So’nggi yangiliklar

02:04АПЛ. "Челси" меҳмонда камбэк қайд этди!  6 02:03Ла Лига. "Атлетико" "Атлетик"ни мағлуб этиб 4-ўринга мустаҳкам жойлашди  0 02:00Лига 1. ПСЖ ва "Гавр" ўртасидаги ўйинда 6та гол урилди!  1 00:57"Брайтон"да ижара асосида ўйнаётган Ансу Фатининг мақсадлари қандай?  1 00:21"Барса" 30 ёшли жаҳон чемпионининг трансфери устида ишламоқда  4 23:32Бундеслига. "Байер" 90+6-дақиқада гол уриб яна, мағлубиятдан қутулиб қолди!  10 22:55А Серия. Туриндаги "Ювентус" — "Милан" ўйини якунланди  5 22:23Рамос "Интер Майами"га йўл олиши мумкин  2 21:55"Челси" тўпурари сафга қайтди  0 21:40БАА чемпионати. Абдуллаев четлатилган ўйинда "Хорфаккан" меҳмонда "Ажман" билан ўйинда иродали дуранг қайд этди  3 21:00АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз уйида 19-ўриндаги жамоани юта олмади  15 20:37Ямалга 200 млн евродан ошиқ беришга тайёр клуб топилди  7 20:07Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" "Коньяспор"га қарши ўйиннинг сўнггида ғалабани илиб кетди, Турғунбоев эса...  0 20:02Александр Стоймирович: "Барчаси биз ўйлагандек бўлмади"  0 19:51Клопп журналистнинг Салоҳ билан боғлиқ вазият ҳақидаги саволига жавоб берди  11

Suriyalik futbolchi: "Qolgan ikki uchrashuvda 6 ochko qo'lga kiritishimiz kerak" Yangiliklar

Suriyalik futbolchi: "Qolgan ikki uchrashuvda 6 ochko qo'lga kiritishimiz kerak"

O'zbekiston U20 hamda Suriya U20 o'rtasidagi Osiyo chempionatining ochilish o'yinidan (2:0) so'ng suriyalik futbolchi Mustafo Abdulatif bahs haqida fikrlari bilan bo'lishdi.

- O'yin haqida fiklaringizni bildirib o'tsangiz, uchrashuv ikkala jamoa uchun ham qiyin kechdi? 

- O'zbekiston kuchli jamoa ekanligini bilardik, qiyin uchrashuv o'tkazdik va mag'lub bo'ldik, bizda ham xavfli vaziyatlar bo'ldi, lekin ulardan foydalana olmadik. O'zbekiston kuchli raqib va bugun biz guruh favoriti bilan to'qnash keldik.

- Suriya terma jamoasidan qolgan ikki uchrashuvda nimalarni kutsak bo'ladi? 

- Maqsadimiz qolgan ikki uchrashuvda g'alaba qozonish, ikki uchrashuvda 6 ochkoni qo'lga kiritishimiz kerak. Ushbu musobaqada oson raqiblar bo'lmaydi va birinchi uchrashuvimiz bunga isbot. 

- Evropada o'ynaysiz ("Gerta II"), ushbu turnirdagi o'yinchilar darajasi evropadagi yoshlar bilan solishtirganda, qanchalik farq qiladi? 

- Osiyoda ham iqtidorli futbolchilar talaygina, bugun bunga guvoh bo'ldik, O'zbekiston tarkibida ham katta salohiyatli o'yinchilar ko'p ekan. 

- Turnirdagi maqsadingiz qanday?

- Maqsadim, jamoamga foyda keltirish, keyingi bosqichga chiqishimiz bu asosiy maqsadimiz.


Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика