So’nggi yangiliklar

16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  1 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  0 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   11 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  3 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  7 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   2 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  4 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  12

Coca Cola Superligasi. 11 ta sariq va 2 ta qizil kartochka ko'rsatilgan o'yinda "Andijon" kambek evaziga "So'g'diyona"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. 11 ta sariq va 2 ta qizil kartochka ko'rsatilgan o'yinda "Andijon" kambek evaziga "So'g'diyona"ni mag'lub etdi

Coca Cola Superligasi 22-turidan o'rin egallagan "So'g'diyona" – "Andijon" uchrashuvi yakunlandi.

Coca Cola Superligasi

22-tur

SO'G'DIYONA– ANDIJON 1:2

Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 19:00

Hakamlar: Rustam CHoriev, Aleksandr Burov, Akmal G'iyosov, Eplan Nurjanov

VAR hakami: Ravshan Abduvohidov

AVAR: SHohnur Yo'ldoshev

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Diyor Xotamqulov

Gol: 1:0 — 13, Lyupcho Doriev, 1:1 — 78 (penalti), Rubin Xebay, 1:2 — 86, Farhodjon Sohibjonov

"So'g'diyona": 1.SHirinboy Abdullaev, 2.Jasurbek Yoqubov, 3.Abdulloh Omonaliev (18.Mirjalol Abdumutalov, 60), 4.Elyor Orifov (15.Tarik Isich, 78), 6.Alisher Salimov, 7.Muhammadsafo Fozilov, 10.Javohir Qahramonov, 11.Jasur Hasanov (80.Samandar Sindarov, 60), 14.Lyupcho Doriev, 88.Samandarjon Mavlonqulov (90.Ulug'bek Kenjaev, 78) 93.Marko Kolakovich.

Zaxira: 27.Milan Mitrovich, 20.Amirbek Fayziev, 21.SHohruxxon Muxsinov, 22.Sanjar SHoahmedov, 28.Stanislav Andreev.

"Andijon": 72.Igor Litovka, 5.Abdulvohid G'ulomov, 8.Farhod Bekmuratov (7.Bobur Farhodov, 75), 10.Ilhom Abdug'aniev, 13.Sardor Azimov (17.Farhodjon Sohibjonov, 62), 15.Vladimir Bubanya, 26.Muhammadkarim Toirov (9.Levan Arveladze, 62), 28.Islom Mamatkazin, 66.Ilhom Alijonov, 94.Armin Boshnyak (14.Abdurahmon Komilov, 75), 99.Rubin Xebay (19.Suhrob Berdiev, 90+2)

Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 4.Dilshod Komilov, 21.Ildar Mamatkazin, 22.SHahboz Erkinov.

Ogohlantirishlar: Rubin Xebay (6), Sardor Azimov (25), Elyor Orifov (27), Aleksandr Xomyakov (45+2), Islom Mamatkazin (50), Abdulloh Omonaliev (56), Samandar Sindarov (63), Marko Kolakovich (70), SHirinboy Abdullaev (74), Abdulvohid G'ulomov (84), ("Andijon" yordamchi murabbiyi, 90+3)

CHetlatishlar: Marko Kolakovich (81, ikkinchi sariq kartochka), Farhodjon Sohibjonov (90+6)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi!

90+6. Sohibjonov maydondan chetlatildi.

90+3. "Andijon" yordamchi murabbiyi ogohlantirildi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

86. GOL! Sohibjonov qulay nuqtadan ajoyib zarba bilan jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi!

84. Kartochka olish navbati G'ulomovga keldi.

81. Kolakovichga ikkinchi sariq kartochka ko'rsatildi va u maydonni erta tark etdi.

78. GOL! Xebay penaltidan hisobni tenglashtirdi! 

76. "So'g'diyona" darvozasi tomon penalti belgilandi. Hozirgina maydonga tushgan Komilovga nisbtan qoida buzildi.

74. "So'g'diyona" darvozaboni vaqt cho'zgani uchun ogohlantirildi.

71. Doriev yana raqib darvozasini ishg'ol qilishi mumkin edi, uning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

70. Abdug'aniev raqib posboni bilan deyarli birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi.

68. "So'g'diyona" futbolchisiga biroz muddat tibbiy yordam ko'rsatildi.

63. Biroz avval maydonga tushgan Sindarov ogohlantirildi.

59. Azimovning zarbasi kuchsizligi bilan birga noaniq chiqdi.

56. Abdulloh Omonaliev raqib hujumini buzgani uchun ogohlantirildi.

50. Mamatkazin raqibiga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+2. "Andijon" murabbiyi ogohlantirildi. 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. Kolakovich mehmonlarning xavfli hujumini bartaraf etdi.

38. Abdug'anievning uzoqdan yo'llagan zarbasi yana noaniq ko'rinish oldi.

35. Kolakovichning bosh bilan yo'llagan zarbasini "Andijon" posboni ushlab oldi.

33. Yana bir burchak zarbasi, bu safar mezbonlarda.

30. "Andijon" burchak zarbasi raqib futbolchilari tomonidan qaytarildi.

29. Doriev ham Abdug'anievnikidan qolishmaydigan zarba yo'lladi.

28. Abdug'anievning jarimadan yo'llagan zarbasi o'ta noaniq ko'rinish oldi.

27. Azimov bu safar jabrdiyda rolini o'ynadi. Oripov ogohlantirildi.

25. Katta tezlikda qarshi hujumga otlangan Qahramonov yana to'xtatildi. Bu safar Azimov sariq kartochka bilan jazolandi.

24. Abdug'anievning burchakdan uzatmasi zarbaga aylanib ketdi. "So'g'diyona" posboni o'z o'rnida.

22. Boshnyakning chap oyodq yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

22. "So'g'diyona" burchak to'pi ishladi. Uzatmagan Oripov bosh bilan zarba berdi, ammo noaniq ko'rinishda. 

20. Bubanyaning bo'ynidagi tumorini echishini hakam talab qildi. 

19. "Andijon" burchak zarbasi ishlab oldi. Uzatmani "So'g'diyona" himoyachilari maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

17. Mehmonlarning zarbasidan so'ng Abdullaev hushyorlikni yo'qotmadi.

13. GOL! Doriev "So'g'diyona"ni hisobda oldinga olib chiqdi! O'ng qanotdan oldinga borgan hujumchi raqib himoyachisini aldashga muvaffaq bo'ldi va "Andijon" darvozabonining uzoq burchagini aniq nishonga oldi!

12. "Andijon" posbonining to'pni tepib yuborishdagi xatosi qimmatga tushishi mumkin edi, biroq mezbonlar bundan foydalana olmadi.

11. "Andijon"da yana bir imkoniyat yuzaga keldi. Abdug'anievning zarbasiga aniqlik etishmadi.

10. "Andijon" yana o'ng qanotda standartga ega bo'ldi. Uzatma mezbonlar tomonidan bartaraf etildi.

6. Xebay katta tezlikda oldinga o'tayotgan Qahramonovni to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

2. Mehmonlar jarima zarbasiga ega bo'ldi. Uzatmadan so'ng Bonyakning elka bilan yo'llagan zarbasi kuchsiz va noaniq ko'rinish oldi.

1. Uchrashuv boshlandi!

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика