So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  5 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  103 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  849 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Superligada muxlislar tashrifi. O'sish qanchalik yuqori? Yangiliklar

Superligada muxlislar tashrifi. O'sish qanchalik yuqori?

Teglar :  muxlislarSuperliga
Superligada o'yinlar turdan turga qizimoqda, bu esa stadionlarga yanada ko'p muxlislarning kelishiga sabab bo'lyapti.

Futbol avvalo ishqibozlar uchun, bo'm-bo'sh tribunalar qarshisida kim ham to'p tepishni xohlardi deysiz. Bu yil Superligamizda juda ko'p yangilik kuzatilmoqda. Bemalol eng katta yangilik sifatida barcha uchrashuvlarning "Sport" telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatilayotganini ayta olamiz. 

Bundan tashqari, stadionlarga yana muxlislarning qaytayotgani ham quvonchli holdir. Avvalgi yillari vodiy, Qarshi, Buxoro va Samarqandda hartugul ishqibozlar futbol ko'rgani kelardi, ammo Toshkentda juda kamayib ketgandi. Bu yildan muxlislar tashrifi yana orta boshladi. Garchi o'yinlar jonli ravishda TV orqali namoyish etilayotgan bo'lsa-da, ishqibozlarning jonli futbol ko'raman deb stadionga oshiqayotgani yoqimli holat deya olamiz. 

Muxlislar tashrifi poytaxtdagi bahslarda ham turdan turga ortyapti. Toshkentda faqat milliy terma jamoani hisoblga olmaganda klublar ishtirokidagi bahslarga odam kelmay qo'ygandi. Lekin Superligada format o'zgarishi tufaylimi, klublar o'rtasidagi raqobat kuchayganidanmi har holda muxlislar soni orta boshladi. 

SHu o'rinda ishqibozlarga yaratilayotgan sharoitlarni ham alohida tilga olib o'tish joiz. Xususan, oilaviy sektorlarning ajratilishi, stadionga kiraverishda klub atributikalari hamda egulik sotiladilan do'konlar yo'lga qo'yilishi, futboldan oldin turli ko'ngilochar tadbirlar tashkil etilishi, albatta bular ham muxlis kelishiga sabab bo'lmoqda. 

Keling, shu o'rinda Superliganing har bir klubiga to'xtalib, uy uchrashuvlarida muxlis to'plash bo'yicha o'tgan yil va bu yilgi raqamlarni o'zaro solishtirib ko'ramiz. 

"LOKOMOTIV"
Uyda bitta o'yin.
Muxlislar tashrifi bo'yicha ketma-ketlik
2018 yil: 3,000
2017 yil: 1,500

"Lokomotiv" hozircha o'z maydonida bitta o'yin o'tkazdi. "Metallurg" bilan kechgan bahsga 3000 nafar muxlis keldi. O'tgan yil "Loko"ning ochilish uchrashuviga 1500 ishqiboz kelgandi. Demak, bu yil ikki barobar o'sishga erishilgan. 

"PAXTAKOR"
Uyda uchta o'yin.
Muxlislar tashrifi bo'yicha ketma-ketlik
2018 yil: 15000/12000/15000
2017 yil: 4000/2000/1000

"Paxtakor" o'z maydonida uchta o'yin o'tkazdi va uchalasida ham muxlislar tashrifi maqtagulik bo'ldi. To'g'ri, "Paxtakor"ning stadioni katta, shu bois 10-15 ming muxlis hech narsa bo'lmay qolishi mumkin. Ammo raqamlar borasida o'sish yaqqol borligi ko'zga tashlanib turibdi.  

"BUNYODKOR"
Uyda uchta o'yin.
Muxlislar tashrifi bo'yicha ketma-ketlik
2018 yil: 12,000/20,000/15,000
2017 yil: 509/507/705 

"Bunyodkor" birdaniga katta sakrashni amalga oshirdi. O'tgan yil jamoaning birinchi uchta uy uchrashuviga hammasini qo'shganda ham ikki ming odam kelmagandi. Bu yil esa 10 mingdan kam bo'layotgani yo'q. Taqqoslash uchun o'tgan yil "Bunyodkor"ning dastlabki o'yiniga 509 muxlis kelgandi, bu yil esa ko'rsatkich birdaniga oshib ketdi - 12 ming.

"NASAF"
Uyda ikkita o'yin.
Muxlislar tashrifi bo'yicha ketma-ketlik
2018 yil: 10,000/14,000
2017 yil: 6,200/4100 

"Nasaf" Qarshida hozircha ikkita o'yinda maydonga tushib bir g'alaba va bir durang qayd etdi. O'tgan yil bilan taqqoslaganda "Markaziy" stadionga keluvchilar soni ancha oshganini ko'rish mumkin. O'tgan yil "Nasaf"ning dastlabki ikkita bahsiga 10 mingdan sal ko'p muxlis kelgan bo'lsa, bu yil bitta o'yindayoq bu raqam urib qo'yildi. 

AGMK
Uyda ikkita o'yin.
Muxlislar tashrifi bo'yicha ketma-ketlik
2018 yil: 8,300/8,400
2017 yil: 4,900/2,400 

Olmaliqdagi stadionga ham tashrif buyuruvchilar soni ortdi. Endilikda televizor orqali ko'rganimizda AGMK stadioni bo'sh ko'rinmayapti. Jamoa o'z maydonida "Lokomotiv"ni mag'lub etganidan so'ng keyingi bahslarda bu ko'rsatkich yanada oshsa kerak. 

"METALLURG"
Uyda ikkita o'yin.
Muxlislar tashrifi bo'yicha ketma-ketlik
2018 yil: 8,100/5,600
2017 yil: 1,000/900 

"Metallurg" o'tgan yil o'z maydonida o'ynaganida stadionga nari borsa mingta odam kelardi. Bu mavsum esa muxlislar soni hatto 8 ming nafarga chiqdi. Buni albatta Bekobod jamoasi uchun yaxshi ko'rsatkich deya olamiz. 

"NEFTCHI"
Uyda ikkita o'yin.
Muxlislar tashrifi bo'yicha ketma-ketlik
2018 yil: 19,000/18,000
2017 yil: 8,100/4,200 

"Neftchi" o'tgan mavsumning ikkinchi yarmida bo'sh o'yin ko'rsatgani sababli ko'plab muxlislarini yo'qotib qo'ydi. Mana endi sekin-asta jamoa eski damlariga qaytishga harakat qilyapti. Hozircha Farg'onada ikkita o'yin o'tkazgan "Neftchi"ni ko'rish uchun stadionga 20 mingga yaqin muxlis keldi. O'tgan yil bu ko'rsatkich hatto 500 nafarga tushib qolgandi. 

"NAVBAHOR"
Uyda bitta o'yin.
Muxlislar tashrifi bo'yicha ketma-ketlik
2018 yil: 25,000
2017 yil: 12,300 

"Navbahor" muxlislar bo'yicha aslo nolimasa ham bo'ladi. CHunki Namanganda har doim odam kirgan. To'g'ri, bazi yillari "Navbahor"ning muxlislari ancha kamayib ketgandi. Ammo jamoa o'zini ko'rsatishi natijasida yana ishqibozlar stadionga qayta boshladi. "Navbahor" hozircha o'z maydonida bitta o'yin o'tkazdi va "Loko" bilan bahsga 25 ming tomoshabin keldi. 

"QO'QON-1912"
Uyda bitta o'yin.
Muxlislar tashrifi bo'yicha ketma-ketlik
2018 yil: 12,200
2017 yil: 8,100 

"Qo'qon-1912" ham o'z maydonida hozircha bitta uchrashuv o'tkazdi va "Navbavhor"ga qarshi mavsumning ochilish o'yiniga 12 mingdan ziyod muxlis keldi. Jamoa yaxshi o'ynab tursa bo'lgani, qo'qonlik muxlislar stadionni aslo huvillatib qo'yishmaydi. 

"QIZILQUM"
Uyda uchta o'yin.
Muxlislar tashrifi bo'yicha ketma-ketlik
2018 yil: 11,000/7,300/8,500
2017 yil: 7,500/10,000/8,700 

"Qizilqum"da raqamlar ko'rsatkichi o'tgan yilgi bilan deyarli bir xil. Hozircha jamoaning uy bahslariga etti mingdan kam odam tushmayapti. Navoiyda ham doim muxlislar tashrifi deyarli bir xil bo'lgan. 

"SO'G'DIYONA"
Uyda ikkita o'yin.
Muxlislar tashrifi bo'yicha ketma-ketlik
2018 yil: 8,500/9,300
2017 yil: 3,700/5,200 

Bu mavsum Jizzaxda ham muxlislar borasida o'sish ko'zga tashlanyapti. Jamoaning o'tgan yil hatto ochilish o'yiniga besh ming muxlis kelmagandi. Ammo bu yil odamlar soni ancha ko'paydi. Faqat "So'g'diyona" qayd etayotgan natijalar muxlislarga yoqmayapti, xolos. 

"BUXORO"
Uyda ikkita o'yin.
Muxlislar tashrifi bo'yicha ketma-ketlik
2018 yil: 13,400/14,800
2017 yil: 12,200/7,600 

Buxoroda ham doim ko'p sonli muxlislar jamoani qo'llab turishadi. O'tgan yil "Paxtakor", "Bunyodkor" va "Lokomotiv" kabi klublar borganida stadionga 20 ming muxlis kelgandi. Bu mavsum ham shunday bo'lishini taxmin qilish qiyin emas. Aslida olganda "Buxoro" uchun 10 ming nafardan kam odam kelishi biroz g'alati ko'rinsa kerak. 

X.Xoliqov. 

Reyting: +59   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика