Superliga va PRO ligada ishlayotgan qaysi murabbiylarda PRO licenziyasi yo'q?
17 fev 2021 11:36
Yangiliklar


Superliga va PRO ligada ishlayotgan qaysi murabbiylarda PRO licenziyasi yo'q?
PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchisi Diyor Imomxo'jaev bugungi kunga kelib Superliga va PRO ligada ishlayotgan jami 6 murabbiyda Pro licenziyasi yo'qligi haqida yozdi.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, quyidagi murabbiylar Pro licenziyasi uchun o'tkazilgan imtixondan o'ta olishmagan.
SUPERLIGA
Rifatxo'ja Akromxo'jaev ("Surxon")
No'mon Hasanov ("Navbahor")
Hamid Aktamov ("Qizilqum")
PRO LIGA
Ilhom Mo'minjonov ("Neftchi")
Davron Fayziev ("Buxoro")
Ildar Sakaev ("Yangier")
Bu mutaxassislar mart oyida imtixonni qayta topshirishadi. Agar shunda ham imtixondan o'ta olishmasa bu murabbiy ishlayotgan klub boshqa bosh murabbiy topishi kerak bo'ladi.
Reklama
O’xshash yangiliklar

Fikrlar