So’nggi yangiliklar

18:41Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоаси КХДРга қарши сафар учрашувини Лаосда ўтказади  0 18:31Даниил Абакшин: "Энг яхши тўпурар ва ассистентлар сафида бўлиш ёқимли"  0 18:18Уассини Гирио: "Ҳисоб 0:2 пайти гол урдик, кейин нималар бўлганини билмайман"  0 18:07Суҳайл Муҳиддин: "Украинага қарши ўйинга тайёр эмасдик"  0 17:49Ҳендерсон Премьер-лигага қайтиши мумкин  0 17:22Тимур Кападзе: "Сречко Катанецга соғлиқ тилаймиз. Ўйлайманки, ассистентлар бу вазиятдан чиқиб кетади"  21 16:58Жаҳон чемпионига айланган Бразилия футзалчилари қандай фикрда?  0 16:30Аргентина футзалчилари финалдаги мағлубиятдан сўнг нималар дейишди?  1 16:04Transfermarkt Франция чемпионати футболчиларининг нархини янгилади. Абдуқодир Ҳусановнинг янги нархи қанча бўлди?   10 15:56"Арсенал" ярим ҳимоячиси билан шартномани узайтиришга тайёр  0 15:29Слот "Ливерпуль" тарихига кирди  1 15:00Шенсни қачон "Барселона" сафида майдонга тушиши мумкин?  0 14:36"Пахтакор" - "Динамо" учрашуви таҳлили: ҳакам нечта хатога йўл қўйди?  15 14:14Аббос Файзуллаев РПЛ 11-тур рамзий жамоасидан жой олди  1 13:50Сервер Жепаров Россиядаги амалиёт жараёни ҳақида гапирди  5

Superliga. "Surxon" o'z uyida "So'g'diyona"ga yutqazdi, ammo yuqori elitada qoldi Yangiliklar

Superliga. "Surxon" o'z uyida "So'g'diyona"ga yutqazdi, ammo yuqori elitada qoldi

Teglar :  So'g'diyonaSurxon
Superliganing 26-turidan o'rin olgan "Surxon" - "So'g'diyona" uchrashuvi o'z nihoyasiga etdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi.


Coca Cola Superliga. 26-tur
SURXON – SO'G'DIYONA 1:2

Gol: Aleksandr Kasyan 58' – Sanjar Rashidov 8', SHohruz Norxonov 81'

3 dekabr 2020 yil. Termiz. "Surxon" stadioni. 14:00 ("Oilaviy TV")
Hakamlar:
Vadim Agishev, Bektursin Kannazarov, Jalg'asbay Sarsenov, Firdavs Norsafarov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Bekzod Aripov

"Surxon": 12.Azamat Ahmedov, 2.Abduqahhor Xojiakbarov, 6.Rahmatullo Berdimurodov, 7.Nizomjon Norov, 10.SHavkat Salomov (22.Sanjarbek Ahmedov, 90+3), 11.Aleksandr Kasyan, 17.Sardor Sulaymonov (60.O'ral CHoriev, 21), 20.Husniddin G'ofurov, 44.Darko Stanoevich, 70.Ibrohim Yo'ldoshev, 77.Asror G'ofurov.
Zaxira: 86.Davron Merganov, 13.Dilshod Rashidov, 14.Farhod Mamatqulov, 29.Nurmuhammad Nomozov, 51.Asilbek Norboev, 71.SHahzod Tairov, 88.Asadbek Hamzaev.

"So'g'diyona": 1.SHirinboy Abdullaev, 2.Sardor Qulmatov, 3.Iskandar SHoyqulov, 4.Elyor Orifov, 5.Ayubxon No'monov (8.Jamshid Boltaboev, 61), 7.Sanjar Rashidov (14.Daniel Nasriddinov, 90), 10.SHohruz Norxonov (20.Bahodir Nasimov, 90), 12.Sanat SHixov, 19.Javohir Qahramonov (30.Dian Talxatov, 90), 21.Sahob Rashidov (11.Jasur Hasanov, 46), 22.SHahboz Jo'rabekov.
Zaxira: 50.Alisher Pirmatov,  24.Muhammad Yahyoev, 25.Nodirbek Qo'yboqov, 36.Elyor Sobirjonov.

Ogohlantirish: Aleksandr Kasyan (22). 


Surxon

Aleksandr Kasyan - 58'

Superliga. 26-tur

03/12/2020, 14:00

2
:
1
Tugadi

So'g'diyona

Sanjar Rashidov - 8', Shohruz Norxonov - 81'

45'
90'
21'  Sardor Sulaymonov (O'ral CHoriev)
22'  Aleksandr Kasyan
58'  Aleksandr Kasyan
8'  Sanjar Rashidov
46'  Sahob Rashidov (Jasur Hasanov O)
61'  Ayubxon Nomanov (Jamshid Boltaboev)
81'  Shohruz Norxonov


YANGILASH


Bahs yakunlandi.  

90+3. "Surxon"da almashtirish: Salomov o'rniga Ahmedov tushirildi. 

Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shildi. 

90. "So'g'diyona" safida 3 ta o'zgarish: Rashidov o'rniga Nasriddinov, Qahramonov o'rniga Talxatov, Norxonov o'rniga Nasimov tushdi.

89. Yo'ldoshev va Norxonov o'zaro to'qnashib ketishdi, shifokorlar yordam ko'rsatishdi.  

88. CHorievning markaz tomon uzatmasi noto'g'ri qaror bo'lib chiqdi. 

87. "So'g'diyona" to'pga egalik qilmoqda.

84. "Surxon" oldinga bordi, Kasyan boshchiligidagi hujum muvaffaqiyatli yakun topmadi. 

81. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!   Norxonov bosh bilan gol urib, mehmonlarni hisobda oldanga olib chiqdi – 1:2! 


78. CHoriev tezkor qarshi hujumga o'tdi, ammo Jo'rabekov uni to'xtatib qolishga erishdi. 

75. Kasyanga maydon chetida tibbiy yordam ko'rsatildi. 

73. Jo'rabekov o'z uzatmasi orqali burchak to'pi ishladi. To'p o'iynga kiritilgach, Hasanov noaniq o'ynadi. Mezbonlar posboni to'pni o'yinga kiritadi. 

70. Qahramonovning olis masofadan bergan zarbasi ancha noaniq ketdi. 

67. "Surxon" vaziyat yaratishga oshiqmoqda, ammo paslarda xatolar ko'p. 

64. Salomovning Kasyan tomon havolatib uzatgan to'pini Abdullaev ushlab oldi. 

61. So'g'diyona"da almashtirish: No'monov o'rniga Boltaboev tushdi. 

58. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLL!  Salomovning ajoyib uzatmasidan keyin Kasyan boshi bilan darvozani ishg'ol etdi – 1:1! 


56. "So'g'diyona" tezkor qarshi hujumga o'tdi, Sanat SHixov yiqildi, unga nisbatan qo'pollik ishlatilmadi deb topildi. 

54. Sardor Qulmatov maydonda yotibdi, unga tibbiy yordam ko'rsatilyapti. 

52. Uuuuxx!  Elyor Orifovning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. 


50. Salomov raqib jarima maydoni ichkarisida yiqildi, hakam penalti yo'q deya baholadi. 


49. Kasyanga nisbatan qoida buzildi. 

47. Jasur Hasanovning qanotdan uzatgan pasiga hech kim etib bora olmadi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

46. "So'g'diyona"da o'zgarish: Sahob Rashidov o'rniga Jasur Hasanov tushirildi. 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus!

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi. 

44. Zarbaaa!  Aleksandr Kasyanning uzoqdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

42. "Surxon" futbolchilari himoyada o'zaro pas o'ynashdi, keyin esa Nizomjon Norov o'ngdan oldinga bordi va to'pni yo'qotdi. 

39. Norxonov raqib jarima maydoni chizig'i yonida yiqildi, ammo hakam o'yinni davom ettirish zarurligini ko'rsatdi. 

38. "So'g'diyona"ning holati aksincha, barchasi ijobiy kechyapti, faqat vaqti-vaqti bilan qoida buzish va ofsaydlar kuzatilib turibdi. 

37. "Surxon"ga nimadir etishmayapti, vaziyat yaratishda start bor, yakun yo'q.  Maydon markazidan o'tish ham qiyinchilik tug'dirmoqda. 

35. Sanjar Rashidov Stanoevichga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

34. O'yin tempi o'rta darajada, hozirgi daqiqada "Surxon" himoyadan hujum boshlamoqda. 

32. Zarba!  Elyor Orifov jarimadan uzatilgan to'pga ega chiqib, zarba berdi, noaniq. 

32. CHoriev Jo'rabekovga nisbatan qo'pol o'ynadi, jabrlanuvchiga tibbiy yordam ko'rsatilyapti. 

30. CHoriev chap qanotdan to'pni havolatib ichkariga oshirdi, Abdullaev to'pni ushlab oldi. 

29. Uuux! Stanoevich nima qilyapti?!  U yarim metrda turgan to'pga eta olmagan bir paytda Norxonov uzoqdan yugurib kelib, to'pni ilib ketdi.  

27. CHoriev o'ngdan oldinga intilayotgan Jo'rabekovni yiqitdi. 

26. SHavkat Salomovning yaxshi o'ylangan uzatmasiga SHirinboy Abdullaev ega chiqdi. 

23. Qulmatovga tibbiy yordam ko'rsatildi. 

22. Kasyan Qulmatovga nisbatan ishlatgan qo'polligi bois sariq kartochka oldi. 

21. "Surxon"da o'zgarish: Sulaymonov o'rniga CHoriev tushdi.

21. Jarima tepildi, muvaffaqiyatsiz. 

20. Yana bir qulay vaziyat hosil bo'ldi. "Surxon" chamasi 23 metrdan jarima zarbasini tepadi.  

19. Salomovning jarimadan uzatgan to'pi Elyor Orifov tomonidan bartaraf etildi. 

18. Norxonov maydonda yotibdi, Agishev uning holidan xabar oldi. Bundan tashqari, "Surxon"ning bir futbolchisi almashtirilishi mumkin, unda qandaydir muammo yuzaga kelgan. 

16. Sahob Rashidov himoyachini chalg'ita olmadi va uning zarbasi "bloklandi". 

14. Mehmonlar raqib jarima maydoni ichida xavfli vaziyat sodir etishdi, Norxonovninsh pasi himoyachidar tomonidan maydon tashqarisiga chiqarib yuborildi. 

11. Zarbaaa! Salomovning jarimadan yo'llagan zarbasini SHirinboy Abdullaev qaytardi. 


8. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLL!   Sanjar Rashidov o'yindagi birinchi golni urib, jizzaxliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.


6. SHahboz Jo'rabekovning havolatib amalga oshirilgan ketma-ket paslari samara keltirmadi.  

4. SHohruz Norxonov qarshi hujumga o'tdi, uning uzatmasi zarbaga aylanib ketib qoldi, xavfli. 

2. Zarba!  Ibrohim Yo'ldoshevning kuchli zarbasi noaniq ko'rinish olib, darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi. 

1. O'yinga start berildi! 

- Futbolchilar maydonga chiqib kelishdi. Davlatimiz madhiyasi yangramoqda. 

- Uchrashuv soat 14:00da boshlanadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика