Tayfun Korkut "Gannover"ning yangi bosh murabbiyi bo'ldi
31 dek 2013 21:43
Yangiliklar

Tayfun Korkut "Gannover"ning yangi bosh murabbiyi bo'ldi
Jamoaning muvaffaqiyatsiz o'yin namoyish etayotgani bois "Gannover" rahbariyati bosh murabbiy Mirko Slomkani istefoga chiqargan edi.
Bir necha soat avval gannoverliklar Tayfun Korkut bilan shartnoma imzoladilar.
Uncha uzoq davom etmagan muzokaralardan so'ng Korkut "Gannover"da ishlashga rozilik berdi. SHunday qilib bundesliga tarixida ilk bor turk millatiga mansub murabbiy nemis jamoasiga ustozlik qiladigan bo'ldi. Malumotlarga qaraganda "Gannover" Korkut bilan 2016 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi. Ushbu murabbiy jamoani 5 yanvar kuni rasman qabul qilib oladi.
Malumot o'rnida aytib o'tamiz, Tayfun Korkut 42 yoshda bo'lib, futbolchilik faoliyati davomida "Real Sosedad", "Fenerbaxche", "Espanol" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.

Fikrlar