Superliga qaytdi! Markaziy o'yinlarga tayyor turing (13-tur prevyusi)
22 iyu 2023 19:44
Yangiliklar
Superliga qaytdi! Markaziy o'yinlarga tayyor turing (13-tur prevyusi)
23 iyun, juma
BUXORO – ANDIJON
Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Jalgasbay Sarsenov, Damir Iskanderov, Maruf Tilloev
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
VAR hakami: Nayim Qosimov
AVAR: Elnur Doniyorov
Komissar: SHohruh Said
Turnir jadvalidagi o'rni: 12-7
"Buxoro"ning so'nggi turlardagi natijalari ko'hna shahar jamoasi ishqibozlarini-yu turistlarini dilxira holatga solmoqda. "Andijon" esa aksincha, oxirgi bahslarda mashag'ga kelgan raqiblarini o'lkada chiroyli mehmon qilib, ammo stadionda xafa qilgan holda kuzatib qo'ymoqda. Qolaversa, yangi homiyga ega bo'lgan andijonliklar oshxo'rlikdan so'ng yaxshi kayfiyatda Buxoroga yo'l olishgan. Mezbonlarga ham shu kunlardagi g'alaba kondecioner singari zarur ekanligini inobatga olsa, FIFA kunlaridan keyingi Superliganing qaytishi tomoshabop tarzda boshlanishi, shubhasiz.
Qiziqarli faktlar
Jamoalar chempionat doirasida o'zaro 48 ta uchrashuv o'tkazgan. Ulardan 21 tasida "Buxoro", 14 tasida "Andijon" g'alaba qozongan. 13 o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbati: 81-64, "Buxoro" foydasiga.
"Buxoro" Superliga doirasida "Andijon"ga qarshi o'z maydonidagi 8 o'yindan beri yutqazmayapti.
"Buxoro" Superligada so'nggi 10 ta o'yinning 9 tasida g'alaba qozona olmagan.
"Andijon" Superliga doirasidagi so'nggi 5 ta o'yindan beri gol urmoqda.
O'tgan mavsumda jamoalar 4 marotaba to'qnash kelgan: "Buxoro" 1 g'alaba, "Andijon" 2 g'alaba, bitta durang.
SURXON – SO'G'DIYONA
Hakamlar: Vadim Agishev, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, Sanjar Nazarov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
VAR hakami: Ilgiz Tantashev
AVAR: Andrey Sapenko
Komissar: Bekzod Aripov
Turnir jadvalidagi o'rni: 8-10
Surxondaryo (ehtimol, shu paytgacha Toshkent desa ham xato bo'lmas) klubi o'z maydonidagi o'yinlarda "Paxtakor"dan olgan tajribasini namoyish etdi va 5 o'yinning 4 tasida mag'lubiyaciz maydonni tark etdi. Termizga qaytishni esa futbolni sog'ingan muxlislari qarshisida g'alaba bilan boshlashi lozimligini klubdagilar ich-ichidan his qilishayotgandir. Biroq bo'lajak raqib — "So'g'diyona"na ham anoyilardan emas. Boshkovich jamoaga kelgach, jizzaxliklar "Iya, biz kuchli ekanimizni o'zimiz bilmay yurgan ekanmiz, qani bitta-bitta kel-chi", deya birin-ketin raqiblarini mag'lubitga uchrata boshladi va xavfli zonadan yiroqlashdi. Yaxshi kayfiyatdagi ikki jamoaning bellashuvi ulardan birining kayfiyatini tushirib yuborishi mumkin. Ehtimol, ikkala jamoa ham ko'ngilni buzmaydigan hisobda maydonni tark etishar.
Qiziqarli faktlar
Jamoalar chempionat doirasida 30 ta uchrashuv o'tkazgan. Ularning 12 tasida "Surxon", 15 tasida "So'g'diyona" g'alaba qozongan. Yana 3 o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbati: 41-54, "So'g'diyona" foydasiga.
"Surxon" Superliga doirasida o'z maydonidagi so'nggi 3 o'yinda "So'g'diyona"ga yutqazgan;
"Surxon" Superliga doirasida o'z maydonidagi oxirgi 5 o'yindan beri yutqazmayapti;
"So'g'diyona" chempionatda so'nggi 7 o'yindan beri gol urmoqda.
24 iyun, shanba
TURON – QIZILQUM
Hakamlar: Ravshan Abduvohidov, Olim Abduvasilov, Islom Nosirov, Sardor Ismatullaev
Nazoratchi: Oleg Dachev
VAR hakami: Ibrohim Ismoilov
AVAR: Rishat Nugmanov
Komissar: Davron Ibrohimov
Turnir jadvalidagi o'rni: 14-13
Moliyaviy taminot jihatdan Superligada "o'zgacha"ligi bilan ajralib turadigan "Turon"ni yo'qotib qo'yishimizga bir bahya qoldi. Xayriyatki, jamoa hech bo'lmaganda mavsum so'nggigacha ligada ishtirok etadigan bo'ldi. Umid qilamanki, tuzilma jihatdan layk bosishga arziydigan yaypanliklarning ishtiroki bardavom bo'ladi. Biroq hammasi iziga tushib ketishi uchun vodiy jamoasiga g'alabalar o'ta zarur. "Qizilqum" natijalarini ko'rgan odam ham Mayk Tayson qiyofasiga tushib qoladi. Navoiylik muxlislar direktori va bosh murabbiyi almashgan klubning muvaffaqiyatsiz natijalarini ham almashishini kutmoqda. Yuqoriroqqa ko'tarilish uchun esa "Turon" yaxshi variant hisoblanadi. Xullas, yuqoriga ko'tarilish uchun "arqon"ga osilgan ikki raqibning qiziqarli to'qnashuvi guvohiga aylanamiz.
Qiziqarli faktlar
Jamoalar o'zaro 2 marotaba to'qnash kelishgan va ikkalasida ham "Qizilqum" g'alaba qozongan;
"Turon" Superligada joriy mavsum g'alaba nashidasini surgani yo'q. Muvaffaqiyatsiz seriya 11 o'yinni tashkil etadi;
"Qizilqum" ham 9 o'yindan beri raqiblarini mag'lub eta olmayapti.
NASAF – OKMK
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev, SHuhrat Rajabov
Nazoratchi: Valentin Kovalenko
VAR hakami: Ahrol Risqullaev
AVAR: Ilya Ilin
Komissar: Qudrat Madraimov
Turnir jadvalidagi o'rni: 4-5
Yuqoridagi juftlikdan farqli o'laroq, "Nasaf" va OKMK chempionlar safiga ilashish uchun jon-jahdi bilan harakat qilmoqda. Jamoalarning Superliga doirasidagi so'nggi to'qnashuvlarida six ham, kabob ham kuymayapti. Ammo navbatdagi durang chempionlik uchun kurashayotgan yuqoridagi jamoalarnigina xursand qilishi mumkin. SHu sababli, oxirgi yutqazmayotgan jamoalarning Qarshidagi to'qnashuvidan quruq qolish kerak emas.
Qiziqarli faktlar
Jamoalar Superliga doirasida 32 marotaba to'qnash kelgan. SHulardan 14 tasida "Nasaf", 5 tasida olmaliqliklarning qo'li baland kelgan. 13 bahsda esa kuchlar teng kelgan. To'plar nisbati: 48-29, "Nasaf" foydasiga.
Superliga doirasidagi oxirgi 4 o'yinda durang qayd etilgan;
Nasaf o'z maydonida 5 o'yindan beri OKMKga yutqazmayapti;
"Nasaf" Superligada 9 o'yindan beri yutqazmayapti;
OKMK chempionat doirasida 4 o'yindan beri yutqazmayapti;
Jamoalar o'tgan yili O'zbekiston kubogining yarim finalida ham to'qnash kelgan, o'shanda qarshiliklar 2:1 hisobida ustun kelgan.
25 iyun, yakshanba
BUNYODKOR – PAXTAKOR
Hakamlar: Temurbek To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Ibrohim Ismoilov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
VAR hakami: Firdavs Norsafarov
AVAR: Avaz Abdullaev
Komissar: Vladimir Nazarov
Turnir jadvalidagi o'rni: 6-2
O'yinga kelgan tomoshabinlarga sotilgan chipta pulini halollash maqsadida poytaxt klublari derbida hamisha yashil dasturxonga gollarni to'kin-sochin qilishadi. "Bunyodkor" o'rtamiyonalar safida borayotganiga qaramasdan, "Paxtakor" uchun eng noqulay raqiblardan sanaladi. Biroq joriy mavsumdagi ko'rsaktkichlarni aylantirib, o'girib, salto tashlagan holda qarasak ham, "sherlar"ning vajohatli ustunligini guvohi bo'lishimiz mumkin. Biroq futboldan har narsa kutsa bo'ladi. SHu bois, derbi maqomidagi uchrashuvda "qaldirg'ochlar" har qanaqasiga raqibini dog'da qoldirishga harakat qiladi.
Qiziqarli faktlar
Jamoalar chempionat doirasida 34 marotaba to'qnash kelgan. SHundan 12 tasida "Bunyodkor", 13 tasida "Paxtakor" g'alaba qozongan. 9 o'yinda kuchlar teng kelgan. To'plar nisbati: 39-45, "Paxtakor" foydasiga.
"Paxtakor" chempionat doirasida safardagi so'nggi 5 ta o'yinda "Bunyodkor" darvozasiga ikkitadan gol urgan;
O'zaro so'nggi 10 ta o'yinning 9 tasida kamida ikkita to'p kiritilgan;
"Bunyodkor" chempionat doirasida 6 o'yindan beri g'alaba nimaligini bilmayapti;
"Bunyodkor" joriy mavsum chempionat doirasida o'z maydonida g'alaba qozongani yo'q;
"Paxtakor" chempionat doirasida ketma-ket 8 o'yindan beri g'alaba qozonmoqda;
"Paxtakor" joriy mavsum chempionatdagi barcha uchrashuvda gol urdi. O'tgan mavsum bilan qo'shib hisoblaganda, ushbu seriya 17 uchrashuvni tashkil etadi.
NEFTCHI – NAVBAHOR
Hakamlar: Akobirxo'ja SHukurullaev, Rishat Nugmanov, Ruslan Serazitdinov, To'rabek Suyunov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
VAR hakami: Rahimbek Karimov
AVAR: Baxtiyorxo'ja SHavkatov
Komissar: Zohirjon Akramxonov
Turnir jadvalidagi o'rni: 3-1
Turnirning markaziy uchrashuvi "Istiqlol" stadionida bo'lib o'tadi. CHempionat peshqadami bo'lib turgan "Navbahor" ligada mag'lubiyat alamini totib ko'rmagan yagona klub — "Neftchi" maydoniga safar uyushtiradi. Jamoalar o'rtasidagi tavofut 4 ochkoni tashkil etadi, shu bois farg'onaliklarda farqni minimal qisqartirish uchun yaxshi imkoniyat mavjud. O'z navbatida, namanganliklar ham taqibchilar sonini bittaga kamaytirish uchun bor kuchini ishga solishi, shubhasiz. Peshqadamlik kurashidan tashqari, jamoalar o'rtasida vodiy derbisi tavsifi ham o'yinga bo'lgan ishtiyoqni yana bir karraga oshiradi. Xullas, yakshanba oqshomida stadionga tashrif buyura olmagan birodarlarimiz yangalarni serial ko'rish imkoniyatidan mahrum qilishiga to'g'ri keladi.
Qiziqarli faktlar
Jamoalar chempionat doirasida 56 marotaba to'qnash kelganda. SHundan 26 tasida "Neftchi", 14 tasida "Navbahor" ustun kelgan. 16 o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbati: 81-56, "Neftchi" foydasiga.
CHempionat doirasida "Neftchi" mezbonlik qilgan o'zaro 22 bellashuvdan beri tomoshabinlar gol ko'rishmoqda; oxirgi marta 1997 yil Farg'onadagi vodiy derbisida hisob ochilmagan;
"Neftchi" joriy mavsum Superligada mezbonlik qilgan o'yinlarda yutqazmadi;
"Navbahor" 6 o'yindan beri mag'lubiyatga uchramayapti;
Jamoalar o'tgan yili O'zbekiston kubogi guruh bosqichining 3-turida to'qnash kelishgan. Unda namanganliklar 2:0 hisobida g'alaba qozongan.
26 iyun, dushanba
OLIMPIK – METALLURG
Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Obid Jumaev, Jasur Rustamov, Doston Rahmonov
Nazoratchi: Dmitriy Roman
VAR hakami: Aziz Asimov
AVAR: Kristina Sereda
Komissar: Sardor Qudratullaev
Turnir jadvalidagi o'rni: 9-11
Tur bahslari "Jar" o'yingohida yakunlanadi. Ulg'ayayotgan (yosh deyish endi noo'rin, menimcha) "Olimpik" "ostorojno" zonasidan qochishga urinayotgan "Metallurg"ni qabul qiladi. Kapadze shogirdlarining imkoniyati yuqoriroq baholanayotgan bo'lsa-da, chernogoriyalik murabbiy qo'l ostidagi bekobodliklarning so'nggi o'yinlari ham yomon taassurot qoldirmayapti.
Qiziqarli faktlar
Jamoalar chempionat doirasida 2 marotaba to'qnash kelgan. Bekobodda o'tgan bahsda hisob ochilmagan bo'lsa, poytaxtdagi o'yinda "Olimpik" 2:1 hisobida zafar quchgan.
"Olimpik" joriy mavsum chempionat doirasida o'z maydonidagi 4 ta o'yinning 3 tasida g'alaba qozona olmagan;
"Metallurg" ketma-ket 5 ta o'yindan beri g'alaba nimaligini bilmayapti, shulardan 4 tasi mag'lubiyat hisoblanadi.
"Metallurg" joriy mavsum safardagi 5 ta o'yinda zafar quchmagan, shundan 4 tasi mag'lubiyat. Umuman olganda, bekobodliklar chempionat doirasida mehmondagi ketma-ket 7 o'yindan beri raqiblaridan ustun kela olmayapti.
Fikrlar