So’nggi yangiliklar

07:52Шомуродовга қизиққан МЛС жамоаси маълум  3 07:25Ҳусанов тарихга кириши мумкин! Бугун “Манчестер Сити“ клублар ўртасидаги юришини бошлайди  5 06:50КЖЧ. "Урава Ред" сардори "Ривер Плейт" футболчиларига нисбатан ҳурматсизлик қилди  0 02:39Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Боливияга ютқазди  13 00:34Месси Баджодан Италиянинг 1994-йилги ЖЧ либосини совға сифатида олди  7 23:59Мбаппе иситма туфайли "Реал" машғулотида қатнашмаяпти. Эртага "Ал-Ҳилол" билан ўйин  1 23:39Доннарумма FourFourTwo талқинига кўра дунёнинг энг яхши дарвозабони  3 23:04КЖЧ. Танташев бошқарган ўйинда "Боруссия Д" ва "Флуминенсе" дуранг қайд этишди  1 22:48Хвича Кварацхелия: "Менга Роналдунинг ўйини ёқади, лекин Месси бошқа сайёрадан"  11 22:23Тебас "Барселона" янги футболчиларни рўйхатдан ўтказишга ҳали тайёр эмаслигини маълум қилди  5 21:48"Андижон" клубининг янги базаси ишга туширилди  9 21:25Тебас Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати ҳақида: "Бу турнирдан қутулиш керак, яна бир турнир учун жой йўқ"  20 20:52Даҳшатли автофалокатга учраган Антонио етти ой деганда майдонга қайтди  0 20:21Индзаги Б Серия клубига бош мураббий бўлди  8 20:01"Ливерпуль" Малик билан музокараларни бошлади  0

SUPERLIGAda qiziq o'yinlar ko'paydimi? Yangiliklar

SUPERLIGAda qiziq o'yinlar ko'paydimi?

Championat.asia'da "PippoGOAL" blogi davom etadi.

O'tgan haftaning oxirida APL va La Liganing yangi mavsumiga start berildi. Yashirib nima qilaman, top-5'dan birorta uchrashuvni to'liq tomosha qilganim yo'q. To'g'ri, "Tottenxem" — "Manchester Siti" bahsini tomosha qilish imkoni bor edi. Lekin, Londondagi o'yinga parallel ravishda Olmaliqda o'tkazilgan AGMK 1:1 "Nasaf" bahsini ko'rish uchun 60 km masofaga borib, yarim tunda uyga qaytishni maqul ko'rdim. 

OKMK

Yovan ZHokich - 28'

Superliga. 15-tur

15/08/2021, 20:00

1
:
1
Tugadi

Nasaf

Husniddin Aliqulov - 90'

45'
90'
17'  Sardor Rahmonov
28'  Yovan ZHokich
28'  Elvin Fortes
68'  Mirjalol Qosimov (Sanjar Tursunov)
68'  Elvin Fortes (Murodjon Toshmatov)
68'  Shohruh Gadoyev (Husniddin G’ofurov)
77'  Akrom Komilov
79'  Martin Boake (Zafar Polvonov)
85'  Yovan ZHokich (Dilshod Jo’rayev)
46'  ZHo'rabek Mannonov (Dilshod Saitov)
46'  Doniyor Narzullayev (Husayin Norchaev)
83'  G'olib G'aybullaev (Alibek Davronov)
83'  Marko Stanoevich (SHohmalik Komilov)
83'  Akmal Mozgovoy (Abubakrrizo Turdaliev)
90'  Husniddin Aliqulov
90'  Andriya Kaluderovich

Hozir, negadir shu tanlov haqida o'ylab qoldim. APL — eng qiziqarli chempionat. Bir tomonda yonboshlab, shu liganing markaziy bahsini kuzatish varianti bor edi. Lekin, Superligada kumush medal uchun kurashayotgan jamoalar o'rtasidagi o'yin qiziqroq tuyuldi. Etiborli jihati shundaki, Olmaliqdagi uchrashuv boshqa kunga ko'chirilib, shu kuni "Olimpik" "Jar"da "SHo'rtan"ni qabul qilsa ham, men uchun Londondagi o'yin 2-darajada qolaverardi. CHunki o'zbek futbolida zerikarli o'yinlar soni keskin kamaydi.

So'nggi 2 turda 5 ta o'yinni stadionning o'zidan kuzatdim va ularning barchasi esda qolarli bo'ldi.

"Paxtakor" 1:0" Nasaf" → "SHerlar"ni darvoza to'sini goldan qutqarib qoldi.

"Lokomotiv" 1:1 AGMK → Martin Boake 89-daqiqada olmaliqliklarni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

"So'g'diyona" 1:0 "Navbahor → Asker Najafalievning qo'pol xatosi (belgilanmagan penalti) namanganliklarga qimmatga tushdi.

"Mashal" 0:1 "Paxtakor" → 87-daqiqada Quvvatov Ifeani tepgan penaltini bartaraf qilib, sherlarni qutqarib qoldi.

AGMK 1:1 "Nasaf" → Husniddin Aliqulov uchrashuvga hakam tomonidan qo'shib berilgan 2-daqiqada "Nasaf"ni mag'lubiyatdan asrab qoldi.

Yuqoridagi 5 o'yin 9 kun ichida o'tkazilgan. Ularda qayd etilgan hisoblar barchasida so'nggi soniyalargacha kurash davom etganini bildiradi. SHu tufayli bu 5 o'yinning 3tasida 87-daqiqadan keyin gollar urilgan.

Fakt: O'zbekiston chempionatining joriy mavsumida 105 o'yin o'tkazildi. Ulardan faqat 26tasida 1 tomon 2 va undan ortiq to'p farqi bilan g'alaba qozonishni uddalagan. Bu turnirda ishtirok etayotgan jamoalar kuchining bir-biriga yaqinligidan dalolat.

To'g'ri, "Paxtakor"ning hozirgi holatida ham "sherlar" bilan chempionlik uchun talashadigan mard topilmadi. Ammo, keskin qarama-qarshiliklar soni har turda 1 qo'lning barmoqlarini to'ldirayotganini hech kim inkor qilolmaydi. Buni autsayderlar hududidagi "Turon"ninig 2-o'rindagi "So'g'diyona"ni engishi, "Qizilqum"ning mag'lubiyatsiz odimlari, "Bunyodkor"ning beqarorligi-yu "Paxtakor"ning qiyin g'alabalari tasdiqlab turibdi. 

Keling, Superliganing kelasi (16) turida kutilayotgan bahslarga ko'z yugurtiramiz.

"So'g'diyona" — "Qizilqum" → Turnir jadvalida yonma-yon (3 va 4) borayotgan klublar to'qnashuvi. O'z uyida mag'lubiyat nimaligini bilmayotgan "So'g'diyona" Jizzaxda safarda engilmayotgan "Qizilqum"ni qabul qiladi. Har 2 jamoa oxirgi turda muvaffaqiyatsizlikka uchraganini inobatga olsak, maydon "yonishi" aniq.

"Paxtakor" — AGMK → Musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan 2 klub o'rtasidagi to'qnashuv.

"Metallurg" — "Mashal" → Oxirgi 5 turda "Bunyodkor", "Surxon", "Qizilqum" va "Turon"ga imkoniyatni boy bergan Bekobod klubi bu gal muborakliklarning sinovidan o'tishiga to'g'ri keladi. Etiborli jihati, mazkur jamoalarni turnir jadvalida atigi 3 ochko ajratib turibdi.

"Lokomotiv" — "Turon" → Portugaliyalik murabbiy qo'l ostida mazmunli o'yin ko'rsatayotgan "temiryo'lchilar" yakuniy natija borasida maqtana olishmaydi. "Loko" so'nggi 2 turda 1 ochko olishni uddaladi. Ularning kelasi turdagi raqibi esa SHkvirin boshchiligidagi Turon bo'ladi. 

Malumot uchun, Yaypan klubi Igor Anatolevich boshqaruviga o'tganidan beri umuman yutqazmadi va mana shu muddatda "Paxtakor" va "Qizilqum"dan keyin Superliganing eng yaxshi 3-jamoasi bo'lib turibdi. "Turon" o'tgan turda peshqadamlardan biri ("So'g'diyona")ni enggani esa "Loko" bilan o'yinga qiziqishni yanada orttiradi.

"Nasaf" — "Navbahor" → hech qanday tarifga ehtiyoji bo'lmagan bahs. "Ajdarlar"ning so'nggi 3 turda faqatgina 1 ochko ishlagani esa bu o'yinga nisbatan qiziqishni yanada orttiradi.

Bundan tashqari, "Qo'qon-1912" "Surxon"ni qabul qilsa, "Bunyodkor" Andijonda mehmon bo'ladi. 16-turga 25 avgust kuni start beriladi. Unga qadar stadionlarga muxlislarning tashrifi bo'yicha kutilayotgan ijobiy qaror qabul qilinsa, Superliganing jozibasi yanada ortardi...

P.s. Bu material "Dinamo" va "Olimpik" o'rtasidagi super o'yindan oldinroq yozilgan edi.

Eldor ertaga "Trabzonspor"ga qarshi o'ynaydi. Turk klubi safidagi yulduzlarni bilasizmi?

Muallif :
Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика