So’nggi yangiliklar

08:08Федерико Кьеза фаолиятини Италиянинг бошқа бир топ клубида давом эттириши мумкин  0 07:40Бугун Ўзбекистон кубогининг чорак финалига старт берилади  0 07:17Бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи Париж Олимпиадасида қатнашади   0 02:55Париж-2024. Франция Мисрни енгиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  5 01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  0 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  9 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  4 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  17 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  3 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  2 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  5 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  2 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  11 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  3 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

Superliga. Markaziy o'yinda "Lokomotiv" "Paxtakor"ga uchta gol urdi Yangiliklar

Superliga. Markaziy o'yinda "Lokomotiv" "Paxtakor"ga uchta gol urdi

Teglar :  PaxtakorLokomotiv
Superliganing 26-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Lokomotiv" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH


O'yin boshlandi. 1-daqiqada Bikmaevning uzatgan to'piga Abduxoliqov eta olmadi. 3-daqiqada Mirzaevning oshirgan to'pini Anzur Ismoilov boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq. 

12-daqiqada Aliboevning jarima maydoni tashqarisidan tepgan to'pi noaniq ketdi.  13-daqiqada Masharipovning to'p oshirishidan keyin CHeranning boshi bilan yo'llagan zarbasini Nesterov bartaraf etdi.

21-daqiqada Gonsalveshning 20 metrlardan tepgan to'pi xavfli lekin noaniq ketdi.

23-daqiqada Sanjar SHoahmedovning kuchli zarbasini Eldorbek Suyunov ajoyib tarzda qaytarishga erishdi. Daxshatli seyv. 

26-daqiqada tezkor qarshi hujumdan keyin Ahmedovning zarbasi ozgina noaniq chiqdi. 

27-daqiqada Gonsalveshning xavfli zarbasidan keyin Ignatiy Nesterov to'pni qaytardi.

39-daqiqada SHoahmedovning zarbasidan keyin Suyunov yana to'pni qaytarib yubordi.

43-daqiqada burchakdan uzatilgan to'pni Anzur Ismoilov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 0:1.

Birinchi bo'lim tugadi.

Ikkinchi taym boshlandi.

56-daqiqada Masharipovning zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi.

61-daqiqada Sardor Mirzaevning zarbasi noaniq chiqdi.  62-daqiqada Bezerraning jarima maydoni ichidan tepgan to'pi noaniq ketdi. 

63-daqiqada Sayfiev G'ofurovni jarima maydoni chizig'i yonida yiqitdi.

64-daqiqada Marat Bikmaev jarima to'pidan ajoyib gol urdi - 0:2. 

66-daqiqada Gonsalveshning qanotdan darvozaga yo'llagan zarbasini Nesterov qaytarib yubordi.

69-daqiqada CHeranning pasidan so'ng Farrux Sayfiev gol urdi - 1:2. 

81-daqiqada Sardor Mirzaev juda chiroyli tarzda Eldorbek Suyunov darvozasini ishg'ol qildi - 1:3. 

84-daqiqada Gonsalveshning kuchli zarbasini Nesterov qaytardi.

90+3-daqiqada Husniddin G'ofurov birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi.

Uchrashuv tugadi, "Lokomotiv" derbida "Paxtakor"ni 3:1 hisobida taslim qildi. 


18:00 - “PAXTAKOR” – “LOKOMOTIV” 1:3
Hakamlar:
Ravshan Ermatov, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov,  Sultonmurod Abdurahmonov.
Nazoratchi: Oleg Dachev.  
Komissar: Baxtiyor Namozov.

Gollar: Anzur Ismoilov 43, - 0:1 (Marat Bikmaev). Marat Bikmaev 64, - 0:2. Farrux Sayfiev 69, - 1:2 (Dragan CHeran). Sardor Mirzaev 81, - 1:3.

"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Akmal SHorahmedov, Azimjon Ahmedov (Igor Sergeev, 55), Dilshod Rahmatullaev (Vladimir Kozak, 62), Jaloliddin Masharipov (Jasur Yaxshiboev, 84), Ismoil Gonsalvesh, Egor Krimec, Farrux Sayfiev, Marko Simich, Dragan CHeran, Tiago Bezerra
Zaxira: Aleksandr Lobanov, Xojiakbar Alijonov, Jahongir Ahmadov, Jamshid Iskanderov, Bahrom Abdurahimov, Kamoliddin Tojiev,

"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Sadriddin Abdullaev (Kaxi Maxaradze, 73), Ikrom Aliboev, Marat Bikmaev, Timurxo'ja Abduxoliqov (Husniddin G'ofurov, 61), Sardor Mirzaev (Diyorjon Turopov, 88), Islom To'xtaxo'jaev, Sanjar SHoahmedov, SHuhrat Muhammadiev, Oleg Zoteev, Anzur Ismoilov
Zaxira: Mamur Ikromov, Azizbek Omonov, Nikolay Pogrebnyak, Idris Bikmaykin, Alisher SHog'ulomov, Farrux Ibrohimov

Ogohlantirishlar: Dilshod Rahmatullaev 49, Farrux Sayfiev 63, Marko Simich 86,


Reyting: +81   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика