So’nggi yangiliklar

01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  3 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  2 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  1 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  17 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  7 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  5 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  4 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  72 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  68

Superliga. Surxon kambek amalga oshirib, Lokomotivni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. Surxon kambek amalga oshirib, Lokomotivni mag'lub etdi

Teglar :  LokomotivSurxon
Superliganing 22-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Lokomotiv" uchrashuvi yakunlandi.

O'zbekiston Superligasi.
22-tur, 25.10.2024
"Surxon" — "Lokomotiv" 2:1

Gol: 40 - Abdulazizxon Abdurashidov (Muhammadanas Hasanov), 77 - Abdug'ofur Haydarov (Farruh Ikromov), 88 - Muhammadali Abdurahmonov
Bosh hakam
: Akmal Rahimov
Yordamchilar: Maksim Nexochin, Rasuljon Fozilov
Zaxira hakami: Maruf Tilloev
VAR hakami: Nayim Qosimov
AVAR: Husnora Jumaeva

"Surxon": 1.Artyom Potapov, 4.Nodirxon Nematxonov, 5.Jamaldin Xodjaniyazov, 8.Humoyun SHerbo'taev, 9.Tamirlan Jamalutdinov, (98.Farruh Ikromov.46) 10.Dmitriy Pletnyov, 11.Abdug'afur Haydarov (15.Diyor Ramazonov, 90), 14.Sarvar Abduhamidov (17.Jahongir Abdusalomov, 46), 22.Javohir Jo'raev (6.Behzod SHamsiev, 79), 27.Asilbek Jumaev, 66.Behruz SHaydulov (19.Muhammadali Abdurahmonov,75).
Zaxira: 86.Davron Merganov, 77.Asadbek Karimov, 80.Diyorbek Jaloliddinov, 88.Mirjalol Abdumutalov,

"Lokomotiv": 32.Suhrobjon Sultonov, 2.Abdulazizxon Abdurashidov, 3.Valeriy Kichin, 4.Ivan Rogach, 7.Sardor Abdunabiev, 10.SHodiyor SHodiboev, 17.Sanjar Tursunov, 22.Muhammadanas Hasanov (28.Quvonchbek Abraev,85), 70.Abubakirrizo Turdialiev, 77.Lazizbek Mirzaev (11.Konstantin Bazelyuk,90), 97.Mixail Gashchenkov (8.Dilshod Jo'raev, 75).
Zaxira: 16.Daniil Bakanov, 9.Temur Mamasidiqov,  26.Abdulloh Yo'ldoshev,  33.Ibrohimjon Qurbonov, 55.Anzur Ismoilov, 72.Rustam Xolnazarov.

Ogohlantirish: 90 - Abdulazizxon Abdurashidov, 90+12 - Nodirxon Nematxonov


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

90+12. Nodirxon Nematxonov sariq kartochka oldi 

Hakam 2-bo'limga 13 daqiqa qo'shib berdi

90. Abdulazizxon Abdurashidov ogohlantirildi

88. GOOOL. Muhammadali Abdurahmonov hisobni o'zgartirdi va surxonliklarni oldinga olib chiqdi

85. Abraev Hasanovning o'rniga maydonga tushdi 

81. Burchak zarbasidan keyin Abdug'afur Haydarov bosh bilan zarba berdi. To'p darvozaning ustuniga tegib qaytdi!

79. SHamsiev Jo'raevning o'rniga maydonga tushdi

77. GOOOL. Abdug'ofur Haydarov uzoq masofadan ajoyib zarba berdi va hisobni tenglashtirdi

75. Mehmonlar safida ham o'zgarish: Gashinkovning o'rniga Jo'raev tushdi

75. SHaydulovning o'rniga Abdurahmonovni alishtirdi 

73. Muhammadanas Hasanov raqib maydonchasiga kirib bordi va zarba yo'lladi, to'pni Potapov ushlab oldi

70. SULTOOOONOV. Mehmonlar darvozabonidan super seyv. "Surxon" hujumchini penaltidan foydalana olmadi

69. Bosh hakam nihoyat penalti qo'ydi. To'p oldida Abdusalomov

Bugungi uchrashuvda Akmal Rahimov juda qiynalib ketdi. Bosh hakam bugungi uchrashuvning tahminan 10 daqiqasini VAR monitorining oldida o'tkazdi

65. Hakam yana bir bor VARni eshitmoqda. Bu safar yana "Suxron" penalti tepishi mumkin

64. Haydarovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini darvozabno qaytardi

60. VAR 6 daqiqalik tekshiruvlaridan so'ng penaltining o'rniga jarima zarbasi berdi

57. VAR yana Rahimovni ekranga chaqirdi. Barchasini bosh murabbiy hal qiladi

54. Abdunabievni raqib maydonchasining ichida yiqitishdi va Rahimov yana 11 metrli nuqtani ko'rsatdi

52. Mirzaev va SHodiboev yaxshi hujum tashkil qilishgandi, biroq raqib himoyachisi to'pni burchakka chiqarib yubordi

46. O'zgarish: Abdusalomov Abduhamidovni alishtirdi, Ikromov esa Jamalutdinovni alishtirdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam birinchi bo'limga olti daqiqa qo'shib berdi

40. GOOOL. Sanjar Tursunovning burchakdan uzatgan to'pini Abdulazizxon Abdurashidov darvozaga joylab qo'ydi

37. Bosh hakam VAR manitorining oldiga o'zi bordi va penaltiga asos yo'q deb hisobladi.

32. SHodiboev SHaydulovga qarshi jarima maydonchasining ichida qo'pollik ishlatdi. Hakam penalti belgiladi. VAR esa bu qarorni tekshirmoqda

29. Mezbonlardan navbatdagi zarba. Bu safar Jamalutdinovning zarbasi himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi

28. Uchrashuvdagi ilk xavfli zarba. Haydarovning zarbasini Sultonov qiyinchilik bilan qaytardi

25. Rogachning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. Hozircha biroz ustunlik mehmonlarda

17. Tursunovning uzatmasidan so'ng Abdurashidxonov boshi bilan zarba yo'lladi, biroq zarba noaniq ketdi

10. Mezbonlar himoyachi o'z maydonchasining ichida juda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Biroq Abdunabievning uzatmasini Potapov burchakka chiqarib yubordi

5. Mezbonlar ikki daqiqaning ichida uch marta burchak zarbasini amalga oshirishdi, hech bir standartdan surxonliklar unumli foydalana olmadi

3. Jo'raevning uzoqdan yo'llagan zarbasi himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi

UCHRASHUV BOSHLANDI

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика