“Surxon” darvozaboni ikkita o'yinga chetlatildi

Narzulla Saydullayev
30 apr 2018, 12:16
Termizliklarning asosiy darvozaboni ikkita uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.

Gap shundaki, “Surxon” jamoasi PRO-Liganing 4-turida “Andijon”ni qabul qildi. Uchrashuvning 62-daqiqasi o'tib borayotganida bosh hakam Zokir Qodirov mezbonlar posboni Ruslan Matniyazovga to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatib, maydondan chetlatdi. Bu paytga kelib “Surxon” 2:0 hisobida oldinda borayotgandi. Bosh murabbiy Dilshod Nuraliev zaxiradan ikkinchi darvozabon Azamat Ahmedovni tushirib, hujumchi Bahriddin Vahobovni zaxiraga oldi.

Aytishlaricha Ruslan Matniyazov ikkita o'yinni o'tkazib yuboradigan bo'ldi. “Surxon”ning 5-turda safarda “Norin”ga qarshi kechgan o'yinini muxlislar qatorida kuzatgan Matniyazov endi navbatdagi turda “Dinamo”ga qarshi bahsni ham o'tkazib yuboradi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia