So’nggi yangiliklar

01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  0 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  0 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  3 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  24 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  2 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1

Tailand kundaligi. Sonkxladagi stadion bugungi o'yinga tayyor Yangiliklar

Tailand kundaligi. Sonkxladagi stadion bugungi o'yinga tayyor

Toshkent - Bangkok - Sonkxla yo'nalishida qilgan uzoq parvozlardan so'ng vanihoyat Sonkxla shahriga etib keldik.

Albatta uzoq yo'l o'ziga yarasha mashaqqatlarni bizga taqdim etdi.

Aeroportlardagi kutishlar, Sonkxlaga uchish uchun bir aeroportdan boshqa aeroportga o'tish, qishning sovuq ob-havosidan 34-35 daraja issiq bo'lgan o'lkaga ko'nikish o'z-o'zidan qiyinchiliklarni tug'diradi.

Bangkokdan Sonkxla shahriga kelib tushganimizdan so'ng aeroportdan mehmonxonaga kelguncha tevarak atrofni kuzatib kelganimizdan so'ng Sonkxla shahri Osiyo chempionati havosi bilan nafas olayotganini sezdik. Yo'llarda U23 Osiyo chempionatiga bag'ishlangan bannerlar, turli xil reklamalar bu shaharda futbol bo'yicha yirik turnir boshlanayotganidan darak berib turibdi.

Sonkxla shahrida ayni damdagi ob-havo 30 darajadan biroz yuqori bo'lib turibdi. Biroq dengiz shabodasi kishiga yoqimli hislarni taqdim qilmoqda.

Biz bilan bilan Abdurahmon Fozilov boshchiligidagi bir guruh O'zbekistonlik ashaddiy futbol muxlislari ham Tailandga etib kelishdi. Ularning bugungi o'yinga tayyorgarliklari juda avjida. Bugun O'zbekiston olimpiya terma jamoasi futbolchilari o'zlarini xuddi uy stadionlarida o'ynagandek his qiladi desam oldindan adashmagan bo'laman. Yana bir qancha futbol muxlislari ertaga Tailandga etib kelishlari haqida ham malumot oldik. Demak kundan-kunga terma jamoamizning muxlislari ko'payib boraveradi.

Mehmonxonaga joylashgach tezda akreditaciyamizni olish uchun Sokxladagi Tinsulanonda stadioni tomon oshiqdim. Bu borada mehmonxona mamuriyatiga alohida tashakkur etishim lozim, chunki ular meni stadionga kelishimga transport ajratib hurmat ko'rsatishdi.

Akreditaciyani olgach stadion ichiga kirib u erdagi manzarani ko'rgach, ochig'i barcha charchoqlar chiqib ketdi desam bo'laveradi. SHunchaki judayam go'zal! Tayyorgarlik alo darajada, maydon holati futbol o'ynash uchun ideal holatda. Bugun bu stadionda “S” guruhidagi ikkita o'yin bo'lib o'tadi. Jurnalistlar hamda martabali mehmonlar uchun va albatta muxlislar uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan.

Quyidagi rasmlarni ko'rib bunga o'zingiz guvoh bo'lishingiz mumkin.






Akramjon Mamadaliev Songxla shahridan championat.asia sayti uchun maxsus

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика