So’nggi yangiliklar

01:08Ла Лига. "Реал Мадрид" – "Атлетико" 0:0 (матнли трансляция)  1 01:06Месси жарима зарбасидан урилган голлар сони бўйича Пелени ортда қолдирди  0 00:29Арбелоа Трентни машғулотга кечиккани учун "Атлетико"га қарши дербида захирада қолдирди  5 00:20МЛС. "Интер Майами" "Нью-Йорк Сити"ни мағлубиятга учратди. Месси 901-голини урди  2 00:15Англия Лига кубоги. "Арсенал" – "Манчестер Сити" 0:2  3 00:01Ла Лига. "Реал Мадрид" – "Атлетико". Бошланғич таркиблар аниқ!  17 23:25Англия Лига кубоги. "Манчестер Сити" "Арсенал"ни мағлуб этди, Ҳусанов Англиядаги илк совринини ютди!  66 22:57Тудор АПЛдаги шармандали мағлубиятдан сўнг матбуот анжуманига кирмади  3 22:31"Яйпан" Қирғизистон клуби билан ўйнади. Икки жамоа икки хил натижа эълон қилди  1 21:55"Тоттенхэм" АПЛда ўтган йилдан буён ғалаба қозона олмаяпти  1 21:34АПЛ. "Тоттенхэм" "Ноттингем"га йирик ҳисобда енгилди, "Астон Вилла" ғалаба қозонди  0 21:09"Ғазалкент" назорат ўйинида "Оқ-тепа"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 20:50Флик Гвардиоланинг рекордини такрорлади  3 20:33Лига кубоги финали. "Арсенал" – "Манчестер Сити". Абдуқодир Ҳусанов бошланғич таркибда  16 20:01ЛаЛига. Араухонинг голи "Барселона"га уч очко келтирди  70

Superliga. "Surxon" va "Neftchi" o'yinida hisob ochilmadi Yangiliklar

Superliga. "Surxon" va "Neftchi" o'yinida hisob ochilmadi

Superliganing 24-turi doirasidagi "Surxon" - "Neftchi" uchrashuvi yakunlandi.

"Surxon" – "Neftchi" 0:0

9 noyabr, 18:15

Bosh hakam: Ibrohim Ismoilov

Qanot hakamlari: SHerzod Azamov, Islom Azimov

Zaxira hakami: Mamur Ilhomov

VAR: Nayim Qosimov

AVAR: Xayriniso Erkinova

Hakamlar nazoratchisi: Baxtiyor Namozov

Uchrashuv komissari: Jahongir Rahmatullaev

"Surxon": 1.Artyom Potapov, 5.Jamoliddin Xo'janiyozov, 6. Behzod SHamsiev (4.Nodirxon Nematxonov, 20), 8.Humoyun SHerbo'taev, 10.Dmitriy Pletnyov (15.Diyor Ramozonov, 85), 11.Abdug'ofur Haydarov (19.Muhammadali Abdurahmonov, 85), 17.Jahongir Abdusalomov, 22.Javohir Jo'raev, 27.Asilbek Jumaev, 66.Behro'z SHaydulov (3.Sunnatulloh Hamidjonov, 85), 98.Farruh Ikromov (7.Doston Tursunov, 38).

Zaxira: 16.Dilshod Yo'ldoshev, 9.Tamirlan Jamolutdinov, 14.Sarvar Abduhamidov, 77.Asadbek Karimov

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 20.Anvar G'ofurov (s), 2.Zoir Jo'raboev, 70.Abbos G'ulomov, 77.Bilolxon Toshmirzaev, 8.Sardor Abduraimov, 23.Diyor Turopov (11.Javohir Qahramonov, 67), 30.Quvondiq Ro'ziev (17.Sanjar Qodirqulov, 67), 22.Aziz Omonov (28.Behruz Oblaqulov, 67), 10.SHohro'z Norxonov (24.G'ulomhaydar G'ulomov, 87)

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 21.Muhsin Ubaydullaev, 14.Xurshid Muxtorov, 19.Mirzohid G'ofurov, 9.Husayn Norchaev

Ogohlantirish: Botirali Ergashev (8), Zoir Jo'raboev (21), Diyor Turopov (42), Nodirxon Nematxonov (62)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

87. "Neftchi" tarkibida o'zgarish amalga oshirildi.

85. "Surxon" tarkibida uch o'zgarish sodir bo'ldi.

84. Potapov standart vaziyatni bartaraf etdi.

83. SHerbo'taev raqib futbolchisini ushlab, to'xtatgani uchun ogohlantirildi.

80. Fol jarima maydoni tashqarisida sodir etilgani malum bo'ldi. Jarima zarbasi.

79. "Surxon" darvozasiga penalti belgilandi. Qodirqulov Xo'janiyozov tomonidan yiqitildi. Biroq fol jarima maydonidan tashqarida bo'lishi ham mumkin.

78. G'ulomovn tomonidan yo'llangan zarbani Potapov bartaraf etdi.

77. Qodirqulovning standart vaziyatdan uzatgan to'pni "Surxon" futbolchilari qaytardi.

75. SHerbo'taevning tepgan to'pini Ergashev egallab oldi.

69. SHerbo'taevning zarbasi raqib futbolchisiga tegib, maydonni tark etdi.

67. "Neftchi" tarkibida uch o'zgarish amalga oshirildi.

62. Norxonovga nisbatan fol ishlatgan Nematxonov ogohlantirildi.

58. "Neftchi" jarima maydonida mehmonlar himoyachisi Cigirning qo'liga to'p tegdi, hakam o'yinni davom ettirish lozimligini takidladi.

55. Omonov tepgan to'p rekoshet orqali Potapovning qo'llariga borib tushdi.

Efirda texnik uzilish yuzaga keldi.

47. Jo'raboev to'p uchun kurashda Jumaevning yuziga zarba berib yubordi, uning sariq kartochkasi bor.

46. Xavfli vaziyat! "Neftchi"ning ilk hujumi zarba bilan yakunlandi, Potapov yana o'z mahoratini namoyish etdi.

Taym yakunlandi.

45+1. Zarba! Turopovning chap oyoqda yo'llagan zarbasini Potapov qiyinchilik bilan qaytardi.

45+4. Mehmonlarning standart vaziyati noaniq zarba bilan yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

43. Zarba! Tursunov raqib jarima maydoniga kirib borib, zarba yo'lladi, ammo to'p yo'nalishi noaniq ko'rinish oldi.

42. To'ropov hakam qaroridan noroziligini bildirgani uchun ogohlantirildi.

38. "Surxon"da ikkini majburiy o'zgarish: Ikromov o'rniga Tursunov tushirildi.

37. Toshmirzaev tomonidan yo'llangan zarbani Potapov egallab oldi.

32. Ikromov raqib futbolchisi tomonidan to'xtatib qolindi. Mezbonlarda standart vaziyat yuzaga keldi.

28. Mehmonlarning ketma-ket ikki zarbasiga raqib himoyachilari to'g'anoq bo'ldi.

25. "Neftchi"ning burchak uzatmasi raqib futbolchisi tomonidan qaytarildi.

21. Jo'raboev jarima maydoni yaqinida raqib futbolchisini to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

20. "Surxon"da majburiy o'zgarish: SHamsiev o'rniga Nodirxonov tushirildi.

19. SHamsiev ham jarohat olgan ko'rinadi, u almashtirilsa kerak.

16. SHaydulovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

13. Xavfli vaziyat! Norxonovning raqib jarima maydonida bosh bilan uzatmasi zarbaga aylanib ketdi va darvozaning to'riga uning yuqorisidan tushdi.

8. Vaqt cho'zgani va hakamga etiroz bildirgani uchun "Neftchi" darvozaboni ogohlantirildi.

4. Xavfli vaziyat! Amonov "Surxon" himoyachisining xatosidan so'ng raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda o'ta qulay vaziyatdan unumli foydalana olmadi.

1. O'yin boshlandi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика