Tadich: "MYU darvozasiga urgan golimdan so'ng o'zimni tutib tura olmadim"
12 jan 2015 08:14
Yangiliklar


Tadich: "MYU darvozasiga urgan golimdan so'ng o'zimni tutib tura olmadim"
"Sautgempton" yarim himoyachisi Dushan Tadich "Manchester Yunayted"ga qarshi kechgan Angliya chempionatining 21-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
O'yin mehmonlarning kichik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi, Tadich o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Futbolchi golni nishonlay turib futbolkasini echdi va sariq kartochka oldi.
"Biz chempionatda birinchi to'rtlikka kira olamiz, ammo jamoamiz shu ruhda davom etishi kerak. Men golni futbolkani echib nishonlashimga kelsak... Buni aytmay qo'ya qolay. G'alaba qozonganingda o'z harakatlaring borasida hisobot bermaysan. Odatda bunday qilmayman, ammo o'zimni tutib tura olmadim" - deydi Tadich.

Fikrlar