So’nggi yangiliklar

01:29Абдуқодир Ҳусанов "Лилль" билан ўйинни ўтказиб юборади  0 00:52Италиялик жаҳон чемпиони Қозоғистонга ташриф буюрди  0 00:35Роналдунинг либосини кийган таниқли блогер Мессига алоқадор ресторандан ҳайдаб юборилди  3 00:18Вадим Абрамов: Самарқанд — иккинчи пойтахт. Шундай экан, бу ерда яхши жамоа бўлиши керак"  3 23:37БАА футбол федерацияси ёшини сохталаштирган 18 нафар мисрлик футболчини депортация қилди  1 23:10Веско Стешивич: "Биринчи бўлимда яна битта гол урганимизда, ғалаба бизники бўларди"  0 22:40Мексикадаги матбуот анжуманида бутун жамоа иштирок этиб, мухлислардан узр сўради  0 22:23Клублар миқёсида халқаро турнирларда энг кўп “қуруқ” ўйин ўтказган дарвозабонлар маълум бўлди  0 22:06Роналду Саудия Арабистони чемпионатидаги энг омадсиз ҳужумчи бўлиб турибди  26 21:49Уругвай термаси техник ҳамкорсиз қолди, жамоа брендсиз либосларда ўйнамоқда  2 21:26Суперлига. "Динамо" — "Металлург" 2:1. Highlights  0 21:07"Бухоро" ва "Хоразм" ўртасидаги марказий учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  2 20:57Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўйинда Қирғиз Республикасини мағлуб этди  0 20:56Суперлига. "Динамо" "Металлург" устидан мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  24 20:32Дунёнинг етакчи лигалари ФИФАни судга бермоқчи  4

Superliga. "Navbahor" "Olimpik"ni mag'lub eta olmadi Yangiliklar

Superliga. "Navbahor" "Olimpik"ni mag'lub eta olmadi

Coca Cola Superliga 10-turidan o'rin olgan "Olimpik" – "Navbahor" qoldirilgan bellashuvi yakunlandi.

Superliga. 10-tur

Hakamlar: Rahimbek Karimov, Aleksandr Sidorov, Olim Abduvosilov, Ilya Ilin

Nazoratchi: Marat Ismoilov

VAR hakami: Elyor Tursunov

AVAR: Andrey Capenko

VAR nazoratchisi: Vladislav Ceytlin

Komissar: Zoxirjon Akramxonov

"Olimpik" – "Navbahor" 1:1

Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 20.00

Gollar: Iskanderov, 2 (0:1), Xoldorxonov, 39 (1:1)

"Olimpik": 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 6.Bekzod SHamsiev (s), 10.Farruxbek Muxtorov, 11.Otabek Jo'raqo'ziev (99.Muhammadali G'iyosov, 90), 9.Dostonbek Tursunov, 22.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 23.Abdurauf Bo'riev, 37.Alisher Odilov (7.Ruslanbek Jiyanov, 46), 44.SHahzod Toirov, 70.Abubakrrizo Turdialiev (21.Muhammadaziz Ibrohimov, 46)

Zaxira: 1.SHukron Yo'ldoshev, 4.Eldorbek Begimov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 9.Temur Mamasidiqov, 28.Sunatulloh Hamidjonov, 47.Humoyun SHerbo'taev

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 6.Rustamjon Ashurmatov, 7.Azimjon Ahmedov (19.Nurillo To'xtasinov, 69), 10.Jamshid Iskanderov, 14.Jamshid Boltaboev, 22.Igor Golban, 23.Yovan Jokich, 24.Davronbek Hoshimov, 28.Stanislav Andreev, 30.Elguja Grigalashvili (77.Asadbek Sobirjonov, 46), 32.Zoran Marushich (99.Andrey Sidorov, 82)

Zaxira: 35.Rahimjon Davronov, 4.Boyan Ciger, 9.Ibrohim G'anixonov, 11.Islom Kenjaboev, 17.Ehsoni Panshanbe, 64.Muzaffar Mo'minov.

Ogohlantirishlar: Ashurmatov (15), Xoldorxonov (71), To'xtasinov (89)


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

 

Uchrashuv yakunlandi. Keskin kurashlarga boy bo'lgan bahsda kuchlar teng keldi. Biz bilan o'yinni kuzatib borganingiz uchun rahmat!

90+3. Bugun maydondagi deyarli barcha futbolchi o'yindan so'ng oyoqlarini uqalab yotsa kerak.

90+1. G'iyosov qaydan bilsin o'yinga tushishi bilanoq to'p unga kelishini! Yakkama-yakka vaziyatdan birinchi to'pga teginishidayoq foydalanishi mumkin edi mezbonlar futbolchisi.

90. Biroz avval shikastlangan Jo'raqo'zev maydonni tark etdi, G'iyosov o'yinni yakunlab qo'yadi.

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. Ogohlantirish. To'xtasinov ham o'yin qaydnomasida eslanadigan bo'ldi.

84. Eng ko'p podkat tashlash bo'yicha bugungi o'yinda qolgan 21 nafar futbolchi Hoshimovdan kamroq urinish amalga oshirdi, nazarimda.

82. Mehmonlarda o'zgarish: Sidorov maydonga tushdi, Marushich zaxira o'rindig'ida yo'l oldi.

78. "Olimpik"da o'zgarish: Hamraliev charchab qolgan Toirovni almashtirdi.

76. Babayan Marushichga xohlaganingcha tep deb uqtiribdi-yu, to'g'ri zarba ber, deyishni unutibdi.

72. Mezbonlarda o'zgarish: Muxtorov o'rniga Mamasiddiqov o'yinga qo'shildi.

71. Hakam ham bir indamadi, ikki indamadi, oxiri paymonasi to'lgancha, cho'ntagini kovlab, sariq kartochkasini yana chiqarib, Ibrohimovni ogohlantirildi.

70. Muxtorov yaxshi zarba berdi, biroq jamoaga quvonch bag'ishlaydigan urinish bo'lmadi.

69. "Navbahor"da o'zgarish: Ahmedov o'rniga To'xtasinov o'yinni davom ettiradi.

67. Jokich o'ng qanotdan kirib bordi va Nazarovning bo'yini hisobga olmagan holda uzatma amalga oshirdi, "Olimpik "posboni esa to'pni egallab olib, hujum yakunlanganini malum qildi.

63. Jokich qo'rqinchi zarba yo'llaydigandek tayyorgarlik ko'rdi, ammo ijrosi g'irt teskari bo'lib chiqdi.

61. Boltaboev zarba yo'llagach, futbolni o'ylab topganlar darvoza enini biroz cho'zmaydimi degan o'y bilan ortga qaytdi.

59. Kapadze raqib futbolchisi Andreevga nimalarnidir gapirdi. Stanislavning jilmayganiga qaraganda, qovoq uyadigan gap emasdi bu.

56. Zarbababa!!! Qo'shaloq zarbadan so'ng yozishga ulgurolmay qoldim. O'tkir Yusupov Kurtuaning o'yinlarini rosa tomosha qilgan ko'rinadi.

55. Kurashlar karatega aylanyapti. Hakamning qizil kartochkasi ham o'yinga o'z hissasini qo'shishni istamoqda.

53. Ahmedov jig'ibiyron, bugungi bahs kurashlarga boy bo'lmoqda.

52. Jiyanovning internetda trendga aylanishiga Yusupov yo'l qo'ymadi.

51. "Olimpik"da yaxshi vaziyat yuzaga keldi, ijtimoiy tarqmoqlarga aylanadigan jarima zarbasini ko'rarmikanmiz?

47. Ibrohimov maydonga tushiboq, gol urgisi keldi, biroq hali mo'ljalini to'g'rilashi kerakli bilinib qoldi.

46. "Olimpik"da o'zgarishlar: Mirsaidov o'rniga Ibrohimov, Odilov o'rniga Muxtorov ikkinchi bo'limni yakunlab qo'yadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi! Hozircha kuchlar teng kelmoqda. O'yinchilar biroz tin olishadi, siz-u biz ham.

45. Birinchi bo'limga hakam 1 daqiqa etarli deyu hisobladi.

44. ZARBA! Burchakdan uzatilgan to'pdan so'ng namanganliklar bosh bilan zarba yo'lladi, Nazarovga koncert zalida ijro etiladigan qarsaklarni tilaymiz.

39. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Xoldorxonov chap qanotda to'pni qabul qilib oldi hamda bir harakat bilan raqib himoyachisining "chang'i uchishga" majbur qilib, angrayib qolgan posbonni ham dog'da qoldirib, bo'sh darvozani ishg'ol qildi.


37. Ahmedov uzoooooqdan zarba berdi, lekin zarba tezligi yo'l patrul xodimlari jarima qog'ozi yozsa bo'ladigan tezlikda ijro etildi.

34. Jo'raqo'zievning zarbasi raqib futbolchisiga tegib, maydonni tark edi. Bayroqcha o'rnatilgan nuqtadan standart amalga oshiriladi.

31. ZARBA! Poytaxtliklarning tezkor hujumi Turdialievning bosh qismi orqali zarba yo'llashi bilan nihoyalandi, biroq Yusupov mashg'ulotlarda rosa ter to'kkanini namoyish etib berdi. 

29. Hozircha uchrashuvning dastlabki yarmining yarmi futbol, yarmi milliy kurashdan iborat bo'lmoqda.

27. Marushich navbatdagi urinishini amalga oshirdi, bu erda Iskanderovning faolligini etirof etish joiz, uni ko'zini bog'lab qo'ysangiz ham, hujum chog'i paydo bo'laveradi.

24. "Navbahor"ning hujum chog'ida to'p "Olimpik" futbolchisining qo'liga tekkanday ko'rinadi, namanganlik futbolchilarga qo'shilib, Babayan ham reakciya bildirib, o'z etirozini bildirdi.

22. Odilov fint ishlatgach, qayta bunday harakat qilmaslikni o'ylab, tezda ortga qaytdi.

21. Yusupov to'pni egallab olib, raqib futbolchisining kelishini avtobus kutganday kutib turdi.

18. Marushich raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, uning zarbasidan so'ng Nazarov bag'rini ochib, to'pni mehribonlik bilan quchib oldi.

17. "Navbahor" azolari yaqin vaqt ichida ikkinchi bor raqiblariga qo'pollik ishlatdi. Raqibni tiz cho'ktirish deganda rostakamiga yiqitish nazarda tutilmasligi kerak, albatta.

15. Ashurmatov ko'rinish berdi, faqat ogohlantirilish orqali. 

14. Alisher Odilov Hoshimovdan biroz avvalgi alamini olib, uni dog'da qoldirdi hamda katta tezlikda oldinga bordi, biroq endi jarima maydoniga kiraman deganida unga raqib futbolchilari ruxsat berishmadi.

12. Marushich Grigalashvili kombinaciyasidan so'ng, Nazarov o'z hisobiga seyv yozib qo'ydi. 

11. Hoshimovni raqib jamoadagi uchta ukasi to'psiz qoldirmoqchi edi, ammo namanganlik o'ng qanot himoyachisi tajriba qanday bo'lishini tekinga ko'rsatib berdi. 

8. Turdialievning tepgan to'pi "Navbahor" futbolchisining ko'kragiga mushtdek tegib, hech narsa qilmaganday maydonni tark etdi. Golban alamini maysazordan oldi.

6. Grigalashvili ikki raqibini aldab o'tishga urinib ko'rdi, yugursa ham, o'tirib qolsa ham to'pni begona qilgisi kelmadi.

4. Mezbonlar qanday voqealar sodir bo'layotganini anglab ulgurmasidan namanganliklar ikkinchi xavfli vaziyatni yuzaga keltirishdi.

2. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Iskandarov jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Markazdan to'pni qabul qilib olgan Jamshid o'z uslubida darvozabon chiransa ham qo'li etmaydigan nuqtaga to'pni darvozaga joylab qo'ydi! Televizorda uzoq qichqirish orqali tomoq qirilishi mumkin, matnlida esa istalgancha gol deyish mumkin.

1. Uchrashuv boshlandi.

Babayan ham raqiblariga monand ko'k rangli futbolkada maydon chetida javlon urib turibdi.

Bugungi bahsga ko'plab mashhur mehmonlar tashrif buyurishgan. Bu ham o'yinning qay darajada ekanligidan darak beradi.

Jamoalar maydonga tushib kelishiga hammadan ko'proq fotosuratchilar hozirlik ko'rmoqda.

Bugun "Olimpik" ko'k, "Navbahor" esa oq rangli liboslarda harakat qiladi.

Uchrashuv boshlanishidan avval stadionda "Olimpik" muxlislari ko'proqmi yoki "Navbahor"nikimi degan matematik savol yuzaga kelmoqda.

Assalomu alaykum, futbolni hali-hamon sodiq do'sti qatorida ko'radigan ishqibozlar! Yoz chillasi bo'lishiga qaramay, bugun sayr qiladigan, kerak bo'lsa, stadionga tashrif buyurib, bir qancha muddat hordiq chiqaridan ob-havo bo'lmoqda. Ehtimol, tribunalar to'lib ketib, menga joy etmay qoladi degan shubha bilan mazkur uchrashuvga bora olmagandirsiz. Hechqisi yo'q, bugun birgalikda qiziqarli o'tishi kutilayotgan bahsni kuzatib boramiz.


O'zbekiston Superligasining joriy mavsumida "Olimpik" o'z maydonida o'tkazgan 6 o'yinda 6 ochko jamg'argan bo'lsa, "Navbahor" safardagi 5 uchrashuvda 12 ochko to'plagan.

Qiziqarli statistika

"Olimpik" 3 o'yindan beri mag'lubiyatga uchramayapti;

"Olimpik" o'z maydonidagi 6 uchrashuvning 3 tasida gol ura olmadi;

"Navbahor" safardagi oxirgi 3 uchrashuvda g'alaba qozondi;

"Navbahor"ning mag'lubiyatsiz seriyasi 7 taga etdi;

"Navbahor" safardagi 5 o'yinning 4 tasida g'alaba qozongan.

"Navbahor" safardagi so'nggi 3 bahsda g'alaba qozongan.

Agar "Olimpik" g'alaba qozonsa, turnir jadvalida "Navbahor" bilan oradagi farqni 8 taga qisqartiradi va bu:

- "Navbahor"ning 3 o'yinlik g'alabali seriyasiga va 7 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'yadi.

Agar o'yin durang bilan yakunlansa, 11 ochkolik farq saqlanib qoladi va bu:

- "Olimpik"ning mag'lubiyatsiz seriyasi 4 taga etadi;

- "Navbahor"ning 3 o'yinlik g'alabali seriyasiga chek qo'yiladi.

Agar "Navbahor" g'alaba qozonsa, jamoa ketma-ket 4-g'alabasi va 8-mag'lubiyatsiz seriyasiga erishadi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика