriyada bizga homiylik qilayotgan odamlar bor. SHuningdek, Gruziyada ham tanishlarimiz ko'p. Ular jamoamizni har tomonlama qo'llab kelishyapti. Bir so'z bilan aytganda, biz shunchaki jamoa emasmiz.

Mana, “Mark Stars” futbol klubi bosh menejeri Jerri Emonpayrining intervyusi bilan tanishib chiqdingiz. Jamoaning Toshkentga kelishdan maqsadi malum: o'rtoqlik o'yinlarida futbolchilarni reklama qilib olish va shu orqali oliy liga klublariga joylashtirish. Jerri Toshkentga olib kelgan futbolchilar oliy ligada o'ynab keta olishadimi-yo'qmi, hozircha bu haqda bir narsa deyish qiyin. Ammo PFLning legionerlarga qo'ygan talablari bo'yicha bizning chempionatga chetdan kelayotgan futbolchi kuchli, shu bilan birga o'zbek futbolini o'stira oladigan darajada bo'lishi lozim. Quyida aynan legionerlarga qo'yilgan bazi talablarni keltirib o'tamiz.

-   Legioner futbolchi agar Evropadan kelgan bo'lsa, oliy yoki birinchi liga klubida to'p surgan bo'lishi shart. Agar Osiyo va Afrikadan bo'lsa, unda faqat oliy liga klubidan kelgan bo'lishi kerak;
-   Legioner futbolchi o'z jamoasining oxirgi mavsum o'yinlarida kamida 60 foiz ishtirok etgan bo'lishi kerak;
-   O'z milliy terma jamoasida esa beshtadan kam bo'lmagan o'yinda to'p surgan bo'lishi talab etiladi;
-   Olimpiya yoki yoshlar terma jamoasining oxirgi saralash bahslarining kamida 70 foizida qatnashgan bo'lishi kerak;
-   Agar legioner shu talablarga mos kelmasa, unda klub o'sha futbolchini o'z tarkibiga qo'shib olish uchun PFL hisob-raqamiga 50 million so'm o'tkazib berishi zarur bo'ladi.
-   Bundan tashqari, O'zbekiston chempionati va Kubogida qatnashadigan klub o'z shtatidagi har bir O'zbekiston fuqarosi bo'lmagan shaxs uchun (futbolchi, murabbiy, mutaxassis) 3 million so'm miqdorida PFLga to'lab berishi lozim.

Xayrulla XOLIQOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика