So’nggi yangiliklar

14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  3 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  4 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  22 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3

Superliga. "Turon" o'z maydonida "So'g'diyona"ni kichik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "Turon" o'z maydonida "So'g'diyona"ni kichik hisobda mag'lub etdi

Coca Cola Superligasi 23-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

23-tur

Yaypan. "O'zbekiston" stadioni. 18:15

TURON – SO'G'DIYONA 1:0

Gollar: Xurshidbek Muxtorov 58'

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Islom Azimov, SHerzod Azamov, Jaloliddin Husnitdinov

VAR hakami: Akmal Rahimov

AVAR: Ibrohim Ismoilov

Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev

Komissar: SHerzod Rajabov

"Turon": 35.Rahimjon Davronov, 2.Abdulazizxon Abdurashidov, 4.Asliddin Toshtemirov, 14.Xurshidbek Muxtorov, 15.Aziz Xolmurodov (30.Miraziz Mahamadaliev 72'), 18.Abdug'ani Kamolov, 21.Azamjon Aliev, 44.Abubakir Ashurov, 45.Asadbek Saitxonov (7.SHohmalik Komilov 79'), 55.Aslbek Aysarov (9.Rustam Azimov 46'), 77.Fayzullobek Jumanqo'ziev (17.Nodirbek Mukarov 46' (19.Ravshan Xayrullaev 89')).

Zaxira: 99.Humoyunshox Sayyotov, 5.Marlen CHobanov, 36.Nodirbek Abdurazzoqov, 88.Sardor Sadullaev. 

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 2.Jasurbek Yoqubov, 6.Alisher Salimov, 7.Muhammadsafo Fozilov (80.Samandar Sindarov 74'), 10.Javohir Qahramonov, 14.Lyupcho Doriev, 15.Tarik Isich, 18.Mirjalol Abdumutalov (3.Abdulloh Omonaliev 83'), 22.Sanjar SHoahmedov, 28.Stanislav Andreev (11.Jasur Hasanov 74'), 90.Ulug'bek Kenjaev (88.Samandarjon Mavlonqulov 64').

Zaxira: 1.SHirinboy Abdullaev, 12.Xislat Xalilov, 20.Amirbek Fayziev, 21.SHohruxxon Muxsinov, 85.Otabek Ahadov.

Ogohlantirishlar: Stanislav Andreev 21', Aziz Xolmurodov 36', Javohir Qahramonov 42', Milan Mitrovich 56', Ravshan Xayrullaev 90+1', Rahimjon Davronov 90+4'


90+7. O'yin yakunlandi!

90+6. Jasur Hasanovning zarbasi ham noaniq bo'ldi.

90+3. SHoahmedovning zarbasiga noaniq bo'ldi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

90. Tarik Isich darvozaga 2 metro masofadan zarba berdi, ammo to'p osmon-u, falakka ketdi.

89. Yana bir zarba va Davronovdan yana bir seyv!

88. Lyupcho Dorievning kuchli zarbasini Davronov qaytarib yubordi.

86. Jasur Hasanovning jarimadan yo'llagan zarbasi birozgina noaniq bo'ldi.

82. Sanjar SHoahmedovning zarbasini darvozabon ushlab oldi.

80. Rustam Azimovning zarbasi rekoshetga uchrab, darvoza tomon bormadi.

70. Aziz Xolmurodovga nisbatan darvozaga yaqin hududda qo'pollik ishlatildi, mezbonlar jarima zarbasiga ega bo'lishdi.

67. Alisher Salimovning to'p uzatmasini darvozaga joylab qo'yadigan sherigi topilmadi. 

63. Rustamxon Azimovning zarbasi aniq bo'lmadi.

61. Gol o'tkazib yuborgach mehmonlar yanada faollashdi. 

58. Xurshidbek Muxtorov penaltidan aniq foydalandi va gol urdi!

56. Penalti! Aziz Xolmurodov raqib jarima maydonchasi ichida Mitrovichdan to'pni olib qo'ydi va darvozaga zarba bermoqchi bo'lganda Milan hujumchini yiqitdi. Hakam darvozabonga sariq kartochka ko'rsatdi, jizzaxliklar darvozasi tomon penalti belgilandi.

53. Jasurbek Yoqubovning zarbasi noaniq bo'ldi.

50. O'yinning ikkinchi qismini mezbonlar ancha faollik bilan boshlashdi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi!

45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

42. "Turon" darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, Davronov faollik bilan to'pni qaytardi.

37. Har ikki jamoa ham navbati bilan hujumlarga o'tib turibdi, biroq natija bo'lmayapti.

31. Doriev o'ziga uzatilgan to'pni darvozaga yo'llay olmadi. 

26. Lyupcho Doriev hisobni ochishga yaqin keldi, Davronov to'pni qiyinchilik bilan qaytarib yubordi.

9. Aziz Xolmurodov burchakdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq bo'ldi zarba.

7. Azamjon Alievning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Mitrovich qaytarib yubordi.

6. "Turon" jarima zarbasini amalga oshirdi, mehmonlar himoyachisi faol harakat qilib, to'pni chiqarib yubordi.

4. Javohir Qahramonovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytarib yubordi.

1. O'yin boshlandi!

- Uchrashuv 18:15 da boshlanadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика