Superliga. Tur goli - Marko Stanoevich
12 apr 2021 15:52
Yangiliklar
Superliga. Tur goli - Marko Stanoevich
Biroz avval 7-10 aprel kunlari bo'lib o'tgan beshinchi tur ramziy terma jamoasini elon qilgan edik. Endi esa ketma-ketlikda tur laureatlarini berib boramiz.
Superliga. Tur darvozaboni - Muzaffar Abdullaev
Ortda qolgan 5-turning eng chiroyli goli muallifi deb "Nasaf" yarim himoyachisi Marko Stanoevich topildi. "Qizilqum" - "Nasaf" bahsining 2-daqiqasida Ignatiy Nesterov qo'riqlayotgan darvoza sari belgilangan jarima zarbasini serbiyalik yarim himoyachi chiroyli tarzda golga aylantirdi. 25 metrlar chamasi masofadan belgilangan jarima zarbasini Nesterov ham kuzatib turdi xolos.
SHu tariqa, o'zining mavsumdagi ikkinchi golini ham jarimadan kiritgan Marko Stanoevich beshinchi turning eng chiroyli goli muallifi deb topildi. Qizig'i, Marko 4-turda ham jarimadan kiritgan goli evaziga tur golini o'ziniki qilib ketgandi.
Video, TAS-IX emas
O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> Superliga
Fikrlar