So’nggi yangiliklar

08:58"Монако" янги бош мураббийини эълон қилди  0 08:30Ҳайдаров шогирдлари бугун Қозоғистонга қарши майдонга тушади  4 08:02ЖЧ-2026 саралаш. Осиё қитъасида иккинчи тур учрашувлари бўлиб ўтди  6 07:35Мессининг бенефисига айланган баҳсда "Интер" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  7 02:07ЖЧ саралаши. Испания, Италия, Португалияда ғалаба ва бошқа натижалар  7 00:25"Бавария" Гнабри бўйича қарор қабул қилди  0 23:16"Барселона" 17 ёшли франциялик иқтидорга қизиқмоқда  1 22:22"Ливерпуль" ПСЖ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқчи  5 21:484 та гол урилган Ўзбекистон U-17 ва Туркия U-17 ўртасидаги ўртоқлик ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  4 21:30Рафаэль Бенитес АПЛга қайтиши мумкин  4 20:25"Байер" футболчиси Ҳалил Коч: "Ўзбекистон кучли ва курашувчан жамоа экан"  13 19:51Садриддин Ҳасанов: "Бу ўйинда биз мураббийларнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  1 19:33Нурбек Сарсенбаев: "Бизга кучли рақиблар керак. Чунки жаҳон чемпионатидаги рақиблар бундан-да кучлироқ бўлишади"  7 19:20Ямал дербига қадар тикланмайди  10 18:56Ўзбекистон U-17 — Туркия U-17 ўртоқлик ўйинида дуранг  14

Superliga. "Paxtakor" va "Navbahor" o'rtasidagi markaziy o'yinda kuchlar teng keldi Yangiliklar

Superliga. "Paxtakor" va "Navbahor" o'rtasidagi markaziy o'yinda kuchlar teng keldi

Superliga 11-tur doirasidagi "Paxtakor" - "Navbahor" o'yini yakunlandi.

"Paxtakor" – "Navbahor" 0:0

16 iyun. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 20:00

Bosh hakam: Abdurashid Xudoyberganov 

Qanot hakamlari: Aleksandr Burov, Akmal G'iyosov

Zaxira hakami: Sanjar Nazarov

VAR: Ibrohim Ismoilov

AVAR: Timur Gaynullin 

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Bekzod Aripov

"Paxtakor": 35. Pavel Pavlyuchenko, 2. Behruzbek Asqarov, 3. SHahzod Azmiddinov, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 10. Dragan CHeran (s), 15. Diyorbek Ortiqboev, 17. Dostonbek Hamdamov, 22. Umar Adhamzoda (7. Xojiakbar Alijonov, 90+5), 27. Sardor Sobirxo'jaev (18. Saidumarxon Saidnurullaev, 85), 31. Muhammadali Usmonov (8. Diyor Xolmatov, 76), 55. Muhammadrasul Abdumajidov.

Zaxira: 12. Vladimir Nazarov, 11. Po'latxo'ja Xoldorxonov, 19. Sunnatilla Poyonov, 20. Dilshod Abdullaev, 33. Doniyor Abdumannopov, 80. Behruz O'ktamov.

"Navbahor": 1. O'tkir Yusupov, 7. Azimjon Ahmedov (8. Siyavash Haqnazari, 85), 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jamshid Iskanderov, 11. Asadbek Sobirjonov (17. Ruslanbek Jiyanov, 56), 13. Filip Ivanovich, 14. Jamshid Boltaboev, 22. Toma Tabatadze (33. SHodiyor SHodiboev, 69), 23. Yovan Jokich, 34. Farruh Sayfiev, 77. Abrorbek Ismoilov (6. Ibrohim Yo'ldoshev, 69).

Zaxira: 12. Aleksandr Lobanov, 21. Giorgi Nikabadze, 24. Dostonbek Abdulxaev, 27. Ozodbek O'ktamov, 71. Navro'zbek Iminjonov.

Ogohlantirish: Sardor Sobirxo'jaev (33), Umar Adhamzoda (58), Jamshid Boltaboev (64), Farruh Sayfiev (76), SHodiyor SHodiboev (90+4).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+5. Hojiakbar Alijonov jarohatidan forig' bo'lib, maydonga qaytdi.

90+4. Azmiddinovning oyog'iga shikast etkazgani uchun hakam SHodiboevga dorilar recepti yozilgan sariq qog'ozni ko'rsatdi.

90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

89. Mezbonlarning uzatmalari poytaxtda tirbandlikda qolgan mashinalar singari o'z vaqtida manziliga etib bora olmayapti.

85. Ikkala jamoada bittadan o'zgarish sodir bo'ldi.

81. Navbatdagi to'qnashuv sodir bo'ldi. Bugun yashil avtobuslarda uchrayotgan singari to'qnashuvlarga tez-tez guvohi bo'lyapmiz. 

78. Sobirxo'jaev tepgan to'p balandlikka yo'nalish olish bo'yicha Parij Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

76. Sayfiev raqib futbolchisiga nisbatan qoidabuzarlik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

75. Gol ko'radigan vaqtimiz cho'zilmoqda. Futbolchilar ham xuddi shahrimizdagi qurilish ishchlari singari jarayon qachon tugashini bilishmaydi.

72. Hozirgi vaziyatda futbolchilar bir erga jamlanib olishdi. Yo'q, bu erda tekin muzqaymoq tarqatishayotgani yo'q, balki o'yin qoidasi buzilishi borasida bahslashishmoqda.

69. "Navbahor" tarkibida ikki o'zgarish ro'y berdi.

Tanaffusda "Paxtakor" futbolchisi Hojiakbar Alijonov va "Navbahor" o'yinchisi Farruh Sayfiev suhbatidan:

— Bugungi ayyomda ne ataysan menga?

— Gol urmayman, shudir hayitlik senga!

66. Xavfli vaziyat! Mezbonlarning yana bir hujumi golga aylanmadi.

64. Jamshid Boltaboev ogohlantirildi.

63. Xavfli vaziyat! CHeranning zarbasi "Navbahor" darvozasining peshonasini g'urra qildi.

58. Adhamzoda raqib darvozaboniga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

56. "Navbahor"da o'zgarish: Sobirjonov o'rniga Jiyanov maydonga tushirildi.

54. CHeranning zarbasi golga aylanishi uchun butun boshli fizika qoidalarini o'zgartirishga to'g'ri keladi.

49. Mezbonlarning hujumi xavfli tus olishi mumkin edi, biroq Adhamzoda radarga tushadigan tezlik namoyish eta olmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Taym yakunlandi.

45+4. Xavfli vaziyat! Iskanderovning jarimadan yo'llagan zarbasini Pavlyuchenko qaytardi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. Xavfli vaziyat! CHeranning olisdan yo'llagan zarbasini Yusupov qaytardi, qaytgan to'pni mezbonlar vakili o'ziga bo'ysindira olmadi. 

38. "Navbahor"ning hujumi yon hakamning bayrog'ini YPX xodimi singari harakatlantirishi natijasida to'xtab qoldi.

33. Sobirxo'jaev markaziy uchrashuvga Van Damm ishtirokidagi filmni tomosha qilgan holda tayyorlangan ko'rinadi. Oyoqlari bilan raqib ko'ragini erga tegishiga majbur qilgan "Paxtakor" yarim himoyachisining bu harakatlarini hakam beetibor qoldirmadi.

31. Xavfli vaziyat! Jokichning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Pavlyuchenko mohirlik bilan qaytardi. "Paxtakor" darvozaboni men tahsil olgan institut qorovulini esaltib yubormoqda. Uning ruxsatisiz pashsha ham darvozadan nariga o'ta olmasdi.

30. Sobirjonovning uzatmasidan so'ng Sobirxo'jaev Ryudigerning Evropa chempionatidagi golini aynan takrorlashiga bir bahya qoldi.

26. So'nggi 5-10 daqiqada o'yin surati stadiondagi internet tezligi bilan bir xil ko'rinishda deb bemalol aytishim mumkin.

24. Futbolchilar tomoqlarini g'arg'ara qilib olishmoqda.

19. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan uzatilgan to'pga raqib jarima maydonidagi Iskanderov zarba yo'lladi, biroz noaniq ko'rinish oldi.

Matnli translyaciyani o'qib borayotganlar O'zbekiston terma jamoasining barcha futbolchilari va murabbiylarining dastxatlari tushirilgan to'pni yutib olishi mumkin. Batafsil malumot BU ERDA

15. Bugungi o'yin nafaqat tur, balki chempionatning markaziy uchrashuvlaridan biri bo'lishiga qaramasdan, tribunalar to'lmagan. Ehtimol, tomoshabinlar kommunal to'lovlar singari oshgan chipta narxi tufayli stadionga tashrif buyura olishmagandir.

10. Hayotda raqiblardan bir qadam oldinda bo'lgan yaxshi, biroq futbolda bu yaxshilikka olib kelmaydi. Hamdamovning "Navbahor" darvozasiga urgan goli inobatga olinmadi. 

8. CHeranning zarbasiga mehmonlar qo'shaloq zarba bilan javob qaytardi.

5. Iskanderov uchrashuvdagi dastlabki zarbaga mualliflik qildi. "Navbahor" himoyachisi uchrashuvga kechikayotgan muxlislarni gol tomosha qilishdan bebahra qoldirmaslikka qaror qildi.

1. Uchrashuv boshlandi. Ko'ramiz, bugungi Hayit ayyomi munosabati bilan qaysi jamoaning g'alaba uchun asrab qo'ygan qo'chqori o'zining so'nggi kunini o'tkazar ekan.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Paxtakor" futbolchilari to'q binafsharang, "Navbahor" o'yinchilari oq rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика