Superliga yakuniga ko'ra chempionlik uchun davogarlar bir xil ochko to'plashsa nima bo'ladi?
25 okt 2022 23:46
Yangiliklar
Superliga yakuniga ko'ra chempionlik uchun davogarlar bir xil ochko to'plashsa nima bo'ladi?
"Superliga yakunlariga ko'ra «Nasaf», «Paxtakor» va «Navbahor»ning ochkolari soni teng bo'lib qolsa, unda ushbu jamoalarning o'zaro o'yinlardagi to'plagan ochkolari, to'plar nisbati va kim o'zaro o'yinlarda ko'proq gol urganiga qaraladi.
Deylik shunday bo'lsa, unda reglament bo'yicha chempion jamoa nomi «Paxtakor» va «Navbahor» o'rtasidan qo'shimcha ko'rsatkichlarga tayanib tanlanadi.
«Nasaf», «Paxtakor» va «Navbahor»ning o'zaro o'yinlarida kim qancha ochko jamg'argan?
"Paxtakor" — 5 ochko
"Nasaf" — 5 ochko
"Navbahor" — 5 ochko
To'plar nisbatiga ko'ra «Nasaf»da ko'rsatkich eng yomoni 1-1.
«Paxtakor» va «Navbahor»da esa 2-2dan bir ko'rsatkich.
Qo'shimcha ko'rsatkichlarga esa umumiy holatdagi to'plar nisbati, kim ko'p gol urgani, sariq va qizil kartochkalar o'rtaga tushadi", -deb yozadi SHahboz Beg'amov o'z telegram kanalida.
Fikrlar