So’nggi yangiliklar

21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  0 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  10 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  7 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0

Superliganing 4 klubini "yutib" yuborgan O'zbekiston kubogi guruh bosqichi haqida batafsil Yangiliklar

Superliganing 4 klubini "yutib" yuborgan O'zbekiston kubogi guruh bosqichi haqida batafsil

Bugun O'zbekiston kubogi 1/8 final bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Kecha mamlakat kubogi guruh bosqichi bahslari yakuniga etdi. Xo'sh, 8ta guruhda qanday kutilmagan natijalar va sensaciyalar bo'ldi? Bir chekkadan to'xtalib o'tamiz.

"A" guruhi

OKMK ushbu guruhdan osongina chiqishini qura tashlanganidan keyin barcha baralla aytgandi. Yakunda shunday ham bo'ldi. Qosimov istaganicha rotaciyaga qo'l urdi va uchala raqibni osongina taslim qildi: 3ta o'yinda 14ta gol urildi. SHohruh Ishanov boshchiligidagi "Andijon-SGS" esa faqat Olmaliq klubiga yutqazdi va qolgan ikki jamoani mag'lub etib keyingi bosqichga chiqishga erishdi. Yosh futbolchilardan iborat jamoa uchun ajoyib natija deya olamiz.

Bu yildan birinchi ligada o'ynayotgan "Jizzax" va Pro liga autsayderlaridan biri bo'lgan "G'ijduvon" guruhda qolib ketishdi.





"B" guruhi

Kubokning amaldagi sohibi Qarshining "Nasaf" klubi xuddi OKMK singari o'z guruhida 100 foizli natija qayd etib, keyingi bosqichga chiqdi. Eng qizig'i "ajdarlar" uchala bahsda ham bir xil 1:0 hisoblaridan zafar quchishdi.

"Surxon" va "Mashal" esa 4tadan ochko to'plashdi, Termiz klubi faqat to'plar farqiga ko'ra keyingi bosqich yo'llanmasiga ega bo'ldi.

"Mashal" bilan birga guruhda umuman ochko olmagan "Qo'qon-1912" qolib ketdi.





"C" guruhi

Bir yo'la uchta Superliga klubi joy olgan va aytish mumkin bo'lsa "o'lim guruhi"dan "Bunyodkor" va "Metallurg" omon chiqishdi. Ko'pchilik "Neftchi"ning imkoniyatini yuqori baholagan edi, biroq Farg'ona klubi so'nggi turda Bekobodda yutqazib qo'yib, guruhda qolib ketdi. Agar O'zbekiston kubogi reglamentida ochkolar teng kelib qolganida birinchi to'plar nisbatiga qaraladi deyilganida "Neftchi" keyingi bosqichga chiqardi, ammo reglamentga ko'ra avval o'zaro o'yinga etibor qilinadi.

"Yunired" klubi uchun esa Superliganing uchta klubiga qarshi kechgan bahslar katta tajriba maktabi bo'lib xizmat qilgani aniq. Etiborlisi Samarqand klubi mana shu guruhda faqat bir marta mag'lub bo'ldi xolos.




"D" guruhi


Superliganing ikki yangi ishtirokchisi "Turon" va "Buxoro" o'zaro bahsda durang qayd etishdi hamda quyi ligada o'ynaydigan raqiblaridan ko'proq ochko to'plab, keyingi bosqichga chiqishdi. "SHo'rtan"ga 4 ochko etarli bo'lmadi, "Yangier" esa bu guruhda yaqqol autsayder vazifasini ajoyib tarzda bajarib berdi.




"E" guruhi


Bu yil Pro ligaga tushib ketgan ikki klub "Dinamo" va "Lokomotiv" Superliga vakili "Qizilqum"ni guruhda qoldirib ketishdi. Agar shu ketish bo'lsa Navoiy klubi Superligadan ham quyi ligaga tushib ketishi mumkin. "Qizilqum" "Dinamo"ga ham, "Lokomotiv"ga ham yutqazdi. "Zomin" esa so'nggi turda hech nimani hal qilmaydigan o'yinni o'tkazish uchun Navoiyga borgani ham yo'q. "Zomin"ga 0:3 hisobidagi texnik mag'lubiyat yozildi, ammo klub anchagina pulni tejab qoldi.



"F" guruhi


Superliganing uchta klubi joy olgan navbatdagi guruh. Bu guruhda "Navbahor"ning yuz foizli natija qayd etishini ko'pchilik kutgani rost. Biroq so'nggi turda Kapadze boshchiligidagi "Olimpik" kambek namoyish etishdi va guruh g'olibligini ilib ketishdi. Balki "Navbahor" bu o'yinga qadar keyingi bosqich masalasini hal qilib qo'ygani uchun biroz xotirjamlikka berilgandir, bilmadik. So'nggi turda Odil Ahmedov tomonidan asos solingan "Olimpiya"ni 6:0 hisobida taslim qilgan "Andijon" esa JCH-1998 dagi Ispaniyaning holiga tushib qoldi.




"G" guruhi

Ushbu bosqichdagi eng katta sensaciya qayd etilgan guruh. So'nggi turda Nukusga safar qilgan "Paxtakor" Pro liga vakili "Aral"ga 0:2 hisobida yutqazib qo'ydi. To'g'ri "sherlar" ham "Navbahor" singari so'nggi turdan avval keyingi bosqich masalasini hal qilib qo'yishgandi, SHackix Nukusga bir qator etakchilarni olib bormadi deyishingiz mumkin, biroq aytaylik "Real" ham, "Barsa" ham qanday tarkib bilan bo'lsa ham quyi liga vakiliga mag'lub bo'lishi muxlislar tomonidan qanday kutib olinsa, bu vaziyat ham xuddi shunday. "Paxtakor" muxlislaridan ham ko'proq "So'g'diyona"ga alam qildi. Sababi "Aral"ning g'alabasidan keyin Ivan Boshkovich boshchiligidagi Jizzax klubi guruhda qolib ketdi.





"H" guruhi

Ushbu guruhni hayot guruhi deyish mumkin. Sababi bu kvartetdan bir yo'la uchta Birinchi liga vakili joy olgandi. Bu degani kamida bitta Birinchi liga klubi 1/8 finalga chiqishi aniq edi. Yakunda ham shunday bo'ldi. Pro liga vakili "Xorazm" raqiblardan ustun ekanini isbotladi va 100 foizli natija qayd etdi. Vodiydan Angrenga ko'chib o'tgan "Paxtakor-79" klubi 4 ochko bilan keyingi bosqichga chiqishga erishdi.




Guruh bosqichi omadsizlari: "Neftchi", "Qizilqum", "Andijon" va "So'g'diyona".

Kichkina demang bizni, ko'tarib uramiz sizni: "Andijon-SGS", "Aral", "Paxtakor-79".

Guruh bosqichi to'purarlari: Ruben Sanches Peres (OKMK) va Rustam Soirov ("Lokomotiv") - 3tadan.



Bugun 19:30 da nimchorak final bahslari uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Malumot uchun, O'zbekiston kubogida guruh g'oliblari etakchilar savatidan joy oladi va ular 1/8 final bellashuvini o'z maydonida qabul qilish huquqini qo'lga kiritadi. Qura guruh bosqichida o'zaro kurash olib borgan ikki jamoani qayta uchrashtirishi mumkin.

Birinchi savatcha: OKMK, "Nasaf", "Bunyodkor", "Turon", "Dinamo", "Olimpik", "Aral", "Xorazm".

Ikkinchi savatcha: "Andijon-SGS", "Surxon", "Metallurg", "Buxoro", "Lokomotiv", "Navbahor", "Paxtakor", "Paxtakor-79".

Eslatib o'tamiz, bu yilgi O'zbekiston kubogining finaliga Qarshi shahri mezbonlik qiladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика