Suriya klubida ayol murabbiy ish boshladi

Xayrulla Xoliqov
29 avg 2018, 12:43
Suriyaning "Al Muhafaza" klubida ayol murabbiy ishlaydi.

OFK tomonidan tegishli licenziyani qo'lga kiritgan Maha Janud Damashq klubida bosh murabbiy yordamchisi sifatida ishlaydigan bo'ldi. Bunday voqea Suriya futboli tarixida birinchi marta ro'y berdi.

Eslatib o'tamiz, "Al Muhafaza" poytaxt jamoasi hisoblanadi va Suriya premer-ligasida ishtirok etadi. Jamoa bosh murabbiyi Adnan Dahla hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia