So’nggi yangiliklar

12:00Тариқ Салмон: "Биз Эрон ва Ўзбекистонни мағлуб этган ягона жамоамиз. Рақиб ҳамон мундиал йўлланмасини нишонламоқда"  5 11:40Бугун Осиё Кубогига саралаш ўйинлари бўлиб ўтади  0 11:20Қосимовнинг жарима зарбалари, Аҳмедовнинг суперголи ва "Бунёдкор"даги 5:1. Ўзбекистон ва Қатар терма жамоаларининг ўзаро ўйинлар тарихи  5 10:57“Бавария“ ПСЖ юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 10:52“Ал Ҳилол“ Виктор Гёкереш бўйича таклиф юборди  1 10:28“Ал Насср“нинг асосий трансфер мақсади маълум  0 09:35Суперкомпьютер 2025 йилги клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати ғолибини башорат қилди  9 09:04“Тоттенхем“ янги бош мураббийи билан маош ва шартнома шартлари борасида келишиб олди — Романо  1 08:32“Барселона“ футболчиси “Атлетико“ билан шартнома имзолади  0 08:00CAFA U-20 Championship 2025. Терма жамоамизнинг гуруҳдаги рақиблари маълум  4 07:26ЖЧ-2026 саралаш. Мундиал йўлланмасини ҳал қилган терма жамоамиз бугун Қатарни меҳмон қилади  15 01:53ЖЧ-2026 саралаши. Италия, Норвегия, Хорватия ва Бельгияда ғалаба  1 01:20Абдуқодир Ҳусановнинг Англиядаги мураббийи Манчестер университетининг фахрий докторлик унвонига сазовор бўлди  5 00:37"Манчестер Юнайтед" Виктор Гёкерешни сотиб олиш устида фаол ишламоқда  8 23:50"Ал Ҳилол" Нуньес вакиллари билан боғланди. "Ливерпуль" ҳужумчиси таклифга рози  1

Superligada mag'lub bo'lmagan "Neftchi"ga kimning "tishi" o'tadi yoxud jamoani oldinda kutayotgan o'yinlar Yangiliklar

Superligada mag'lub bo'lmagan "Neftchi"ga kimning "tishi" o'tadi yoxud jamoani oldinda kutayotgan o'yinlar

Futbolda g'alaba va mag'lubiyat doim birga ekanligi ming yillardan buyon yod bo'lib ketgan ibora hisoblanadi.

Gohida omad muntazam ravishda bir jamoaga kulib boqsa, yana boshqa klub ketma-ket muvaffaqiyatsizliklar girdobiga g'arq bo'ladi. Taqdir bu ikki yo'nalishda kimgadir yon bosishga majbur. Omad ham ularga kulib boqishda davom etadi. Ayni paytga kelib Superligada 16-tur uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda. Turnir jadvalida mag'lubiyatlar qatorida faqat bitta nol soni turibdi. U ham bo'lsa Farg'oaning "Neftchi" jamoasida. Birinchi davrada 13ta jamoaning hech birining Levchenko jamoasiga "tishi" o'tmadi. Ikkinchi davrada "Paxtakor", "So'g'diyona", "Metallurg" ikkinchi bor urinib ko'rishdi, foydasiz. O'yin taraflama aniq yo'nalishda, murabbiy imzosi ko'rinmoqda, jamoa qanday taktikada o'ynashni bilyapti va barqaror ketmoqda. Oldindagi o'yinlarda darajasi turlicha raqiblar ro'baro' keladi. 


OKMK 

"Neftchi" 26 avgust kuni Olmaliqda OKMK mehmoni bo'ladi. Jamoalarning birinchi davrada Farg'onada kechgan o'yinida jangovar 2:2 hisobida durang natija qayd etilgan. Olmaliqda kechgan so'nggi 5ta uchrashuvning 2tasida "buyuk chinorlar" g'alaba qozongan, 2ta bahsda maydon egalari zafar quchgan va     1ta o'yindm murosa ko'chasi tanlangan. Mirjalol Qosimov bu borada uyda imkoniyatni boy bermaslikka harakat qilishi malum. OKMK 15 avgust kungi OCHL o'tish o'yinida g'alaba qozonsa, 22 avgust kuni Qatarda "Al Arabi" bilan to'qnash keladi. Safardan keyingi tiklanish va kayfiyatga ham ko'p narsa bog'liq. 

"Andijon"

31 avgust kuni "Andijon" vodiy derbisida "Neftchi"ga qarshi Farg'onada o'ynaydi. Aleksandr Xomyakov shogirdlari birinchi davrada 0:2 hisobida taslim bo'lgan va bu alam ularda saqlanib qolingani shubhasiz. Ko'p narsani o'sha pallada jamoalarning qanday holatda bo'lishi, jarohatlar va yo'qotishlarga bog'liqli tomoni bor. 

"Turon"

Birinchi davrada "Turon" so'nggi daqiqalarda "Neftchi"ning g'alabasini yo'qqa chiqargani yodingizda bo'lsa kerak. SHunday kurashni bo'lajak o'yinda ham kutish mumkin. Boz ustiga "tulporlar" bosimsiz va erkin o'ynayapti, ishtiyoq kuchli va istalgan raqibga qarshi boshni tik ko'targan holda chiqib boryapti. "Turon"ning "Nasaf"ni yutishi sensaciya hisoblansa, bunday sensaciyalarni hali ko'p bo'ladi. Lekin bu "Neftchi" bilan o'yinda yuz beradimi yoki yo'q vaqt ko'rsatadi. 

"Buxoro"

Superligada jon saqlash uchun kurashayotgan Bakaev jamoasiga har bir o'yin final hisoblanadi va ularga qo'lga kiritilgan 1 ochko ham umid beradi. Klublarning birinchi davradagi o'yinida Aziz Asimovning qarorlari "Neftchi"ning zarariga ishlagan. Bu safar esa murosasiz o'yin ko'rishimiz kafolatlangan. 

Balki "Neftchi" uchun taqvimdagi raqiblar nisbatan engil kelgan, deyish mumkindir. Ammo ikkinchi davrada hech bir jamoa osonlikcha engilmayapti va kurash oxirigacha kechyapti. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика