Superliga rasman to'xtatildi: "Ingliz klublari bosim sabab ketishdi. Biz loyihani o'zgartiramiz"
21 apr 2021 11:50
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/632568_original.jpg)
![](/upload/storage/632568_220.jpg)
Superliga rasman to'xtatildi: "Ingliz klublari bosim sabab ketishdi. Biz loyihani o'zgartiramiz"
"Evropa Superligasi hozirgi Evropa futbolining holatini o'zgartirish kerakligiga ishonchi komil.
Biz yangi turnir taklif qilamiz, sababi hozirgi tizim ishlamayapti. Bizning taklifimiz pandemiya sharoitida moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan barcha futbol jamoatchiligiga yordam berish va ushbu sport turining rivojlanishiga qaratilgan. SHuningdek barcha futbol guruhlari oshirilgan to'lovlar olishadi.
Bosim ostida ingilz klublarining chiqib ketganiga qaramay, bizning taklifimiz Evropaning qonunlari va qoidalariga to'liq mos kelishiga aminmiz, bu sudning Superligani uchinchi shaxslarning harakatlaridan himoya qilish to'g'risidagi qarori bilan tasdiqlangan.
Hozirgi sharoitda biz muxlislarga eng yaxshi namunani taqdim etish va shu bilan birga butun futbol jamoatchiligiga to'lovlar oshirilishi uchun o'z maqsadlaridan ketmasligi uchun loyihani o'zgartiramiz", - deyiladi bayonotda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar