So’nggi yangiliklar

02:57ЖЧ саралаши. Италия ўз уйида Норвегияга мағлуб бўлиб, ЖЧга йўл олиш масаласини кейинга қолдирди, Исроил Молдовани йирик ҳисобда таслим этди  4 00:58ЖЧ саралаши. Украина, Франция, Англия ва Сербия ғалабага эришди  4 00:10U-17 ЖЧ. Нимчорак финалга чиққан Ўзбекистоннинг бугунги машғулотларидан суратлар  2 23:33Роберт Левандовски фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин  2 22:32"Реал" Бундеслигада янги чап қанот ҳимоячиси топди  1 21:38"Милан" форварди АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  0 21:02ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди  134 20:38Гюлер Ҳусановнинг жамоадошига айланиши мумкин  7 19:50Холанд: "Мен терма жамоада бўлганимда Норвегия ҳеч қачон саралашдан ўтмаган"  15 18:58U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Хорватияни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, нимчорак финалга чиққан ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ   9 18:36Лондон клуби Эндрикни ижарага олмоқчи  2 17:48"Ньюкасл" "Манчестер Сити" футболчисини харид қилмоқчи  1 17:12Рейндерс: "Милан"нинг "Интер"га қарши ўйинини албатта томоша қиламан"  1 16:45Модрич: "Биз бу муваффақият билан фахрланишимиз керак"  1 16:20Мбаппе ва Зидан бир жамоада ўнайди-ми?!   3

Tachmurod Agamurodov: "Har ikki golda o'zimizning aybimiz bor" Yangiliklar

Tachmurod Agamurodov: "Har ikki golda o'zimizning aybimiz bor"

Coca-Cola Superligasining 11-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Qizilqum" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Tachmurod Agamurodov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- O'yin haqida nimani aytish mumkin, jamoamiz yigitlari bugun yomon o'yin ko'rsatishmadi. Har ikki gol o'z xatolarimiz evaziga urildi. Birinchi gol jarima zarbasidan so'ng yuzaga keldi. Ikkinchisida futbolchimiz o'z jarima maydonimiz ichkarisida orqadan qo'pollik ishlatdi. SHuningdek, bizning golimiz o'yindan tashqari xolat evaziga inobatga olinmadi.

Men o'yinoldi tayyorgarlik jarayonida futbolchilarga kartochkalardan ehtiyot bo'lishlari haqida aytayapman. Biroq biz har o'yinda kartochkalardan qutulmayapmiz.

Albatta "Andijon" jamoasini g'alaba bilan tabriklaymiz, kelgusi tur o'yinlarida ham omad yor bo'lsin.

- Ikkinchi bo'limda o'yinga qo'shilgan futbolchining yana zaxiraga olinishi sababi nima?

- Oybek Nurmatov yomon o'ynagani uchun zaxiraga olinmadi. Ayni o'sha vaziyatda bizga bosh bilan yaxshi o'ynaydigan futbolchi zarur edi. Bilasiz, "Andijon" standart vaziyatlarga alohida yondashadi, ikkinchi qavatda ham yaxshi o'yin namoyish etadi. Biz aynan bosh bilan yaxshi o'ynaydigan futbolchini maydonga tushirib, shu xavfni oldini olmoqchi bo'ldik. Takrorlayman, Oybek Nurmatov yomon o'ynagani uchun zaxiraga olinmadi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика