So’nggi yangiliklar

20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  0 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  1 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  23 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4 19:16"Комо" "Бавария"нинг ёш иқтидори билан шартнома имзолади  1 18:55ФИФА "Қизилқум" клубига нисбатан белгиланган трансфер тақиқини олиб ташлади  1 18:34"Сурхон" собиқ устози Баҳрайннинг 5 карра чемпиони бош мураббийи бўлди  6 18:17Илгиз Танташев бригадаси Олимпиада 3-турида ишлайди  4 17:55"Динамо" Майкон Дуглас билан бир ярим йиллик шартнома имзолади  3 17:41Эшитдик-да! "Пахтакор" футболчиси легионерга айланиши мумкин  19 17:31Ўзбекистон U-16 Хитойдаги халқаро мусобақада иштирок этади  1 17:15Расман: Элдорбек Суюнов - “Навбаҳор” футболчиси!  14 16:55"Бунёдкор" Абдунабиев, Итсуки Урата ва Луис Качоррини рўйхатдан ўтказди   1 16:34"Машъал" 4 нафар футболчини таркибга қўшиб олди  2

Superligadagi eng zo'r yoxud tekin va milliardli transferlar Yangiliklar

Superligadagi eng zo'r yoxud tekin va milliardli transferlar

Teglar :  Transfer Superliga
Qishki transfer bozori paytida o'zbek futbolida qator qiziqarli, shov-shuvli va kutilmagan xaridlarga qo'l urildi.

Transfer oynasida eng faol bo'lgan klub doimgidek chempionlik uchun kurashadigan "Lokomotiv" va "Paxtakor" bo'ldi. Sovrindor bo'lishga harakat qiladigan AGMK va "Metallurg" ham bu borada jim qarab turgani yo'q. CHempionlik vazifasini qo'yayotgan "Navbahor"da ham yaxshi transferlar kuzatildi. Biroq jamoa rahbariyati elon qilgan super transferlar hozircha kuzatilgani yo'q. "Bunyodkor" esa qariyalarni jalb etish orqali diqqatni tortdi. "Buxoro"da esa selekciya ishlari ko'ngildagidek bo'lmadi. "Nasaf" transfer oynasi paytida o'z g'aznasini malum pul miqdori bilan boyitib oldi. "Qizilqum"da kuchayishdan ko'ra kuchsizlanish kuzatilgandek tasavvur paydo bo'ldi. AGMKga bir xil darajadagi qator yangi futbolchilar kelishdi. "So'g'diyona" nisbatan tarkibni ancha barqarorlashtirib oldi. "Qo'qon-1912" esa mazkur transfer oynasida ancha sust harakat qildi. Etakchilar ketishdi va ularning o'rni hozircha munosib nomzodlar bilan qoplanmadi.  "Andijon" esa aynan tarkib jihatdan Superliga darajasiga dosh beradigan transferlarga qo'l urgani sezilmadi.

Xullas, o'zbek futbolidagi transfer bozorining eng kulminacion nuqtasi Aziz Turg'unboev bo'ldi. Aynan Turg'unboev bilan bog'liq bo'lgan transfer seriali yakunda diskvalifikaciya bilan tugadi. Futbolchi na "Navbahor"da qoldi, na "Paxtakor"ga o'tdi.Lekin shunga qaramasdan eng zo'r transfer kompaniyasini "Paxtakor" olib bordi. Jamoaga qator iqtidor va tajriba egalari taklif etildi. Marat Bikmaev va Sadriddin Abdullaevni jamoaga qaytishi, "Paxtakor"ning principial raqibi bo'lmish "Lokomotiv"dan o'tgani etiborga molik bo'ldi. "Loko" ham o'z navbatida bunga qadar "Paxtakor"da ochilolmagan Jamshid Iskanderovni o'z safiga qo'shib olgandi.

Doston Hamdamovni "Anji"dan "Paxtakor"ga kelishi shubhasiz kutilmagan va mavsumning eng yorqin transferi sifatida tilga olinishga munosib. SHuningdek, jamoaning muammoli nuqtasi - tayanch yarim himoyasiga "Nasaf"dan Odil Hamrobekovni 2,5 milliard evaziga sotib olingani transfer bozorini qaysidir manoda bezadi.

Transfer bozoridagi eng professional hamda chiroyli xarid deb bemalol "Nasaf" va "Paxtakor" o'rtasidagi mazkur transfer operaciyasini ko'rsatish mumkin. Qo'shimcha qilish joizki, "Nasaf" mazkur transfer operaciyasida Hamrobekovning keyingi transferiga tegishli bo'lgan 10% ulushni ham saqlab qoldi. Yani, Hamrobekovning keyingi transferidan "Nasaf" ham manfaatdor bo'ladi.

"Loko"ning etiborga molik transferi sifatida "Neftchi"dan o'tgan Avaz O'lmasalievni keltirish mumkin. Odatda "Loko"ga "Neftchi"dan kelgan futbolchilar o'zlarining yangi qirralarini ochishga muvaffaq bo'lishgan. Avaz O'lmasaliev jamoaning yaqin kelajagi uchun muhim transferga aylanish ehtimoli yuqori.

"Nasaf"ni garchi yana etakchilar tark etgan bo'lsada, jamoa yaqinda qo'l urgan transferlar menga yoqdi. "Mashal"dan tayanch nuqtasi uchun olingan Sardor Abduraimov va hujum chizig'i vakili Humonyun Murtazoev. Mazkur transferlarni aslida Berdiev o'tgan yili amalga oshirish uchun rosa uringandi. Biroq "Mashal" hech ha deganda "Nasaf"ga futbolchi bermaydigan principial klub ekanligini o'tgan yili ham namoyish etgandi. Bu yili ham Superligasiz qolgan "Mashal" nihoyat mazkur futbolchilarni "Nasaf"ga qo'yib yuborishga rozilik berdi. CHunki muborakliklar Superligaga qaytish oldidan tarkiblarini yanada butkul yoshartirib olish siyosatini maqul ko'rishdi. Kelajak uchun poydevor o'rnatishmoqchi.

"Nasaf"ga kelgan Abduraimov va Murtazoev yangi mavsumda yorqin o'yinlari orqali ko'plab muxlislar etibori hamda mutaxassislar etirofini qozonishiga shubham yo'q. Muhimi, bu futbolchilar "Nasaf"ning jamoaviy o'yinga moslashib, ko'nikib ketishsa bo'lgani. Ustiga-ustak "Mashal" tarbiyalinuvchilari sanalgan va "Nasaf"ga kelgan deyarli barcha futbolchilar Qarshida doim yaxshi o'ynab ketishgan. "Nasaf" uchun "Mashal" tarbiyalanuvchilari omadli futbolchilar hisoblanishadi. Murtazoevning kelishi hujum chizig'idagi yo'qolgan raqobatni qayta uyg'otadi. Bobir Abdixoliqov uchun ham foydali transfer. Lekin yangi mavsumda Bobir qancha muddat "Nasaf" bilan birga bo'ladi, bu boshqa masala. Og'riqli mavzu.

"Navbahor" qo'l urgan transferlar ichida ham yaxshilari bor. Biri sobiq "nasafchi" Slavko Lukich. Ikkinchisi ham aslida sobiq "nasafchi" bo'lgan O'tkir Yusupov. Ko'plab jamoalarning mudofaa vakillariga nazar tashlaydigan bo'lsak, ayrimlarida "Nasaf" qurg'onida ishonchli o'ynagan futbolchilardan iborat chiziqni ko'ramiz. Bu xoh "Paxtakor", xoh "Qizilqum" yoki "Navbahor" bo'lsin. "Navbahor"ning darvoza va himoya chizig'idan ko'ngil to'q. Yaxshi futbolchilar jamlanmasi yig'ildi. Lekin boshqa nuqtalar bo'yicha aniq bir fikr bildirishga erta. Legionerlarning qay darajada ekanligini mavsum boshlangach bilamiz.

AGMKda yaqqol yulduz futbolchi yo'q. Etakchi sifatida Jasur Hasanov jamoani olg'a boshlashi kutilmoqda. Sanat SHixov ham yangi mavsumda AGMKning etakchisi sifatida gavdalansa ajab emas.

"Metallurg"ning transfer kompaniyasi ham etiborga molik. To'g'ri, asosan qariyalar jamlangan tarkib. Biroq tajriba kerak paytda o'z so'zini aytishiga shubha yo'q. "Metallurg" doimgidek istalgan payt xohlagan raqibini qiyin holatga tushirib qo'yishga qodir. "Paxtakor"dan ijara asosida emas, balki to'liq transferi sotib olingan Stanislav Andreev, Akbar Ismatullaev, Aleksandr Lobanov, erkin agent sifatida o'tgan Kamoliddin Tojiev hamda futbolimiz yulduzi Server Jeparovni kelishi jamoani ancha kuchaytirishiga shubha yo'q. "Metallurg" bu yili sovrinli o'rinlar uchun kurashishga qodir bo'lgan potencial tarkibni to'pladi. Umuman olganda, "Metallurg" "Paxtakor" olgan futbolchilar suv tekinga o'tishmadi. Yaqinda Bahrom Abduraximov ham bekobodliklar tarkibida ko'rinish berish ehtimoli yo'q emas. Bir narsani qo'shimcha qilish lozim, "Metallurg" "Paxtakor"dan olgan 3 futbolchining transferlarini 1 milliarddan sotib oldi. Bahrom Abduraximov uchun ham aynan shuncha mablag' taklif etmoqchi. Abduraximovga AGMK tomonidan ham jiddiy qiziqish bo'ldi. Biroq futbolchi uchun eng yaxshi va uni qiziqtira oladigan taklifni aynan bekobodliklar berishmoqda. Jeparov ham bejizga "Metallurg" libosini kiyishni tanlamadi. Klubning maqsad va o'z oldiga qo'yayotgan vazifalari har qachongidanda jiddiyroq. Bu borada klub rahbariyati etarlicha sarmoya kiritgan.

SHunisi aniqki, yangi mavsumda "Paxtakor" - "Metallurg" qarama-qarshiligi umuman boshqacha fonda o'tadi. Aslida o'tgan yili ham mazkur to'qnashuvda futbol ko'rgandik. Biroq ijaradagi shartlar evazigagina sobiq "paxtakorchilar" xizmatidan foydalana olmagan SHipilov yoshlarni maydonga tushirishga majbur bo'lgan. Bu yili esa ular futbolchilarning to'liq transferi bilan sotib olishgan. Kamiga "Paxtakor"dan ketgan sobiq "sherlar" ham Arveladze va eski jamoasiga nimanidir isbotlash uchun qo'shimcha kuch bilan harakat qilishadi. Qisqasi, butkul o'zgacha qarama-qarshilik guvohiga aylanamiz.

Mazkur transfer oynasida "Nasaf" va "Paxtakor" amalga oshirgan transferlaridan yaxshigina daromad qilishdi. Qarshiliklar Hamrobekov transferidan 2,5 milliard ishlashgan bo'lsa, "Paxtakor" legionerlari Bezerra va Gonsalvesh hamda "Metallurg" va AGMKga sotgan futbolchilaridan yaxshigina daromad qildi. Bir qarashda "Paxtakor" juda qimmatli transferlarni amalga oshirgandek tuyuladi. Lekin jamoa futbolchilarini sotish orqali kamida qo'l urgan transferlarini qopladi.


Eng shov-shuvli transfer - Doston Hamdamov ("Anji"dan "Paxtakor"ga)

Eng yaxshi transfer - Odiljon Hamrobekov ("Nasaf"dan "Paxtakor"ga 2,5 milliard)

Kutilmagan transfer - Server Jeparov ("Metallurg" erkin agent)

O'xshamagan transfer - Aziz Turg'unboev ("Navbahor"/"Paxtakor")

Kashfiyot transfer - Humoyun Murtazoev ("Mashal"dan "Nasaf"ga)

Foydali transfer - O'tkir Yusupov ("Qo'qon-1912"dan "Navbahor"ga erkin agent)

Muallif :
Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика