Suriyalik futbolchi Toshkentdan ochko olib ketishni maqsad qilgan
15 iyu 2016 15:54
Yangiliklar
Suriyalik futbolchi Toshkentdan ochko olib ketishni maqsad qilgan
Suriya terma jamoasi futbolchisi Omar Harbin Toshkentdan ochko olib ketishni rejalashtirmoqda.
"Birinchi o'yin albatta qiyin bo'ladi. Biz Toshkentdagi o'yinda ochko olib ketishni rejalashtiryapmiz. Bunga harakat qilamiz.
Maqsadimiz - vatandoshlarimizni xursand qilish", - deya futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda FIFA rasmiy sayti.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Suriya o'yini 1 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar