Superligada yutmagan faqat "Andijon" qoldi
23 avg 2020 16:42
Yangiliklar


Superligada yutmagan faqat "Andijon" qoldi
Superliganing 11-turi ham bir nechta qiziqarli voqealarga boy berdi.
Xususan 10 oylik tanaffusdan so'ng yana g'alaba qozongan "Qizilqum" ketma-ket ikkinchi bor zafar quchdi. Navoiyliklar markazlashgan chempionatning safar o'yini maqomida "Metallurg"ga qarshi qarshi bahs olib borib 2:1 hisobida g'alaba qzonishdi.
O'tgan tur shuningdek "Buxoro" jamoasiga ham omadli keldi. "Surxon" ustidan 1:0 hisobida zafar quchgan buxoroliklar mavsumdagi ilk uch ochkoni qo'lga kiritishdi. SHunday qilib Superligada g'olib chiqmagan faqat bir klub qoldi: "Andijon". Andijonliklar hisobida 6 durang va 5 mag'lubiyat bor.
"Andijon" mavsumdagi ilk g'alabasini qachon nishonlaydi, bu endi masala. "Burgutlar" navbatdagi ikkita turni "Qo'qon-1912" va "Paxtakor"ga qarshi o'tkazishadi.
O’xshash yangiliklar
20:55
Superliga 4-tur qoldirilgan o'yinida "Xorazm" Navoiyda "Qizilqum"ni yirik hisobda taslim qildi 22

Fikrlar