Tadich bosh murabbiyni tanqid qilgani uchun endi Serbiya terma jamoasiga chaqirilmaydi
22 mar 2016 15:49
Yangiliklar
Tadich bosh murabbiyni tanqid qilgani uchun endi Serbiya terma jamoasiga chaqirilmaydi
Serbiya futbol ittifoqi vice-prezidenti Savo Miloshevichning takidlashicha, "Sautgempton" Dushan Tadich endi Serbiya terma jamoasiga chaqirilmaydi.
Bunga futbolchining jamoa bosh murabbiyi Radovan CHurchichni tanqid qilishi sabab bo'ldi.
"Uni yana terma jamoaga chaqirishadi deb o'ylasa, Tadich adashadi. Milliy jamoaga unga o'xshash insonlar kerak emas. Bu erda egoistlarga joy yo'q. CHurchich uni o'rtoqlik uchrashuviga chaqirmay to'g'ri qilgan.
Tadich faqat o'zini o'ylashini ko'rsatib qo'ydi. Serbiyaga axil ishlay oladigan futbolchilar kerak" - deydi Miloshevich.
Oldinroq Tadich terma jamoaga chaqirilmaganidan g'azablanib, CHurchich boshchiligidagi Serbiya sovrinlarga ega chiqa olmasligini aytgan edi.
Fikrlar