So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Superliga. "Navbahor" o'z maydonida "So'g'diyona"ga yutqazib qo'ydi Yangiliklar

Superliga. "Navbahor" o'z maydonida "So'g'diyona"ga yutqazib qo'ydi

Superliganing 1-turi doirasida o'tkaziladigan "Navbahor" hamda "So'g'diyona" jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

Ushbu sahifa orqali o'yin tafsilotlarini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 


"Navbahor" - "So'g'diyona" 0:1

Gol: Norxonov 35.
9 mart 2021 yil. Namangan. "Markaziy" stadion. 18:30 (Dunyo Bo'ylab TV LIVE)
Hakamlar:
Akobirxo'ja SHukurullaev, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylavov, Doston Mirzaraimov
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: SHerzod Rajabov

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 7.Azimjon Ahmedov, 9.Ivan Solovyov, 10.Quvondiq Ro'ziev, 17.Ehsoni Panshanbe, 19.Mirzohid G'ofurov, 22.Igor Golban, 24.Davron Hoshimov, 67.Marko Putinchanin, 70.Abbos G'ulomov, 88.Slavisha Stoyanovich.

Zaxira: 35. Rahimjon Davronov, 4.Farhod Mirahmatov, 8.Sardor Telyakov, 11.Islombek Isoqjonov, 18.Bahrom Abdurahimov, 25.SHohrux Mahmudxojiev, 28.Nikola Tashich.


"So'g'diyona": 1.SHirinboy Abdullaev, 2.Sardor Qulmatov, 4.Elyor Orifov, 6.Iskandar SHaykulov, 7.Arslanmirat Amanov, 8.Jamshid Boltaboev, 10.SHohruz Norxonov, 11.Jasur Xasanov, 28.Ergash Ismoilov, 31.Luka CHermel, 93.Marko Kolakovich.

Zaxira: 37.Alisher Pirmatov, 9.Oybek Nurmatov, 17.SHohboz Jo'rabekov, 19.Javohir Qahramonov, 20.Bahodir Nasimov, 63.Asiljon Begimqulov, 77.Sahob Rashidov.

Ogohlantirishlar: Orifov 57, Abdullaev 65, Jo'rabekov 80, Isoqjonov 89.



YANGILASH


O'YIN YAKUNLANDI! SHu tariqa, "So'g'diyona" safarda "Navbahor"ni mag'lubiyatga uchratdi va muhim uch ochkoga ega chiqdi. 

90+2. "Navbahor" so'nggi daqiqalarni hujumda o'tkazmoqda.

90. Hakam besh daqiqa qo'shib berdi.

89. Islombek Isoqjonovga sariq kartochka.  

88. "Navbahor" futbolchilarining asabi dosh bermayapti. Xaa, mavsum startida o'z maydongingda mana shunday mag'lubiyatni qabul qilib olish alamli bo'lsa kerak. 

87. Isoqjonovning chap oyoqda bergan zarbasi noaniq. 

83. Iskandar SHoyqulov jarohat olgan ko'rinadi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

80. "So'g'diyona"da o'zgarish: SHohruz Norxonov o'rniga Oybek Nurmatov maydonga tushdi.

80.  SHahboz Jo'rabekovga sariq kartochka ko'rsatildi.

76. Bugungi o'yinni kuzatish stadionga 17358 nafar muxlis tashrif buyurgani elon qilindi. 

75. SHohruz Norxonov va Azimjon Ahmedovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

73. "Navbahor" tarkibida Slavisha Stoyanovich o'rniga Islom Isoqjonov maydonga tushdi.

70. Mahmudxojievning jarimadan bergan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

70. Azim Ahmedovning uzoqdan bergan zarbasini SHirinboy Abdullaev bartaraf etdi.

68. Slavisha Stoyanovichning boshi bilan bergan zarbasi biroz noaniq.

65. SHirinboy Abdullaev vaqtni cho'zgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

65. Zarbaaaa! Solovyovning yaqin masofadan bergan zarbasi noaniq!

64. "So'g'diyona" tarkibida o'zgarish. Arslanmirat Amanov o'rniga SHahboz Jo'rabekov maydonga tushdi.

60. Zarbaaa! Golbanning tepgan to'pi noaniq. 

57. Elyor Orifovga sariq kartochka. Hakamga etiroz bildirgani.

56. Mezbonlar safida G'ulomov o'rniga Mahmudxojiev maydonga tushdi. 

55. Maydonda kurash avj olmoqda. O'z navbatida tushunmovchiliklar ham.

50. Jarima maydonchasi ichida "So'g'diyona" futbolchisiga nisbatan o'yin qoidasi buzilgandek ko'rindi. Ammo o'yin davom ettirildi.

48."So'g'diyona" futbolchisi jarohat olgan. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

46. "Navbahor" ikkinchi bo'limni faol boshladi. 

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!

45+2. Mehmonlar navbatdagi hujumga o'tishdi. O'tkir Yusupov esa to'pni egallab oldi. SHundan so'ng hakam birinchi bo'lim yakunlanganligini bildiruvchi hushtagini chaldi.

45. Birinchi bo'limga ikki daqiqa vaqt qo'shib berildi.

44. Jasur Hasanovga tibbiy yordam ko'rsatildi. 

42. "So'g'diyona"da qarshi hujum. Tezkor hujumdan mehmonlar foydalana olishmadi. 

40. O'tkazib yuborilgan goldan so'ng mezbonlar oldinga o'tishmoqda.

37. Panshanbening zarbasini darvozabon bartaraf etdi.

35. GOOOLL!!! Norxonov!!! Burchak zarbasidan so'ng mehmonlar futbolchisi zarba berdi. To'p esa raqib himoyachisiga etib borib, Norxonovning oyog'iga borib tushdi. SHohruz esa ushbu imkoniyatdan unumli foydalanib, hisobni ochdi - 0:1!



29. "So'g'diyona" futbolchilari oldinga o'tishmoqda.

25. Mehmonlardan hujum. O'tkir Yusupov biroz ishonchsiz harakat qildi. Ammo, baribir to'pni o'zida qoldira oldi.

19. Panshanbe Arslanmirat Amonovga nisbatan o'yin qoidasini buzdi.

15. "So'g'diyona" posboniga nisbatan o'yin qoidasi buzildi. 

11. "Navbahor" jarima maydoni oldida to'qnashuv yuz berdi. 

10. Mehmonlarning hujumi samarasiz yakunlandi. 

7. Maydon markazida SHoyqulov "Navbahor" futbolchisiga nisbatan o'yin qoidasini buzdi. 

2. Mezbonlar ilk daqiqalardan faol. 

O'YIN BOSHLANDI!


O'yin oldidan mamlakatimiz madhiyasi yangramoqda.

Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. Superligamizning yangi mavsumi dastlabki turidan o'rin olgan "Navbahor" hamda "So'g'diyona" jamoalari o'rtasidagi o'yin boshlanmoqda.

- - - - - 

Reyting: +67   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика