So’nggi yangiliklar

19:24Суперлига. "Навбаҳор" - ОКМК (матнли трансляция)  3 19:23"Реал"га Родри керак  4 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  2 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  6 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  6 17:30"ФарДУ" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 17:10"Бавария" "Барселона"дан Нико Уильямсни илиб кетишга тайёрланмоқда  2 16:02"Реал" ярим ҳимоячиси Алонсо билан келишмовчилик сабаб клубдан кетиши мумкин  15 15:25"Ливерпуль" Конате билан янги шартнома бўйича келишувга эриша олмаяпти, футболчига "Реал" қизиқиш билдирмоқда  3 14:55Левандовски 2026 йилнинг ёзида Саудия Арабистонига ўтиши мумкин  8 14:30Вирцнинг "Ливерпул"га мега трансфери! Нима учун инглизлар шунча пулдан воз кечишга қарор қилишди?  2 14:20ОКМК 6 йилдан буён Намангандан ғалабасиз қайтмоқда. Лушчан ва Қосимов дуэлида ким ғолиб чиқади?  8 13:58"Ал Иттиҳод" Погба учун курашга киришди  4 13:37Учрашувнинг сўнгги қисми жанжалга айланиб кетган "Нефтчи" - "Бухоро" баҳсидан ГАЛEРEЯ  4

Superliga. "Qizilqum" o'z maydonida AGMK bilan durang o'ynadi Yangiliklar

Superliga. "Qizilqum" o'z maydonida AGMK bilan durang o'ynadi

Superliga 19-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - AGMK uchrashuvi durang bilan yakunlandi.

Superliga, 19-tur.

QIZILQUM – AGMK 0:0 

19.00, Navoiy shahri.

"Yoshlar" sport majmuasi.

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Olim Abduvosilov, SHavkat Rahmatov, Farruh Yansupov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Aleksandr Davidenko

"Qizilqum": 1.Ignatiy Nesterov - 14.Fayzulla Qambarov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 75.Oleg Tolmasov - 21.Muhsin Ubaydullaev (18.Jasur Azimov 68'), 6.Erkin Baydullaev, 8.Giorgi Kuxianidze (44.Humoyun Abdualimov 86'), 17.Salim Mustafoev - 30.Elguja Grigalashvili (19.Jamshid Hasanov 80'), 7.Islom Kenjaboev - 10.Mate Vatsadze.

Zaxira: 22.Artyom Makosin, 4.Mirjalol Qosimov, 9.Behruz Sadilloev, 25.Aziz Usmonov, 71.Timur Nabiev, 92.Vladislav Aleksin.

AGMK: 35.Valijon Rahimov - 20.Mirg'iyos Sulaymonov (77.Dilshod Ahmadaliev 63'), 8.Bobur Yo'ldoshev, 7.Sardor Rahmonov, 2.Akrom Komilov - 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov, 4.Mirjamol Qosimov (22.Sanjar SHoahmedov 63') - 28.SHohruh Gadoev, (94.Elvin Fortes 82') 18.Aleksandr Kasyan (27.Martin Boake 76'), 10.Husniddin G'ofurov (11.Murod Toshmatov 82').

Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 32.Suhrob Sultonov - 9.Zafar Polvonov, 42.Nodir Abdurazzoqov.

Ogohlantirishlar: Muhsin Ubaydullaev 47', Islom Kenjaboev 55', Akrom Komilov 56', Valijon Rahimov 79', Bobur Yo'ldoshev 87'


90+3. Uchrashuv yakunlandi.

90+2. Islom Kenjaboev katta tezlikda raqib jarima maydonchasiga kirib bordi va erlatib uzoq burchakka zarba berdi. To'p darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi.

90. Uchrashvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

89. Boake to'pni egallab olib darvoza tomon zarba berdi va Nesterov qaytarib yubordi.

86. Uchrashuvning so'nggi daqiqalari o'tib boryapti. Har ikki jamoa ham navbati bilan hujumlarga o'tmoqda. 

79. Burchakdan uzatilgan to'pni Fayzulla Qambarov boshi bilan darvozaga yo'naltirdi ammo noaniq. 

72. Fayzulla Qambarovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini AGMK darvozaboni ushlab oldi.

64. Sanjar SHoahmedovning bergan zarbasi biroz noaniq. 

62. XAVFLI VAZIYAT! "Qizilqum" katta tezlikda oldinga o'tdi. Salim Mutsafoev oldinga o'tib darvozabon bilan deyarli birga bir vaziyatga chiqdi va to'pni Vatsadzega uzatdi. Hujum samarasiz yakunlandi.

59. Ana endi ustunlik mezbonlarda. Jamoa ketma ket hujumlar uyushtirmoqda. Ammo ulardan naf chiqmayapti.

56. AGMK ikkinchi bo'limni nisbatan faol boshladi. Jamoa to'p nazoratini o'z qo'liga olib, hujumlar uyushtirishga harakat qilyapti. 

51. Elguja Grigalashvili formasini almashtirib olyapti.  

50. Husniddin G'ofurovning uzoqdan yo'llagan zarbasini Nesterov qaytarib yubordi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi. 

45. Birinchi bo'lim yakunlandi!

43. Burchakadan to'p o'yinga kiritilgach, Fayzulla Qambarov to'pni jamoadoshi Vatsadzega uzatdi. Matening yaqin masofadan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq chiqdi.

42. XAVFLI VAZIYAT! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Mate Vatsadze boshi bilan darvozaga yo'lladi va Rahimov to'pni qaytarib yubordi. 

31. Islom Kenjaboev raqibning barcha himoyachilarini aldab o'tib, uzoq burchakka zarba berdi. To'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.

27.  Elguja Grigalashvilining uzoq masofadan yo'llagan zarbasi anchagina noaniq ketdi.

21. AGMKdan jarima zarbasi! Husniddin G'ofurovning chamasi 25 metrlardan yo'llagan zarbasini Ignatiy Nesterov ikkinchi urinishda egallab oldi.

Foto: "Qizilqum" matbuot xizmati

20. Burchakdan uzatilgan to'pni Grigalashvili boshi bilan darvozaga yo'naltirdi. To'p darvozaga orqa tomondan to'rga borib tegdi.

19. "Qizilqum"dan hujum! Qanotdan oshirilgan to'pni Muhsin Ubaydullaev egallab oldi va yaqin masofadan darvozaga zarba berdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi. Burchak zarbasi.

16. Sanjar Tursunov katta tezlikda oldinga bordi. Uning chamasi 20 metrlardan bergan zarbasi navoiylik futbolchiga tegib ortga qaytdi. 

10. AGMK asta sekin hujum tashkillashtirishga harakat qilmoqda.

6. Ilk daqiqalardan to'p nazorati mezbonlarda. 

2. Salim Mustafoevning zarbasini Valijon Rahimov qaytarib yubordi.

Foto: "Qizilqum" matbuot xizmati

1. Uchrashuvga start berildi!

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. 

- Uchrashuv 19:00da boshlanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика