So’nggi yangiliklar

21:00Ўзбекистон — Ўмон 1:1 (Матнли трансляция)  201 20:57БАА Лига кубоги. "Ал Наср" ва "Ал Батаэҳ" 1/8 финалнинг илк ўйинида ўзаро дуранг ўйнади, Ғаниев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  2 20:40"Аугсбург" — "Бавария". Таркиблар маълум  0 20:25"Вестерло" — "Антверпен". Таркиблар маълум  0 19:57"Барса" 17 ёшли озарбайжонлик футболчи билан шартнома имзолади  1 19:28"Алавес" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 19:03АПЛ. "Челси" Лондон дербисида ишончли ғалабага эришди  11 18:57"CAFA Nations Cup-2025". Қирғиз Республикаси ва Туркманистон ўзаро дуранг ўйнади  28 18:23"Тоттенхэм" — "Борнмут" ва МЮ — "Бёрнли" ўйинлари учун таркиблар маълум  7 17:52"Ньюкасл" 85+5 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилди?!  11 16:53EЧЛ умумий босқичи тақвими: ўйинлар 16 сентябрдан 28 январгача бўлиб ўтади. "Реал" "Атлетико" билан дербидан 2 кун ўтиб, 30 сентябрь куни "Қайрат" меҳмони бўлади  10 15:2240 ёшли Роналду Португалия терма жамоасига чақирилди. Бруно, Феликс, Витинья, Далот ҳам рўйхатда  2 14:48Катта футболга йўл очувчи мусобақа — УЕФА Ёшлар Лигаси: "Қайрат" илк бор ЕЧЛда қатнашади  3 14:41Расман: Нкунку "Челси"дан "Милан"га ўтди  2 14:12"Байер" 30 миллион евролик трансферни амалга оширмоқда  0

Superliganing 5-turidagi hakamlik tahlili: OKMK ofsayd holatida raqib darvozasini ishg'ol qildi, "So'g'diyona" goli bilan bog'liq epizodda to'p maydonni tark etmagandi Yangiliklar

Superliganing 5-turidagi hakamlik tahlili: OKMK ofsayd holatida raqib darvozasini ishg'ol qildi, "So'g'diyona" goli bilan bog'liq epizodda to'p maydonni tark etmagandi

Championat.Asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram sahifasi muallifi) Superliganing 5-tur uchrashuvlaridagi bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.

Eslatib o'tamiz, 5-turning uchta uchrashuvi boshqa muddatga qoldirilgan.


"Lokomotiv" - "Andijon"

VIDEO

Menimcha, VARning epizodga aralashgani to'g'ri ish bo'ldi, hakam esa haqli ravishda “Lokomotiv” darvozasiga belgilangan penaltini bekor qildi. “Andijon” futbolchisi darvozaga zarba yo'llaganidan so'ng u inerciya bilan (beixtiyor) raqib posboni tomon, darvozabon ham futbolchi tomon harakat qildi. "Lokomotiv" qo'riqchisi "Andijon" o'yinchisiga ortiqcha harakat qilmagan, uning harakatlarida bemulohazalik ko'zga tashlanmaydi, shu bois o'yin davom ettirilishi lozim.


 "So'g'diyona" - "Qizilqum"

VIDEO

O'yin videosharhining ushbu qismida futbolchilar o'z qilmishlari uchun jazolangan-jazolanmaganligi noaniqligicha qolgan. Janjal uyushtirganlarga sariq kartochka ko'rsatish eng maqbul echim hisoblanadi.

P.S. Uchrashuv bosh hakami Ravshan Abduvohidov ushbu epizodda har ikki jamoa futbolchilariga sariq kartochka ko'rsatmaslikka qaror qildi.


 "So'g'diyona" - "Qizilqum"

VIDEO

Menimcha, hakamlar “So'g'diyona”ning golini hisoblab to'g'ri qilishdi. Birinchidan, to'p darvoza liniyasidagi chiziqdan o'tib ketganiga 100% isbot yo'q. Katta ehtimol bilan to'p proekciyasining bir qismi darvoza chizig'iga tegib turgandi. Ikkinchidan, darvoza ustuni ro'parasida ofsayd holatida turgan “So'g'diyona” futbolchisi vaziyatga xalaqit bergani yo'q. Gol to'g'ri holatda hisoblandi.


"So'g'diyona" - "Qizilqum"

VIDEO

Hakam o'yinni davom ettirgani to'g'ri ish bo'ldi. "Qizilqum" futbolchisi oyog'iga yolg'ondakam zarba qabul qilib olganday, “nimadir bo'lib qolar” degandek yiqildi. Fakt asosida aytadigan bo'lsak, navoiyliklar o'yinchisi o'ng oyog'ining tovon qismi bilan raqib oyog'ini bosib oldi va yiqildi. Qo'l va tana o'rtasida engil to'qnashuv (kontakt) mavjud, ammo bu qo'pollik qayd etish uchun etarli emas. Epizod VAR tomonidan tekshirilgandan so'ng futbolchiga og'zaki tanbeh berilishi kerak.


"Bunyodkor" - "Dinamo"

VIDEO

VAR o'yinga to'g'ri holatda aralashdi va hakam tomonidan haqli ravishda qizil kartochka ko'rsatildi. "Bunyodkor" o'yinchisi raqib to'pig'idan yuqori qismiga butsasining tag qismi bilan tashlangan va raqib oyog'ini "qayirib" yuborgan. Bu holat jiddiy qoidabuzarlik sanaladi va futbolchi, albatta, chetlatilishi lozim.


"Surxon" - OKMK

VIDEO

Hakam OKMKning golini adashib hisobladi, ammo VAR epizodga to'g'ri aralashdi. O'yindan tashqari holatda bo'lgan OKMK azosi to'pga tegmasa-da, vaziyatda ishtirok etdi. Mehmonlar vakili to'pga qarab intildi, u tomon sakradi. Futbolchi bu harakati bilan zarbani qaytarishga hozirlik ko'rayotgan "Surxon" darvozabonini chalg'itdi. Bu holatda ofsayd qayd etilishi va gol bekor qilinishi kerak edi.


SHu tariqa, Superliga 5-turidan o'rin olgan to'rtta uchrashuvda ikkita xatoga yo'l qo'yildi ("So'g'diyona" - "Qizilqum" uchrashuvida sodir bo'lgan janjal hamda "Surxon" - OKMK uchrashuvida urilgan gol).

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика