Syrenka Cup: Dilshod Nuraliev shogirdlari Ukraina o'smirlaridan mag'lub bo'ldi Yangiliklar

Syrenka Cup: Dilshod Nuraliev shogirdlari Ukraina o'smirlaridan mag'lub bo'ldi

Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Polsha mamlakatida 2001 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasidagi Syrenka Cup–2017 xalqaro turniridagi ishtirokini yakunladi.

O'zbekistonlik futbolchilar 7-o'rin uchun bahsda Ukraina o'smirlariga qarshi bahs olib borib, 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Dilshod Nuraliev jamoasi turnir davomida Belgiya va Vengriya yoshlariga qarshi kurash olib bordi.

Mazkur musobaqa  O'zbekiston o'smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tadi.

Syrenka Cup–2017
Nexoje, Polsha
2 sentyabr, shanba

O'zbekiston – Ukraina 0:3

O'zbekiston: Miraziz Sadiov, Xurshidbek Ubaydullaev, Mironshox Sattorov, Jasur Jaloliddinov, Igor CHikrizov, Xojimat Erkinov,Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Xushudbek Bozorov, Sunnatillo Hamidjonov, Bekzod SHamsiev.

Zaxira: Mo'minmirzo Qodirov, Doniyor Sobirov, Temur Mamasiddiqov, Jasurbek Abdulbekov, SHukron Yo'ldoshev, Rustam Azimov, Alishev Odilov, Diyor Ramazonov, SHoxjahon Sultonmurodov, Javohir Jo'raev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика