So’nggi yangiliklar

19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  0 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида кескин фикр билдирди  0 18:29Ўзбекистон терма жамоасининг иккинчи кун машғулотлари — Шомуродов, Турғунбоев ва Ҳусанов Тошкентда  2 17:36Пеп Гвардиола: "Роналдо ва Роналдиньо каби футболчиларни бошқа кўрмадим"  7 16:54Тарихда шу кун. Гейнрихнинг омадли қайтиши, Шомуродовнинг дебют ўйини, ёхуд Ўзбекистон – Яман 1:0  7 16:49"Барселона" ярим ҳимоячиси жароҳат сабаб 3-4 ҳафтага сафдан чиқди  0 16:22"Манчестер Юнайтед" бош директори: "Эрик тен Хаг бизга мос мураббий"  7 15:36АПЛдан Саудия Арабистони томон навбатдаги трансфер ҳал бўлди  0 14:59ЖЧ-2026 саралаши. Ироқ терма жамоаси таркиби эълон қилинди — рўйхатда А Сериядан ҳам вакил бор  0 14:10ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон — КХДР учрашувини ким бошқариб бориши ёдингиздами?  11 13:41"Ливерпуль" собиқ футболчиси АПЛга қайтишга яқин  2 12:50"Бенфика" Туркия терма жамоаси етакчиларидан бирини сотиб олди  2 12:22Водий дербиси қачон ўтказилади? Суперлиганинг октябрь ойи тақвими  0 12:05Иброҳимҳалил Йўлдошев тўп тепаётган "Қайрат"да бош мураббий ўзгарди  2 11:42Саудия Арабистони клуби яна бир бразилияликни ўз сафига қўшиб олди  1

"Tahlil": "Nasaf" yaxshi o'ynab mag'lub bo'lgan uchrashuv haqida Yangiliklar

"Tahlil": "Nasaf" yaxshi o'ynab mag'lub bo'lgan uchrashuv haqida

Kecha O'zbekiston Superligasi 14-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Turning markaziy uchrashuvlaridan biri bo'lgan mazkur o'yin Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida o'tkazildi (malum sabablarga ko'ra). 

"Paxtakorcha taktika" — bir vaziyat = bir gol

"SHerlar" 13-turni "Bunyodkor"ga qarshi o'tkazgan edi. O'sha uchrashuvda ham kechagidek hisob qayd etildi — 1:0. "Paxtakor" tanaffusdan keyin go'yoki yangicha taktikada o'ynayotgandek. Jamoa raqibning xatosini kutadi va undan foydalanishga harakat qiladi. O'tgan turdagi o'yinda ham "Bunyodkor" azosi Xurshid G'iyosov birinchi bo'lim oxirida qulay vaziyatdan foydalana olmadi, "sherlar" qarshi hujumga o'tib ketib penalti ishlashga muvaffaq bo'ldi. O'sha vaziyatdan gol urildi, bo'ldi.

Kecha ham shunga o'xshash scenariy bo'ldi. Hojiakbar Alijonov to'pni chap qanotdagi Aziz Turg'unboevga uzatib berdi, u esa havolatib jarima maydonchasi ichidagi Dragan CHeranga, uning bergan zarbasini Umidjon Ergashev qaytardi, biroq qaytgan to'pni Matich boshi bilan darvozaga kiritdi. 

SHu goldan so'ng "Paxtakor"da aytarli vaziyat bo'lmadi. Ha, o'yin so'nggida Doston Hamdamov gol urdi, biroq o'yindan tashqari holat edi. Vaholanki Hamdamov ham, unga to'pni uzatgan va aslida ofsaydda qolib ketgan SHerzod Temirov ham zaxiradan o'yinga qo'shilgan edi. 

Jamoa bosh murabbiyi Piter Xyuistra ham o'yindan so'ng ikkinchi bo'limdagi almashtirishlar tufayli jamoa o'zini maydonda ancha qulay his qilganini, bu orqali raqibning tempini ham pasaytirganini aytib o'tdi

"Nasaf" qatorasiga ikkinchi o'yinda ham yaxshi o'ynab turib, mag'lub bo'ldi. Bunga tanaffus sababmi?

"Paxtakor" gol urib olingandan so'ng "Nasaf" yanada faolroq harakat qila boshladi. Xususan, bir necha bor uzoqdan zarbalar berildi, ammo ularning hech biridan naf chiqmadi. Jamoa kecha maydonda ko'p yugurdi, vaziyatlar yaratishga intildi. Uzoqdan ham bir necha bor zarbalar berildi. Hatto bir vaziyatda Suhrob Nurulloevning zarbasi darvoza to'siniga ham tegdi. 

Tanaffusdan avval "ajdarlar"ning o'yini hozirgidan ko'ra ancha yaxshiroq edi. Jamoa o'z vaziyatlarini golga aylantira bilar edi. Biroq o'tgan turda "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda ham, kechagi o'yinda ham ko'rindiki, jamoa vaziyat yarata olyapti, ammo so'nggi nuqtani qo'yadigan futbolchi yo'q. 

Ro'ziqul Berdievdan matbuot anjumanida bu haqda so'raganimda, murabbiy jamoaning o'yinlari holatiga tanaffus sabab emasligini aytib o'tdi. U hozirgi vaziyatni jamoaning bir necha asosiy futbolchilari yo'qligi bilan izohladi. 

"Jismoniy tayyorgarligimiz joyida. Superligada biron jamoa bizning yigitlarimiz kabi yuguradiganini ko'rganim yo'q. Bugun biz pressingni yaxshi amalga oshirdik. Mag'lubiyatga sabab tarkibimizda etakchi futbolchilarning yo'qligi bo'ldi. SHerzod Nasrullaev, Akmal Mozgavoy kabi futbolchilarning yo'qligi bizga juda ham pand berayapti. Marko Stanoevichni oldinroqda chiqarsak, bizga foydasi ko'proq bo'lardi. Lekin tarkib bunga imkon bermadi. Bundan tashqari biz etakchi va kuchli jamoalar maydonida harakat qildik. To'g'ri xulosa chiqaramiz, etakchi futbolchilarimiz qaytsa, biz oldingi kabi o'yinlarimizni ko'rsatamiz", — dedi u.

Matich va Hamdamovning gollarida o'yindan tashqari holat bormidi? Hakamlik haqida ikki og'iz

Boyan Matichning kiritgan golida "Sport" telekanali ko'rsatgan lavhalarda ofsayd bordek edi. Biroq o'sha vaziyatda stadionda takroriy lavhani ko'rib chiqdim. "Paxtakor" matbuot kotibi Behzod Nazarov yaxshi tushuntirib berdi. "Sport" TVning rakursida Mati go'yo oldindaga o'xshab ko'rindi. Ammo, aslida, CHeran bosh bilan zarba berayotganda uni qo'riqlayotgan himoyachi Matich bilan bir chiziqda edi. 

Doston Hamdamov gol urgan vaziyatdan avvalroq Odil Hamrobekov SHerzod Temirovga to'p uzatdi. Aynan shu erda Temirov himoyachilardan ildamroq harakat qilib qo'ygan edi. 

O'zi umuman hakamlar kecha yaxshi ishlashdi. Faqat bir holat biroz tashvishga solyapti kishini — VAR yaxshi ishlayaptimi? O'tgan turda "Lokomotiv" — "Nasaf" bahsida ham bosh hakam va VAR o'rtasidaga aloqa sabab o'yin 8 daqiqacha to'xtab qolgan edi. Kecha ham birinchi bo'limda bir shunga o'xshash holat bo'ldi. Ikkinchi bo'lim boshlanishidan avval ham maydonga eng kech bosh hakam chiqdi. Hay mayli...

Ro'ziqul Berdievning maydon atrofidagi harakatlari

O'yinlar muxlislarsiz o'tkazila boshlangandan beri maydondagi futbolchilarning o'zaro so'zlashuvidan tortib, murabbiylarning gaplarigacha yaxshi eshitiladigan bo'ldi. Ro'ziqul Berdiev o'z shogirdlariga asosan o'zbek tilida murojaat qilgani uchun bu narsa yana-da yaxshiroq eshitiladi. 

Mayli, uning futbolchilarga nima deganini ommaga olib chiqmoqchi emasman. Biroq u hatto "Paxtakor"ning bazi futbolchilariga ham bemalol gapiraveradi, o'rni kelganda urushib ham berishini guvohi bo'ldik. 

O'yindan keyin Ro'ziqul Berdiev Dragan CHeran, Odil Hamrobekov va Farrux Sayfievlar bilan suhbatlashdi. Malumot uchun, ushbu futbolchilar ham o'z vaqtida aynan Berdiev qo'l ostida "Nasaf" jamoasida faoliyat olib borgan. 

Matbuot anjumanida Xyuistradan Hasanali ota Ro'ziqul Berdiev bilan qaysi tilda suhbatlashgani haqida hazilomuz savol berdi. "Butun dunyoda futbol tili bir xil. Ozroq rus tilida, ozroq o'zbek tilida gaplashdik. Umuman olganda bir-birimizni tushundik", — deya javob berdi "sherlar" bosh murabbiyi.

P.S.: o'yin haqidagi fikrlar muallifning ko'rganlari bo'yicha yozildi. Albatta, sizning ushbu o'yinga bo'lgan qarashlaringiz boshqacha bo'lishi mumkin va bu noto'g'ri degani emas.

Muallif : Og'abek Samisov
Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика