Tanaffusdan keyin: A Seriya 9-tur prevyusi
21 okt 2023 14:30
Yangiliklar
Tanaffusdan keyin: A Seriya 9-tur prevyusi
Turni amaldagi chempion "Napoli"ning safarda "Verona"ga qarshi bellashuvi ochib beradi. Etiboringizga turning eng qiziqarli bo'lishi kutilayotgan o'yinlariga tayyorlangan prevyuni taqdim etamiz.
"Verona" - "Napoli"
Hellas Verona Darko Lazovic - 60' |
Serie A . 9-tur 21/10/2023, 19:00 3
:
1
Tugadi
|
SSC Napoli Matteo Politano - 27', Khvicha Kvaratskhelia - 43', Khvicha Kvaratskhelia - 55' |
Stadion: Stadio M. A. Bentegodi, 20549 tomoshabin
Bosh hakam: Rosario Abisso
Hamon o'yinda Xeyn va Doygning ishtiroki so'roq ostida qolmoqda, Xrustich, Kabal, Braf va Davidovich esa jamoaga yordam bera olmasligi aniq. Hujumda Marko Baroni Jurich va Bonaccolidan birini tanlashi zarur.
Rudi Garsiya uchun Osimxen va Angussaning jarohati jiddiy bosh og'riq bo'lishi aniq. SHunday ekan hujumda Simeone va orqaroqdan Politano hamda Kvaracxeliya harakat qiladi. Lekin Rraxmani safga qaytgan va u himoya markazida Natan bilan tandemda harakat qiladi.
Ushbu jamoalarning oxirgi to'qnashuvida jamoalar hisobni ocha olishmagandi. Hozir favorit yana "Napoli". Jarohatlar va boshqa muammolarga hamda "Verona"ning qarshiligiga qaramay, "Napoli" g'alabali yo'lga qaytib oladi deb o'ylaymiz.
"Torino" - "Inter"
Torino |
Serie A . 9-tur 21/10/2023, 22:00 3
:
0
Tugadi
|
Inter Marcus Thuram - 59', Lautaro Martinez - 67', Hakan Calhanoglu - 90' |
Stadion: Stadio Olimpico Grande Torino, 26193 tomoshabin
Bosh hakam: Matteo Marchetti
Sapataning jarohati Yurich uchun o'ta yoqimsiz yangilik bo'lgani turgan gap, shunday ekan hujumda Sanabriya maydonga tushadi. Unga Pellegri yordamlashadi. Yaxshi yangiliklardan Sazonov va Bellanovani aytib o'tish mumkin. SHuning uchun Tamez markazga qaytadi.
Kuadrado hali ham jarohati bilan band. Arnautovich ham lazaretda. SHuningdek, Barellaning o'rnini Frattezi egallaydi. Hujumda esa Lautaro-Tyuram juftligidan boshqa variant yo'qdek.
"Inter" o'tgan safar 1-0 hisobida zafar quchgan. Hozir ham aynan "neradzurri" favorit sifatida ko'rilmoqda. Jamoalar darajasi o'rtasida sezilarli farq bor, yuzaga kelgan tanaffusda esa Inzagi kamchiliklar ustida ishlashi mumkin edi va "Inter" "buqalar" qarshiligini enga oladi.
"Salernitana" - "Kalyari"
Salernitana Boulaye Dia - 86', Boulaye Dia - 90' |
Serie A . 9-tur 22/10/2023, 19:00 2
:
2
Tugadi
|
Cagliari Zito Luvumbo - 79', Nicolas Viola - 88' |
Stadion: Stadio Arechi, 17409 tomoshabin
Bosh hakam: Daniele Chiffi
Tabiiyki, yangi murabbiy Filippo Inzagi malum o'zgarishlarga qo'l uradi. Qo'shimchasiga, tarkibning deyarli barcha azosi sog'lom va safda. Bu borada faqatgina Facio va Foriloning maydonga tushishi so'roq ostida qolmoqda. Hujumda Dia va Kabralga ishonch bildiriladi. Rog, Lapadulla va Mankozu hali ham jarohatini davolash bilan band. Luvumba va Dossena safga qaytgan, biroq ularni asosiy tarkibda ko'rmasak kerak. Hujumda katta ehtimol bilan Oristanoni ko'ramiz, unga Petanya yoki SHomurodov yordamlashadi.
Jamoalarning avvalgi bahsi 1-1 hisobidagi durang bilan yakunlangan. Hozircha, qog'ozda, favorit — "Salernitana". Barcha faktorlardan tashqari, Filippo Inzagi g'alaba bilan debyut qilishga urinishi turgan gap. Murabbiy almashgani futbolchilarga ham tasir ko'rsatishi turgan gap. Ammo "Kalyari" osonlikcha taslim bo'lmaydi va mezbonlar uch ochkoni qo'lga kiritish uchun ancha ter to'kishlariga to'g'ri keladi.
"Milan" - "Yuventus"
AC Milan |
Serie A . 9-tur 23/10/2023, 00:45 1
:
0
Tugadi
|
Juventus Manuel Locatelli - 63' |
Stadion: San Siro, 75676 tomoshabin
Bosh hakam: Maurizio Mariani
Pioli tarkib borasida jiddiy muammolarga duch kelgan. Krunich, Teo, Menyan, Benasser va CHukvueze ushbu bahsda ishtirok eta olmasligi aniq bo'lib ulgurgan. Kalulu va Loftus-CHik ham jamoadoshlariga yordam bera olmasligi mumkin. Milanliklar baxtiga hujumda Leao va Jiru juftligi bor.
Ha, Allegrida ham muammolar etarli. Qo'shimchasiga Danilo jarohatlangan va uning o'rnini kim egallashini yoki taktikani alishtirish borasida bosh qotirish zarur. Yaxshi yangiliklardan Vlaxovich safga qaytdi. Agarda Allegri 4-4-2 sxemasidan foydalanishga qaror qilsa, hujumda aynan serbiyalik futbolchi Milik bilan juftlikda harakat qiladi.
Jamoalarning avvalgi to'qnashuvida 2-2 hisobi qayd etilgandi, ammo u o'yin o'rtoqlik maqomida kechgandi. Hozir esa o'rtada uch ochko turibdi. "Milan" imkoniyatlari biroz yaxshiroq deb baholanmoqda, lekin nazarimizda, "Yuventus" "rossoneri"ning muammolaridan unumli foydalana olishi hech gap emas. Qator etakchilarisiz "Milan"ga oson bo'lmasligi aniq.
Sergey Rumyancev
Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi
Fikrlar