So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  0 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  2 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  7 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  10 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12

Hakamlar Superliganing 18-turida nechta xatoga yo'l qo'yishdi? Yangiliklar

Hakamlar Superliganing 18-turida nechta xatoga yo'l qo'yishdi?

Championat.Asia'ning hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" telegram kanali) Superliga 18-tur uchrashuvlaridagi bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.

✅ "Qizilqum" - "So'g'diyona" (VIDEO)

“So'g'diyona”ning goli bekor qilingani to'g'ri qaror bo'ldi. Hujum qilayotgan tomon himoyachilardan ko'ra darvozaga yaqinroq edi. Yordamchi hakam hujumni tugatib, shundan keyingina bayroqni ko'tarib to'g'ri qildi. VAR epizodga aralashdi va hakamlar xato qilganini qayd etmadi.


✅ "Qizilqum" - "So'g'diyona" (VIDEO)

Hakam o'yinni davom ettirgani adolatdan bo'ldi. Men hakam to'g'ri poziciyada turganini va darvoza ortidan olib ko'rsatilgan yaxshi takrorni etirof etmoqchiman. "Qizilqum" futbolchisi chap oyog'ini to'p tomon emas, himoyachi tomon uzatdi. "So'g'diyona" himoyachisi oyog'ini parallel ravishda uzatyapti. "Kontakt" tashabbuskori – hujumchi.


✅ "Qizilqum" - "So'g'diyona" (VIDEO)

O'yindan tashqari holat chizig'i hakamning "So'g'diyona" golini inobatga olish qarorini tasdiqladi. Umuman olganda, vaziyat juda oddiy: darvozabon oldida turgan "So'g'diyona" hujumchisidan ko'ra himoyachi o'z darvozasiga yaqinroq edi.


❌ "Olimpik" - "Metallurg" (VIDEO)

Hakam "Olimpik" futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatmay xatoga yo'l qo'ydi. U raqibini juda uzoq vaqt ushlab turdi, bu sportga xos bo'lmagan xatti-harakatlardir. Hakam keyingi vaziyatga ("Metallurg" o'yinchisi inerciya bilan "Olimpik" vakilining yuziga urgandi – tahr.) yo'l qo'ymaslik uchun avvalroq qoida buzilishini qayd etishi kerak edi. Ikkinchi epizod uchun, menimcha, sariq kartochka ko'rsatishning hojati yo'q – to'qnashuv "Olimpik" azosining kechikishi natijasida tasodifan ro'y berdi.


✅ "Olimpik" - "Metallurg" (VIDEO)

VAR epizodga aralashib to'g'ri qildi. "Olimpik" himoyachisi ancha kechikkandi. To'p "Metallurg" futbolchisi shoshib kirib kelayotgan hududga uchib kelayotgandi. Uni orqadan ikki qo'l bilan ushlab qolishdi. Bu – yuz foizlik penalti.



✅ "Olimpik" - "Metallurg" (VIDEO)

Hakam "Metallurg" futbolchisiga sariq kartochka bergani to'g'ri bo'ldi va bu u uchun ikkinchi ogohlantirish edi. U "Olimpik" darvozaboni to'pni tezda o'yinga kiritishiga to'sqinlik qildi. Takidlash kerakki, bunday qoidabuzarliklar har doim ham sariq kartochka bilan jazolanmaydi, ammo bu holatda futbolchi raqibning tezkor, istiqbolli hujumini buzib qo'ydi.


✅ OKMK - "Surxon" (VIDEO)

"Surxon" futbolchisiga qoidani qo'pol ravishda buzgani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani to'g'ri qaror edi. U butsasining tag qismi bilan raqibning boldiriga qadam qo'ymoqda, "sindirish" effekti mavjud. "Surxon" futbolchisi to'p uchun kurashga kech qo'shilib, yakkakurashda mag'lub bo'ldi. Umuman olganda, to'g'ri qaror, lekin o'yinchilar o'rtasidagi janjalning oldini olish uchun jazo avvalroq berilishi mumkin edi.



✅ OKMK - "Surxon" (VIDEO) 

Ne viju zdes narusheniya pravil. Oba igroka vedut borbu za myach, prixvatyvaya drug druga rukami v dannom edinoborstve. Sudya verno prodoljil igru.

Bu erda hech qanday qoida buzilishini ko'rmayapman. Ikkala o'yinchi ham bu kurashda bir-birini qo'llari bilan ushlab, to'p uchun kurashmoqda. Hakam o'yinni davom ettirib to'g'ri qildi.


SHu tariqa Superliganing 18-turida hakamlar faqat bitta xatoga yo'l qo'ydilar.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика