So’nggi yangiliklar

18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  0 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  2 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  0 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  2 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  5 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  4 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  11 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  2 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  6

“Surxon”: Navbatdagi raqib - "Dinamo" (Samarqand) Yangiliklar

“Surxon”: Navbatdagi raqib - "Dinamo" (Samarqand)

Teglar :  Surxon
SHu kunlarda birinchi liga vakili Termizning “Surxon” jamoasi azolari poytaxtimizda yangi mavsumga hozirlik ko'rmoqda.

Vali Keldiev bosh murabbiyligida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazayotgan termizliklar 17 fevral kuni dastlabki nazorat uchrashuvida oliy liganing “So'g'diyona” futbolchilari (0:1) bilan kuch sinashganini xabar qilgandik. 19 fevral kuni “Surxon” jamoasi Navoiyning “Qizilqum” vakillariga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 44-daqiqasida Sanjar SHomurodov navoiyliklar posboni Artyom Makosinni chiroyli tarzda dog'da qoldirdi va hisobni ochdi.

O'yinning 79-daqiqasida Samandar SHodmonov hisobni tenglashtirdi - 1:1.

Nazorat uchrashuvining asosiy daqiqasida boshqa hisob o'zgarmadi. Uchrashuv bosh hakami Hasan Ro'ziev tomonlar roziligi bilan o'yinga yana 10 daqiqa qo'shib berdi. Bundan unumli foydalangan “Qizilqum” futbolchilari 90+8-daqiqada Alisher Yusupovning jarimadan yo'llagan aniq zarbasi evaziga g'alaba qozonishdi - 1:2.

“Surxon” jamoasi murabbiylar shtabi asosiy etiborni natijaga emas, aksincha jamoa o'yinini shakllantirishga qaratishyapti. Jumladan, “Qizilqum”ga qarshi bahsda ham termizliklar safida bir qator yangi futbolchilar ko'rikdan o'tkazildi.


Termizliklarning tarkibi quyidagicha ko'rinish oldi:
“Surxon”:
Aleksandr Korneychuk, Ubaydullo Xoliqulov, Sanjar SHomurodov, Siroj Allaev, Jafar Ismoilov, Sarvarjon Xolmatov, Najmiddin Normurodov, Botir To'raev, Nizom Norov, Xurshid Yo'ldoshev, Bahodir Murtazoev.

Ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushganlar: Zafar Qoraqulov, Sanjar Barotov, Akbar Murodov, Ikrom Ko'chimov, SHoxruh Jo'rabekov.

Bu uchrashuv chog'ida yosh futbolchilar Jo'rabek Ro'ziev, Temur Mamadalievlar alohida individual mashg'ulot olib borishdi.

O'tkazilgan dastlabki ikki nazorat uchrashuvidan so'ng, SHukur Jumaboev, Boburjon Bo'ronov, Zafar Qoraqulovlarga javob berildi.

Bugun termizliklar mashg'ulotlariga Nuriddin Hasanov (“Bunyodkor”), Farrux Haydarov (“SHo'rtan”), Mirjalol Qurbonov (“Qo'qon-1912”) kabi futbolchilar kelib qo'shildilar.

Rejaga ko'ra, “Surxon” jamoasi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini 21 fevral kuni Samarqand dinamochilariga qarshi o'tkazadi. Bu uchrashuv CHilonzordagi suniy futbol maydonida soat 14.30 da boshlanadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика