So’nggi yangiliklar

12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  0 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  0 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  25 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4

Suriya terma jamoasi biz uchun qanchalik xavfli? Yangiliklar

Suriya terma jamoasi biz uchun qanchalik xavfli?

Teglar :  Suriya
Suriya terma jamoasi 1 sentyabr kuni Toshkentda O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi Jahon chempionati 3-saralash bosqichida guruhdagi 1-tur uchrashuvini o'tkazadi.

Ushbu o'yin oldidan biz sizlarga Suriya terma jamoasi haqida malumot beramiz.

Suriya futbol federaciyasi 1936 yili tashkil topgan bo'lib 1937 yili FIFAga 1970 yili esa OFKga azo bo'lgan.  Ilk xalqaro uchrashuvini Turkiya terma jamoasiga qarshi o'tkazib (0:7) hisobida mag'lub bo'lgan.

Suriya terma jamoasi ilk bor 1958 yili Jahon chempionati saralash bosqichida qatnashadi. SHu yili Suriya terma jamoasi ilk bor Osiyo qitasi nomidan ishtirok etadi. 1966 yilgi Osiyo qitasida ikkita terma jamoa mundial ishtirok etish uchun saralash bahslarida qatnashadi. Ushbu ikki terma jamoaning biri Suriya ikkinchisi Isroil milliy terma jamoasi bo'ladi. Ular Evropa kontinental zonasi nomidan ishtirok etishi kerak bo'lgan. Suriya terma jamoasi o'shanda jahon chempionatidagi Afrika va Osiyo terma jamoalariga qarshi baykotga qo'shiladi. Mana shu ishi uchun FIFA Suriya terma jamoasini mundialdan chetlashtiradi. 1986 yili Suriya terma jamoasi Jahon chempionati final raundida ishtirok etishi uchun bir qadam qoladi. Ammo, Italiya terma jamoasidan qabul qilib olingan mag'lubiyat ularni mundialda ishtirok etishdan mahrum qiladi.



Osiyo kubogida Suriya terma jamoasi 5 marotaba ishtirok etgan, 2011 yili so'nggi bor qita chempionatida ishtirok etgan. Osiyo chempionatlari tarixida “qora burgutlar” guruh bosqichidan uyog'iga o'ta olishmagan. Suriya terma jamoasi 2010 yilgi mundialda ham 2014 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etmaydi. 2010 yilgi dunyo birinchiligida ishtirok etish uchun “qora burgutlar” saralashdan o'ta olishmaydi. Suriya termasi Jorj Muradni to'liq mahalliylashtirmasdan noqonuniy ravishda ro'yxatdan o'tkazgani uchun 2014 yilgi mundial saralashidan chetlashtiriladi. Avval Jorj Murad SHveciya yoshlar terma jamoasi safida o'ynagan bo'ladi. 2015 yili Avstraliyada bo'lib o'tgan Osiyo chempionatiga saralash bahslaridan o'ta olmaydi. O'zbekiston milliy terma jamoasi 1996 yili 12 dekabrda Osiyo kubogida Suriya terma jamoasiga qarshi ilk uchrashuvini o'tkazgan. O'shanda vakillarimiz “qora burgut”larga  (1:2) hisobida imkoniyatni boy berishadi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi Suriyaga qarshi bundan 20 yil avval BAA davlatida bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida to'qnash kelishgan. O'shanda suriyaliklarning qo'li biznikilardan baland kelgan. O'sha musobaqada O'zbekiston milliy terma jamoasi Suriya, Yaponiya va Xitoy terma jamoalari  bilan bir guruhdan joy olishadi. Afsuski, milliy terma jamoamiz ham Suriya terma jamoasi ham guruhda 3 ochko jamg'argan holda qolib ketadi. Lekin, biz bilan bir xil ochko jamg'argan Xitoy termasi to'plar  nisbati evaziga bizdan o'zib ketadi. O'sha musobaqada O'zbekiston milliy terma jamoasi Suriyaga qarshi guruh bosqichidagi o'yinda kichik hisobda imkoniyatni boy beradi. SHundan so'ng vakillarimiz Suriya termasi bilan biror marotaba ham to'qnash kelishmaydi. Mana shu alamli mag'lubiyatdan 20 yil o'tib O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati 3-saralash bosqichida Suriya terma jamoasi bilan bir guruhdan joy oldi. To'g'ri, har ikkala terma jamoada ham avlodlar almashinuvi bo'lib tarkiblar 100 foizga o'zgargan. Lekin, hech qachon natija o'zgarmaydi. Tarix tarixligicha qoladi. 1 sentyabr kuni vakillarimiz Suriya termasidan o'ziga hos “revansh” olishadi va muxlislarga quvonch bag'ishlaydi. Uyimizdagi o'yinlarda ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q. SHuning uchun milliy terma jamoamizdan iloji boricha safardagi uchrashuvlardan ham ochko bilan qaytishi uchun omad tilab qolamiz.

Suriya terma jamoasi laqabi: “Qora burgutlar”
Federaciya
: Suriya futbol assosiaciyasi
Bosh murabbiyi: Ayman Al-Hakim
Eng ko'p gol urgan futbolchisi: Raja Rafi
Stadioni: Aleppo International stadium
FIFA kodi: SYR
FIFAdagi o'rni: 105 (11 avgust 2016)
Eng yuqori o'rni: 78 (1993 avgust)
Eng past o'rni: 152 (2014 sentyabr, 2015 mart)

Taniqli futbolchilari:
Burxon Saxiuni, Assaf al-Xalifa, Anas Maxlyuf

Ilk xalqaro uchrashuvi:
Turkiya – Suriya 7:0 (Turkiya, Anqara, 20 noyabr 1997)

Eng yirik g'alabasi:
Suriya - Maldiv 12:0 (Damashq, Suriya 4 iyul 1997) Maldiv - Suriya 0:12 (Tehron, Eron 1997 9 iyun)
Suriya - Filippin 12:0 (Aleppo, Suriya 30 aprel 2001)

Eng yirik mag'lubiyati:
Greciya - Suriya 8:0 (Atenc, Greciya 25 noyabr 1949)
Misr - Suriya 8:0 (Aleksandria, Misr 16 oktyabr 1951)

Osiyo chempionatidagi ishtiroki:
1980 yili ilk bor ishtirok etgan va 5 pog'onani egallagan.
Eng yuqori natijasi: guruh bosqichi 1980, 1984, 1988, 1996 va 2011


O'zbekiston-Suriya  1:2
12 dekabr 1996 yil. "Taxnun bin Muxammad" stadioni. Osiyo kubogi gurux uchrashuvi. 2000 tomoshabin.
Bosh hakam:
Ali Busayim (BAA)
Gollar: Nodir Joxadar 49, Sergey Lebedev 54 (pen), Ali Dib 74
O'zbekiston:  Pavel Bugalo, Aleksey Semenov (Ulig'bek Zo'zimov), Farxod Magomedov, Gennadiy Denisov, Eduard Mamotov (No'mon Hasanov), Sergey Lebedov, Stepan Atoyan, Ilxom SHaripov, Nikolay SHirshov, Oleg SHackix (Dilmurod Nazarov), Igor SHkvirin
Bosh murabbiy Bahodir Ibragimov
Suriya: Moxir Berakdar, Yosir Sibaiy, Xasan Abbos, Toriq Jabban, Muxammad Afash, Ali Dib, Abdullatif Xelu, Xolid Zoxir, Xotim G'ayb, Nodir Joxadar, Ammor SHavaliy (Ammor Avad).
Bosh murabbiy Yuriy Kornin (Bularus)



Suriya terma jamoasi milliy terma jamoamizga qarshi bahs oldidan 27 avgust kuni Tojikiston termasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi. Ushbu o'rtoqlik o'yinida jamoalar nursiz durang qayd etdi.

Tojikiston - Suriya 0:0

Tojikiston:
1. Abdulaziz Maxkamov, 4. Eradj Radjabov, 12. Siyovush Asrorov, 6. Amirbek Jo'raboev, 14. Faridun SHaripov, 2. Zoir Jo'raboev, 18. Fatxullo Fatxulloev (s), 7. Umedjon SHaripov, 11. Nozim Bobodjonov, 5. Firuz Karaev, 21. Manuchexr Jalilov.
Zaxira: 38. Kurbonali Boboev, 16. Bexruz Xayriev, 3. Tabrezi Davlatmir, 19. Axtam Nazarov, 8. Oybek Abdug'afforov, 17. Manuchexr Axmedov, 9. Muxammadjoni Xasan, 20. Romish Jalilov, 10. Jahongir Ergashev, 22. Komil Saidov, 15. Farxod Toxirov, 23. Axtam Xamroqulov.
Suriya: 1. Almex Ibrohim, 5. Omro Al-Midani, 2. Ahmad Al-Solih, 11. Osama Omari, 20. Xaled Al-Mbaid, 3. Mouayd Aladjan, 4. Xuseyn Al-Jaid, 9. Nasux Nakdali, 8. Nadim Sabog' (s), 6. Muhammad Zaher, 16. Hamid Mido.
Zaxira: 23. Ahmad Madani, 22. SHaher Al-SHakir, 15. Alaa Al-SHbli, 14. Ahmad Ashkar, 12. Txaer Krouma, 7. Muhammad Xamdku, 21. Amro Jeniyat, 17. Yusuf Kalfa.


Endi 1 sentyabr kungi raqibimiz va terma jamoamizning ushbu o'yin uchun tayyorgarlik jarayonini solishtirib ko'ramiz.

Jahon chempionatiga qura tashlanganidan so'ng barcha terma jamoalar nazorat o'yinlari o'tkazish uchun o'zlariga mos raqib tanlashni boshlab yubordi. 1 sentyabr kungi raqibimiz Suriya terma jamoasi 31 may kuni Vetnam terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi va 2 ta to'p farqi bilan Vetnam termasi Suriya ustidan g'alaba qozondi. O'sha uchrashuvni terma jamoamizdan Rashan Haydarov stadiondan kuzatib bordi.

3 iyun kuni Tailand davlatida “Qirol Kubogi” musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda guruhdagi raqibimiz Suriya terma jamoasi ilk uchrashuvda Tailand termasi bilan asosiy vaqtda durang natija qayd etdi 2:2. Penaltilar bahsida mezbon jamoa Suriyani 7:6 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Uchinchi o'yin uchun bo'lib o'tgan uchrashuvda Suriya terma jamoasi 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Suriya terma jamoasi 15 mart kuni Rossiya davlatida o'qin yig'in mashg'ulotini o'tkazdi. Ushbu yig'in arafasida Suriya terma jamoasi Hojandda Tojikiston termasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazib nursiz durang qayd etdi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi Burkina-Faso terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan oldin Toshkentda navbatdagi yig'inini boshladi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi 1 sentyabr kuni Jahon chempionati 3-saralash guruh bosiqichidagi 1-turda Suriya termasiga qarshi o'yindan oldin 24 avgustda Toshkentda Burkina-Faso terma jamoasiga qarshi nazorat bahsini o'tkazdi. Ushbu uchrashuvda vakillarimiz raqib jamoasini kichik 1:0 hisobida mag'lub etdi. Ikki terma jamoa ham 1 sentyabr kungi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rishmoqda.



Suriya terma jamoasi tunggi soat 1:00 da quyidagi tarkib bilan Toshkentga etib keldi. 

Darvozabonlar:
Ibrohim Alma ("Al Vahda"), Ahmad Madania ("Al Jayish"), SHahar Al SHokir ("Al Jayish")

Himoyachilar: Nadim Sabog' ("Al Zavra", Iroq), Ahmad Al Solih ("Al Arabi", Quvayt), Alaa Al SHbli ("Naft Al Vasat", Iroq), Moayad Ajan ("Naft Al Vasat", Iroq), Hussayin Jvayed ("Al Zavra", Iroq), Umar Midani ("Al Minaa", Iroq), Jihod AL Baour ("Al Vahda", Saudiya Arabistoni), Amro Jenyat ("Al SHabab", Ummon)

Yarim himoyachilar: Abdulrazzoq Al Hussayin ("Al Nejmeh", Livan)Zaher Midani ("Al Quva Al Javiya", Iroq), Mahmud Al Mavas ("Al Muharraq", Bahrayn), Osama Omari ("Al Vahda"), Hamid Mido ("Al Quva Al Javiya", Iroq), Xolid Al Mobayed ("Zakxo", Iroq), Ahmad Ashkar ("Al Xurriya"), Txaer Krouma (klubsiz), Yusuf Kalfa ("Al Jayish")

Hujumchilar: Omar Xarbin ("Al Dafra", BAA), Nasuh Al Nakdali ("Al Vahda"), Muhammad Hamadko ("Al Jayish"), Rafat Mohtadi ("Al Ittihod")

Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati 3-saralash bosqichi guruhdagi 1-tur O'zbekiston - Suriya o'yini “Bunyodkor” stadionida soat 20:00 da boshlanadi. Vakillarimizni ushbu uchrashuvda qo'llab-quvvatlang.

Jahongir Sotvoldiev tayyorladi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика