So’nggi yangiliklar

01:02ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Реал" 0:0 (МАТНЛИ ТРАНСЛЯЦИЯ)  95 01:00ЕЧЛ. Плей-офф доирасидаги "Спортинг" — "Боруссия Дортмунд" ва "Ювентус" — ПСВ ўйинлари бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  4 00:55Пеп Гвардиола нега Грилишни асосий таркибга қўйди?  2 00:41ЕЧЛ. ПСЖ "Брест"га қарши плей-оффдаги биринчи ўйиндаёқ кейинги босқич масаласини деярли ҳал қилди  16 23:06УЕФА Чемпионлар лигаси финалини АҚШда ўтказиши мумкин  12 22:17Родриго "Реал"дан кетиши мумкинлиги ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди  9 21:13"Реал" ёзда 120 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  22 20:44"Барселона" Франция чемпионатидан ҳужумчи олмоқчи  7 20:18Дибала Мадридга йўл олиши мумкин  2 19:44Асрор Алиқулов: "Суперлига Про лига эмас, бизни қийин ва қизиқарли мавсум кутмоқда"  4 19:20Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси БААда халқаро турнирда иштирок этади  2 18:38Тебас ЕЧЛ янги формати ҳақида: "Вазиятни янада ёмонлаштиришди. Клублар ўртасидаги тафовут ортиб кетяпти"  46 17:50Гвардиола: "Винисиус "Олтин тўп"га лойиқ эди"  41 17:24Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Осиё чемпионати финалига чиқди!  17 17:10Назорат учрашуви. "Машъал" Про лига клубига мағлуб бўлди  5

Superliga. Uchta qizil kartochka ko'rsatilgan o'yinda "Olimpik" "Surxon"ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

Superliga. Uchta qizil kartochka ko'rsatilgan o'yinda "Olimpik" "Surxon"ni mag'lubiyatga uchratdi

Superliga 13-turidan o'rin olgan "Olimpik" – "Surxon" uchrashuvi yakunlandi.

Superliga

13-tur

"Olimpik" – "Surxon" 2:0

25 iyun. Toshkent. "Jar" stadioni. 20:00

Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev

Qanot hakamlari: Feruz Dostonov, Mahmud Turdiev

Zaxira hakami: Farruh Yansupov

VAR: Edita Mirobidova

AVAR: Rishat Nugmanov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: SHohruh Said

Gol: 1:0 — 29, SHahzod Toirov (Saidazamat Mirsaidov), 2:0 — 90, Rian Islomov (Saidazamat Mirsaidov).

"Olimpik": 13.Hamidillo Abdunabiev, 2.Saidazamat Mirsaidov, 7.Ibrohim Ibragimov, 8.Nodir Abdixoliqov, 10.Farruh Muxtorov, 11.Otabek Jo'raqo'ziev, 19.Ahmadillo Muqumjonov,  22.SHahzod Toirov, 23.Abdurauf Bo'riev, 37.Alisher Odilov, 44.Asadbek Rahimjonov.

Zaxira: 99.Edem Nemanov, 15.Muhsin Bozorov, 16.Rian Islamov, 18.Akbar Abdirasulov, 21.Muhammadaziz Ibrohimov, 29.Aleksandr Zevadinov, 64.Samandar Qodirov, 70.Muhammadbobir Mo'ydinov, 77.Temur Mamasidiqov.

"Surxon": 16. Dilshod Yo'ldoshev, 2.Bobirjon Asqarov, 3.Sunnatulloh Hamidjonov, 4.Nodirxon Nematxonov, 7.Dostonbek Tursunov, 8.Humoyun SHerbo'taev, 9.Ulug'bek Hoshimov, 10.Dmitriy Pletnev, 17.Jahongirbek Abdusalomov, 66.Behro'z SHaydulov, 77.Asadbek Karimov.

Zaxira: 86.Davronbek Merganov, 6.Behzod SHamsiev,11.Abdug'afur Haydarov, 14.Sarvar Abduhamidov, 15.Diyor Ramazonov, 20.Sardorbek Mahmudov, 22.Javohir Jo'raev, 27.Asilbek Jumaev, 99.Komron Saidazimov. 

Ogohlantirish: Saidazamat Mirsaidov (45+6), Behro'z SHaydulov (62), SHahzod Toirov (78).

CHetlatish: Sunnatulloh Hamidjonov (38), Nodirxon Nematxonov (72), Abdurauf Bo'riev (90+5).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi.

90+7. Sariq bekor qilindi. Bo'riev ham maydondan chetlatildi.

90+5. Bo'riev ogohlantirildi. Ammo hakam yana VAR monitori qarshisiga bordi. "Olimpik" yarim himoyachisi chetlatilishi mumkin.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. GOL! Rian Islomov Mirsaidovning uzatmasini bo'sh darvozaga joylab, uchrashuvga nuqta qo'ydi!

86. Islamovning zarbasiga aniqlik etishmadi.

84. Ikkala jamoada o'zgarish ro'y berdi.

78. Toirov ogohlantirildi.

74. Ikki jamoa tarkibida bittadan o'zgarish sodir bo'ldi.

72. Nodirxon Nematxonov ham maydondan chetlatildi. "Surxon" maydonda 9 kishi bo'lib qoldi.

70. Futbolchilar o'rtasida kichik janjal yuzaga keldi. Toirovning maydonda yotgani raqiblarga yoqmadi. Biroq hakam VAR monitori yoniga ketdi. "Surxon" maydonda 9 kishi bo'lib qolishi mumkin. Nematxonov sportga xos bo'lmagan xatti-harakat amalga oshirgan ko'rinadi.

67. Xavfli vaziyat! Abdusalomovning raqib jarima maydoni ichidagi zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

62. SHaydulov maydon markazida raqib futbolchisiga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.

61. Haydarovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Yo'ldoshev qaytardi.

57. "Surxon"da o'zgarish yuz berdi.

48. Xavfli vaziyat! Ibragimovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasidan keyin Yo'ldoshev jamoasini goldan qutqarib qoldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+6. Karimovni qanotda qo'pollik bilan to'xtatib qolgan Mirsaidov ogohlantirildi.

45. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

42. Hakam qarori qabul qilindi: sariq kartochka bekor qilindi va Hamidjonovga qizil kartochka ko'rsatildi.

41. Hakam VAR monitori yoniga chaqirildi, Hamidjonov maydondan chetlatilishi mumkin.

38. Muxtorovga nisbatan qo'pol o'ynagan Hamidjonov ogohlantirildi.

34. "Surxon" darvozaboni xatoga yo'l qo'ydi, Muxtorov bundan foydalana olmadi.

29. GOL! Mirsaidovning burchakdan uzatmasini Toirov o'ng oyoqda to'xtatmasdan darvozaga joylab qo'ydi!


25. Xavfli vaziyat! Ibragimov o'ng qanotdan katta tezlikda oldinga bordi va jarima maydoniga pas berdi, Nematxonov qiyinchilik bilan to'pni qatardi.

23. "Surxon" futbolchilarining burchakdan yo'llagan zarbasi to'g'ri Abdunabievning qo'llariga borib tushdi.

19. Tursunov tomonidan yo'llangan zarbani Abdunabiev ushlab oldi.

16. Uchrashuv davom etadi. Jo'raqo'zievga uzatma amalga oshirgan Ibragimov o'yindan tashqari holatda qolib ketgandi. Ofsayd tasdiqlandi.

13. GOL! Jo'raqo'ziev bosh bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi, ammo hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi. VAR vaziyatni ko'rib chiqmoqda.

8. Xavfli vaziyat! Muqimjonovning zarbasi xavfli tus olishi mumkin edi, ammo aniqlik etishmadi.

5. Mezbonlar standart vaziyat ishlab olishdi. Abduxalilovning zarbasini esa Yo'ldoshev qiyinchiliksiz egallab oldi. 

1. Uchrashuv boshlandi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика