So’nggi yangiliklar

12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  0 12:03Роҳатижон  1 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  2 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  1 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  19 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  4

"Surxon" Superligada ishtirok etadimi? O'FA va PFL yakuniy qarorni elon qildi Yangiliklar

"Surxon" Superligada ishtirok etadimi? O'FA va PFL yakuniy qarorni elon qildi

Teglar :  Surxon
2023 yilning mayida OFK licenziyalash talablarini bajara olgan klublar nomiga oydinlik kiritdi.

O'zbekiston bu borada 17 talik ko'rsatkich bilan qitada etakchi bo'ldi. Superliga klublari orasidan faqatgina "Surxon" qarzdorlik masalasi mavjudligi oqibatida licenziyaga ega chiqa olmadi.

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 10.2-bandiga ko'ra, bunday holatda futbol klubi qaysi o'rinni egallashidan qati nazar musobaqadan chetlatilishi lozim. SHuningdek, “Superliga va Proliga reglamenti”ning 10.4-bandiga ko'ra, OFK licenziyasini qo'lga kirita olmagan futbol klubi transfer oynasida faqatgina mahalliy futbolchini ro'yxatdan o'tkazishi mumkin. O'z-o'zidan "Surxon" 2023 yilning yozgi transfer oynasida legioner futbolchilar bilan ishlay olmadi. Klubning Superligadagi o'rni masalasi esa Associaciya hamda Liga ishtirokidagi yig'ilishda ko'rib chiqildi.

Klubda yuzaga kelgan qarzdorlik masalasi murakkab bo'lib, u avvalgi rahbariyatning tartibsiz va noto'g'ri ishlashi oqibatida vujudga kelgan. Mazkur holat "Surxon" klubini xususiylashtirish masalasining ortga surilishiga hamda takidlanganidek, yangi rahbariyat bilan ishlayotgan jamoaning licenziyalashdan muvaffaqiyatli o'tishiga to'sqinlik qildi. Holat Surxondaryo viloyat hokimligi tomonidan to'liq o'rganib chiqilgach, tegishli choralar ko'rildi (bu haqda keyinroq batafsil malumot beriladi).

O'zbekiston futbolchilari uyushmasi bilan hamkorlikda hozirga qadar qarzdorlik mavjud bo'lgan 37 kishidan 24 nafari bilan hisob-kitob qilindi. Qolgan qarzdorlik bilan bog'liq masala tegishli organlar nazoratida bo'lib turibdi. Associaciya va Liga ishtirokidagi yig'ilishda vaziyat tahlil qilib chiqildi. Bugunga kelib mazkur holatga olib kelgan sabablar aniqlangan bo'lib, unga nisbatan tegishli chora ko'rish ishlari olib borilmoqda. "Surxon"ni 2022 hamda 2023 yilgi mavsumlar davomida moliyalashtirib kelgan yangi rahbariyat esa klub infratuzilmasini shakllantirish, moliyaviy barqarorlikni taminlash, mamuriy boshqaruv faoliyatini rivojlantirish yo'lida dadil qadam tashlay oldi. FIFA talablaridan kelib chiqib, Associaciya hamda Liga "Surxon" jamoasi bilan bog'liq qarzdorliklar masalasi to'la echilmaguniga qadar, Futbolchilar uyushmasi bilan hamkorlikda holatni kuzatib boradi. Biroq so'nggi ikki yilda har taraflama rivojlanib borayotgan klubning ayrim shaxslar tomonidan ilgari yo'l qo'yilgan kamchiliklar sabab Ligadan chetlatilish darajasida jazolanishini mantiqan to'g'ri deb hisoblamaydi.

Yuqoridagilarga qo'shimcha ravishda "Surxon" Ligaga rasmiy xat bilan chiqib, eski rahbariyat javobgar bo'lgan qarzdorlik masalasi to'la hal etilishi bugungi rahbariyat tomonidan nazorat qilib borilishiga kafolat berdi. SHundan kelib chiqib, Associaciya hamda Liga "Surxon" futbol klubi Superligadagi ishtirokini davom ettirishi hamda legioner futbolchilar bilan ishlashi mumkinligini maqsadga muvofiq deb topdi.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика