So’nggi yangiliklar

22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  7 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  4 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  218 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  9 20:29"Барселона" Шенсни бўйича қарор қабул қилди  2 19:52Хаби Алонсонинг "Реал" бош мураббийи этиб тайинланганидан кейинги илк фикрлари  7 19:25"Милан" янги спорт директорини тайинлади. Жамоани қайта тиклаш учун ким жавобгар бўлади?  7 19:02Дониёр Саидов: "Тажрибали мураббийларнинг тактик курашига гувоҳ бўламиз"  0 18:49Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" – "Андижон". Таркиблар маълум  14 18:37"Насаф"нинг Суперкубок баҳси учун "Бунёдкор"га етиб келишидан суратлар  1 18:28"Андижон"нинг Суперкубок учрашуви учун стадионга етиб келишидан суратлар  9 18:16Асрор Алиқулов: "Биринчи бўлимда бизга иккинчи бўлимдаги каби шижоат етишмади"  0 18:00БАА - Ўзбекистон учрашувини катта экранда томоша қилишни истаганлар диққатига!   12 17:54Ўзбекистон Суперкубоги-2025. "Бунёдкор" стадиони учрашувга шай ҳолатда  2

​​“Surxon” futbol klubiga yangi kelib qo'shilgan futbolchilarni tanishtiruv marosimi bo'lib o'tdi Yangiliklar

​​“Surxon” futbol klubiga yangi kelib qo'shilgan futbolchilarni tanishtiruv marosimi bo'lib o'tdi

Bundan bir necha soatlar oldin Termiz davlat universiteti majlislar zalida, “Surxon” futbol klubi futbolchilarini tanishtiruv marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda Viloyat xokimi Erkinjon Turdimov, “Surxon” futbol klubi direktori Abdug'ani Sanginov, barchamizga o'zining shirali ovozi bilan mashhur bo'lgan sharhlovchi Mirzahakim To'xtamirzaev, “Surxon” futbol klubining barcha futbolchilari va murabbiylari va fan klub azolari ishtirok etdilar.

Tadbirni Viloyat xokimi Erkinjon Turdimov ochib berdilar. Bahor oyining ilk kunida sizlar bilan uchrashib turganimdan xursandman. Futbol bu millionlar o'yini. Futbolni butun dunyoda sevishadi. Bizning vohamiz Surxondaryoda ham futbol sohasida katta o'zgarishlar bo'lib o'tmoqda. O'tgan qili yangi shakllantirilgan jamoa birinchi liga bahslarida 5-o'rinni qo'lga kiritdi. Bu yili esa jamoaga bir qator tajribali va mahoratli futbolchilar jalb etildi. Bu yilgi Pro –liga bahslari avvalgilaridan ancha farq qiladi. Bizning eng asosiy maqsadimiz Super – ligaga chiqishdir -deydi Erkinjon Oqbo'taevich.

SHundan so'ng klub direktori Abdug'ani Sanginov ham o'z fikrlarini bildirdi: Surxon xalqi azal – azaldan futbolni sevadi. Xususan, men Sariosiyoning “To'palang” jamoasida ishlagan paytlarimda ham stadionlar muxlislar bilan to'lar edi. Tan olish kerakki so'nggi yillarda futbolimizda ancha sho'ng'ish bo'ldi. Lekin men “Surxon” jamoasini yana Super – ligaga qaytarish uchun keldim. To'g'ri bu oson ish emas lekin uddalasa bo'ladigan ish. Men jamoaga taklif etilgan barcha futbolchilar bilan shaxsan o'zim alohida gaplashdim. Ularga kerakli vazifalarni qo'ydim. Men ishonamanki, futbolchilarimiz bizni ishonchimizni oqlashadi deydi Abdug'ani Sanginov.

So'ngra jamoaga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar omma oldida birma – bir tanishtirildi. Ularga o'zlari tanlagan raqamlari tushirilgan liboslar Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va Abdug'ani Sanginov tomonidan topshirildi. Tadbir so'ngida jamoa bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev, tajribali futbolchilar Bahriddin Vahobov va Islom Inomov yig'ilganlarning savollariga javob berdilar. Bir so'z bilan aytganda tadbir ko'tarinki ruhda o'tdi. Ilohim shu quvonch mavsum oxirigacha jamoamizni tark etmasin!


Elyor Uzakov

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика