"Surxon" va futbolchilar. Ishga IIBB aralashdi
20 sen 2021 21:00
Yangiliklar
"Surxon" va futbolchilar. Ishga IIBB aralashdi
Ijtimoiy tarmoqlarda "Surxon" jamoasi futbolchilari va rahbatiyati o'rtasida maosh to'lanmaganligi sababli janjal chiqqani to'g'risida xabarlar tarqalmoqda.
Mazkur fakt bo'yicha quyidagilar malum qilindi:
17 sentyabr kuni "Surxon" futbol klubi binosida sobiq futbolchilar J.E. va A.X. hamda jamoa sardori A.G. o'rtasida futbolchilar bino devoriga rahbatiyat nomiga haqoratli yozuvlar qoldirganliklari tufayli kelishmovchilik yuzaga kelgan. SHu kunning o'zida Mirzo Ulug'bek tumani IIO FMBga sportchilardan badan shikastlari etkazilgani to'g'risida ariza kelib tushdi.
Mazkur fakt bo'yicha tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi. Tekshiruv yakuni bo'yicha qonuniy chora ko'riladi.
O’xshash yangiliklar
20:58
Nazorat o'yini. "Surxon" va Rossiyaning "Rubin" jamoalari o'rtasidagi o'yinda 4ta gol urildi 9
Fikrlar