So’nggi yangiliklar

20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  1 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  3 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  6 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  1 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  5 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  22 17:08Ўзбекистон Эрон устидан қийин ғалабага эришиб, CAFA мусобақаси ғолибига айланган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 16:56U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди  57 16:36"Бухоро" "Навбаҳор" билан ўйинни уйида ўтказади  4 16:15МТЖ дарвозабонлар мураббийи: "Кападзенинг шартномасини билмайман, аммо мураббийлар штабининг шартномаси ЖЧ-2026 якунига қадар амал қилади"  5 15:47Эрон терма жамоаси мураббийи: "Бош ҳакамнинг қарорлари фақат Эрон зарарига бўлди. Қирғизистон ҳам ҳакамдан жабр кўрганди"  26 15:19Меҳди Тареми: "Ёмон воқеалардан сабоқ олиш сизни ривожлантиради"  14

Superliga. O'zbek "El Klassiko"da "Paxtakor" va "Neftchi" o'zaro nursiz durang o'ynadi Yangiliklar

Superliga. O'zbek "El Klassiko"da "Paxtakor" va "Neftchi" o'zaro nursiz durang o'ynadi

Superliga 18-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Neftchi" uchrashuvi uchrashuvi yakunlandi.

"Paxtakor" — "Neftchi" 0:0 

Toshkent. JAR stadioni. 19:30.

Bosh hakam: Temur To'xtasinov

Yordamchi hakamlar: Islom Azimov, SHerzod Azamov

VAR: Asker Najafaliev

AVAR: Aleksandr Sidorov

Zaxira hakami: Isroil Imomnazarov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Zohir Akromxonov

"Paxtakor": 12. Vladimir Nazarov, 4. Abdulla Abdullaev, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 7. Hojiakbar Alijonov, 8. Diyor Xolmatov, 9. Ibrohim Ibragimov ( 40. Kimi Merk, 80), 22. Umar Adhamzoda (11. Po'latxo'ja Xoldorxonov, 62), 30. Otabek Jo'raqo'ziev (17. Doston Hamdamov, 10, (99. Ulug'bek Hoshimov. 80), 33. Doniyor Abdumannopov, 44. Mahmud Mahamadjonov.

Zaxira: 35. Pavel Pavlyuchenko, 2. Behruz Asqarov, 15. Diyor Ortiqboev, 31. Muhammadali Usmonov,77. Dilshod Saitov, 

"Neftchi": 45. Akbar To'raev, 4. Boyan Ciger, 8. Sardor Abduraimov, 10. SHohro'z Norxonov ( 22. Aziz Omonov,46), 11. Javohir Qahramonov (17. Sanjar Qodirqulov, 29), 21. Muhsin Ubaydullaev, 24. G'ulom-Haydar G'ulomov, 30. Quvrondiq Ro'ziev (55. Manuchehr Safarov, 81), 70. Abbos G'ulomov, 77. Bilol Toshmirzaev, 99. Nsungusi Effiong.

Zaxira: 1. Botirali Ergashev, 14. Xurshid Muxtorov, 23. Diyor Turopov, 28. Behruz Oblaqulov, 33. SHohruh Yoqubjonov, 66. Doniyor Valiev.

Ogohlantirish: 25 - Ibrohim Ibragimov, 76 - Abdulla Abdullaev


MATNLI TRANSLYACIYA


YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi

Hakam ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berdi

89. Hamralievning kuchli zarbasini himoyachi boshi bilan burchakka chiqarib yubordi

83. Mahmudjonovning uzoqdan yo'llagan zarbasi ancha noaniq chiqdi

81. O'zgarish: Safarov Ro'zievni alishtirdi

80. O'zgarish: Merk va Xoshimov maydonga tushdi, ular Ibragimov va Hamdamovni alishtirdi

76. Ogohlantirish: Mahamadjonovning xatosini to'g'irlash uchun Abdullaev qo'pollik ishlatdi va ogohlantirildi

73. Alijonovning kuchli zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

64. "Paxtakor" hujumlarni tashkil etishga urinmoda. Hozircha mehmonlar yaxshi himoyalanmoqda

62. O'zgarish: Adxamzodaning o'rniga Xoldorxonov tushdi

60. Mezbonlarda ilk xavfli hujum. Hamdamovning zarbasini To'raev qaytarmoqda

57. "Neftchi" bugun juda yopiq o'yin ko'rsatmoqda. "Paxtakor" safida esa gol uradigan hujumchi ko'rinmayapti

51. Ikkinchi bo'limda mezbonlar ancha yaxshi boshlashdi, biroq hozircha "sherlar" aniq zarba berishni uddalay olishmadi

46. O'zgarish: Norxonovning o'rniga Amonov tushdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam birinchi bo'lim uchun naqd 7 daqiqa qo'shib berdi

40. Birinchi bo'lim juda sokin o'tmoqda. Umid qilamizki, ikkinchi bo'limda jamoalar hujumkor futbol ko'rsatishadi

31. Jarimadan uzatilgan to'pdan so'ng Nsungusi Effiong boshi bilan zarba yo'lladi, bu safar noaniq

29. Uning o'rniga Qodirqulov maydonga tushdi. Bugungi uchrashuvdagi ikkinchi majburiy o'zgarish bo'ldi

26. Javohir Qahramonov jarohat oldi va katta ehtimol u uchrashuvni davom ettira olmaydi

25. Ogohlantirish: Ibrohim Ibragimov markazdagi qo'polligi uchun ogohlantirildi

20. Nihoyat "sherlar" ham xavfli hujum tashkil qilishdi. Mahmud Mahamadjonovning zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

17. Mehmonlarning navbatdagi xavfli hujumi. Nsungusi Effiongning boshi bilan yo'llagan zarbasini Nazarov qiyinchilik bilan ushlab oldi

10. Uning o'rniga Doston Hamdamov maydonga tushdi

8. Otabek Jo'raqo'zievning jarohati jiddiyga o'xshamoqda. "Paxtakor" futbolchisi uchrashuvni davom ettira olmaydi

2. O'yindagi birinchi golli vaziyatni farg'onaliklar muxlislarga ijro qilib berishdi. Javohir Qahramonov zarba yo'lladi, Nazarov sobiq jamoasiga qarshi chiroyli seyv amalga oshirdi

Uchrashuv boshlandi!

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика