So’nggi yangiliklar

02:02Валижон Раҳимов: "Андижон" ўз ўйинини топиб олади"  2 01:50Жавоҳир Сиддиқов: "Насаф" доимий соврин ютмоқда, бу ҳам ёқимли ҳолат"  1 01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  2 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  15 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  3 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  2 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  239 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10

Superliga. 2-daqiqada urilgan gol "Surxon"ga g'alaba keltirdi Yangiliklar

Superliga. 2-daqiqada urilgan gol "Surxon"ga g'alaba keltirdi

Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Dinamo" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Superliga, 2-tur

30 mart, shanba

16:15 - "Surxon" — "Dinamo" 1:0
Hakamlar:
SHerzod Qosimov, Alisher Usmonov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Ravshan Abdivohidov.
Nazoratchi: Oleg Dachev.
Komissar: Bekzod Aripov.

Gol: SHerzod Hakimov 2, - 1:0 (SHerzod Karimov).

"Surxon": Asilbek Amonov, Abduqahhor Xojiakbarov, SHerzod Karimov (Ayubxon No'monov, 90+2), Dilshod Jabborov (Rahmatullo Berdimurodov, 59), SHavkat Salomov, Abror Ismoilov, Vladimir Bubanya, Husniddin G'ofurov, Azam Aliev, Darko Stanoevich, SHerzod Hakimov (Azamat Allaniyazov, 73).

"Dinamo": Botirali Ergashev, Mirkomil Lokaev, Hakimxon Alamxonov, Akmal Xolmurodov, Amirjon Safarov (Nizomjon Norov, 65), Qadamboy Nurmetov (Sanjar Baratov, 51), Bobur Qosimov, Abbos SHodmonov, Sardor Eminov, Ixtiyor Toshpo'latov, SHoxrux Abdurahmonov (Jasur Azimov, 70).

Ogohlantirishlar: SHavkat Salomov 30, Hakimxon Alamxonov 74, Akmal Xolmurodov 75. 


Surxon

Sherzod Hakimov - 2'

Superliga. 2-tur

30/03/2019, 16:15

0
:
1
Tugadi

Dinamo

45'
90'
2'  Sherzod Hakimov
2'  Sherzod Karimov
30'  SHavkat Salomov
59'  Dilshod Jabborov (Rahmatullo Berdimurodov)
73'  Sherzod Hakimov (Azamat Allaniyozov)
90'  Sherzod Karimov (Ayubxon Nomanov)
51'  Qadamboy Nurmetov (Sanjar Baratov)
65'  Amirzhon Safarov (Nizomjon Norov)
70'  SHohruh Abdurahmonov (Jasur Azimov)
74'  Hakimzhon Alamxonov
75'  Akmal Xolmurodov




Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin. 


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH




90+3. O'yin tugadi. "Surxon" mavsumdagi birinchi g'alabasini "Dinamo" ustidan qo'lga kiritdi

90+2. O'zgarish. "Surxon". SHerzod Karimov o'rniga Ayubxon No'monov tushdi

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shildi

83. ZARBAA! SHavkat Salomovning kuchli zarbasi yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'ldi

75. ZARBAAAAAAAAAAA! SHerzod Karimovning 11 metrli nuqtadan yo'llagan zarbasini Botirali Ergashev qaytardi!

74. Ogohlantirish. "Dinamo". Hakimxon Alamxonov

74. PENALTI! "Dinamo" darvozasiga

73. O'zgarish. "Surxon". SHerzod Hakimov o'rniga Azamat Allaniyazov tushdi

70. O'zgarish. "Dinamo". SHohruh Abdurahmonov o'rniga Jasur Azimov tushdi

65. O'zgarish. "Dinamo". Amirjon Safarov o'rniga Nizomjon Norov

60. ZARBAAAAAAAA! Burchak to'pidan keyin Vladimir Bubanya darvozaga zarba berdi, Botirali Ergashev ajoyib seyv bilan jamoasini qutqardi!

59. O'zgarish. "Surxon". Dilshod Jabborov o'rniga Rahmatullo Berdimurodov

55. ZARBAAAAAAAA! Biroz oldin maydonga tushgan Sanjar Baratov sal bo'lmasa hisobni tenglashtirar edi

51. O'zgarish. "Dinamo". Qadamboy Nurmetov o'rniga Sanjar Baratov tushdi

46. Ikkinchi taym boshlandi



45+1. Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha "Surxon" 1:0 hisobida oldinda

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shib berildi

43. ZARBAAAAAAAAAAAAAA! Dilshod Jabborovning kuchli zarbasini Botirali Ergashev qaytardi!

39. Bobur Qosimov uzoq masofadan darvozaga zarba berdi, Asilbek Amonov uchun bu holat qiyinchilik tug'dirmadi

37. O'yin biroz tenglashgandek ko'rinmoqda.

33. ZARBAAAA! SHerzod Karimovning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasini Ergashev qaytardi

30. Ogohlantirish. "Surxon". SHavkat Salomov

20. "Surxon" navbatdagi bor burchak to'pini amalga oshirdi, uzatilgan to'pni himoyachilar bir amallab qaytarishdi

18. "Dinamo" futbolchilari jarima to'piga ega bo'lishdi. Jarima maydoniga uzatilgan to'pni Amonov egallab oldi

15. Endi SHerzod Karimov narigi tomondan burchak to'pini tepdi, bu safar darvozaga yo'llangan zarba noaniq ketdi

15. Salomov bu safar burchak to'pini tepdi, himoyachilar qaytarishdi

14. ZARBAAAAAAAAAAAAA! SHavkat Salomovning yo'llagan zarbasini Botirali Ergashev maydon tashqarisiga chiqarib yubordi

13. "Surxon" yaqin masofadan jarima to'piga ega bo'ldi.

11. ZARBAAAAAAAAA! "Dinamo"ning ilk hujumi, Amirjon Safarovning zarbasini Asilbek Amonov ushlab oldi

8. Xavfli vaziyat! "Surxon" hujumlar ketidan-hujum qilmoqda

7. ZARBAAAAAAA! SHavkat Salomov burchak to'pini amalga oshirdi, SHerzod Hakimovning boshi bilan yo'llagan zarbasiga birozgina aniqlik etishmadi!

4. Etiborlisi SHerzod Hakimov ketma-ket ikkita turda gol urishga erishdi

2. SHerzod Karimovning jarimadan uzatgan to'pini Hakimov boshi bilan raqib darvozasiga yo'lladi - 1:0.

2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 1:0. SHERZOD HAKIMOOOOOV!  VIDEONI KO'CHIRIB OLISH


 

1. O'YIN BOSHLANDI! 

- Uchrashuv soat 16:15da boshlanadi.





Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика