So’nggi yangiliklar

01:15Мухлислари Моуриньюни ҳақорат қилгани учун "Порту" жаримага тортилди  0 00:55Погбанинг катта футболга қайтиши кечикмоқда  0 00:34А Сериянинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси аниқланди  2 00:16ЖЧ-2034нинг 2035 йилда бўлиши мумкинлиги ҳақида Инфантино нималар деди?  1 23:50Мбаппе: "Винисиус билан муносабатларимиз яхши. Одамлар истаганини гапиради"  0 23:34Нани: "Аморимга вақт керак"  1 23:13ЖЧ-2026нинг 20-иштирокчиси маълум бўлди  0 22:51Валерий Карпин Эронга қарши ўйин олдидан нималар деди?  5 22:17Лапорта де Йонгнинг норозилиги ҳақида: "Майамига бориш керакми, борамиз"  1 21:55Бундеслиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 21:31Осиё Кубоги саралаши. Тожикистон Мальдив оролларидан устун келди, "Хоразм" футболчиси гол урди  1 21:15"Манчестер Юнайтед" Магуайр билан шартномани узайтирмоқчи  5 20:48Фабио Каннаваро: "Ғалаба билан бошлашимиз муҳим эди"  32 20:39ЖЧ-2034 2034 йилда бўлмаслиги мумкин  10 20:05Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон - Кувайт 2:0  18

Superliga. Bir kishi kam bo'lib qolgan "Navbahor" "Metallurg"ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

Superliga. Bir kishi kam bo'lib qolgan "Navbahor" "Metallurg"ni mag'lubiyatga uchratdi

Superliganing 22-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Metallurg" uchrashuvi yakunlandi.

Navbahor

Yovan ZHokich - 80'

Superliga. 22-tur

25/10/2024, 18:15

0
:
1
Tugadi

Metallurg

45'
90'
42'  Abror Ismoilov
64'  Toma Tabatadze (Giorgi Nikabadze)
74'  Jamshid Iskanderov (Siyavash Haqnazariy)
80'  Yovan ZHokich
80'  Siyavash Haqnazariy
36'  Zabihillo O’rinboyev
50'  Xudoyshukur Sattorov
52'  Odilbek Abdumazhidov
57'  Zabihillo O’rinboyev (Daler Sharipov)
72'  Marko Milichkovich (Shahzod Ubaydullayev)
76'  Shahzod Nematjonov (Balsa Sekulich)
76'  Xudoyshukur Sattorov (Kerim Palich)

Superliga, 22-tur
"Navbahor" — "Metallurg" 1:0
25 oktyabr 2024 yil. Namangan, "Markaziy" stadioni. 18:15
Bosh hakam:
To'rabek Suyunov
Yordamchilar: Mahmud Turdiev, Sardor Hakimov
Zaxira hakami: Xushnud Suyunboev
VAR hakami: Nasiba Toshmuhammedova
AVAR: Ziyodulla Abdurahmonov

Gol: 1:0 — 80, Yovan Jokich (Siyavash Haqnazari).

"Navbahor": 35. Sanjar Quvvatov, 7. Azimjon Ahmedov, 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jamshid Iskanderov (8. Siyavash Haqnazari, 74), 12. Saidazamat Mirsaidov, 14. Jamshid Boltaboev, 17. Ruslanbek Jiyanov, 22. Toma Tabatadze (21. Giorgi Nikabadze, 64), 23. Yovan Jokich, 34. Farruh Sayfiev, 77. Abror Ismoilov.
Zaxira: 18. Eldorbek Suyunov, 4. Abror Karimov, 15.Javohir Abdujabborov, 19. SHerzodbek Abdulboriev, 20. Muzaffarxon Mo'minov, 55. Komiljon Tojidinov, 99.Elbekjon Yo'lchiev.

"Metallurg": 35.Rahimjon Davronov, 2.Odilbek Abdumajidov, 5.Oleksandr Kucherenko, 6.Xudoyshukur Sattorov (4.Kerim Palich, 76), 7.Asadbek Sobirjonov, 8.Iskandar SHayqulov, 9.Zabihillo O'rinboev (11.Daler SHaripov, 57), 15.Azizbek Pirmuhammadov, 22.SHahzodbek G'ofurbekov, 25.SHahzod Nematjonov (98.Balsa Sekulich, 76), 31.Marko Milichkovich (10.SHahzodbek Ubaydullaev, 72).
Zaxira: 87.Akmal Ortiqov, 14.Abrorbek Toshqo'ziev, 24.Davron Hoshimov, 88.Sirojiddin Qo'ziev, 99.Abbos Ergashboev.

Ogohlantirish: Zabihillo O'rinboev (36), Xudoyshukur Sattorov (50), Odilbek Abdumajidov (52).

CHetlatish: Abror Ismoilov (42).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. Xavfli vaziyat! Siyavashning chap qanotdan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

87. Zarba! Ubaydullaevning olisdan yzllagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

80. GOL! Yovan Jokich standart vaziyatdan uzatilgan to'pni bosh bilan "Metallurg" darvozasiga joylab qo'ydi!

76. "Metallurg" ikki o'zgarishga qo'l urdi.

74. "Navbahor"da o'zgarish: Iskanderov o'rniga Haqnazariy maydonga tushdi.

74. Boltaboevning chap oyoqda yo'llagan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.

72. "Metallurg"da o'zgarish: Ubaydullaev Milichkovichni almashtirdi. Endi maydonda mehmonlar safida uchta SHahzod o'ynaydi.

68. Sayfievning chap qanotdan uzatgan to'piga sheriklari eta olmadi.

64. "Navbahor"da o'zgarish: Nikabadze Tabatadzeni almashtirdi.

63. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan jarima maydoniga kirib borgan Nematjonovning uzatmasidan so'ng Quvvatov to'pni egallab oldi.

60. Zarba! Sattoovning olisdan yo'llagan zarbasini Quvvatov qaytardi.

57. "Metallurg"da ilk o'zgarish ro'y berdi: SHaripov O'rinboevni almashtirdi.

53. Xavfli vaziyat! Hamrobekovning uzatmasini raqib darvozasiga yaqin turgan Sayfiev bosh bilan darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi.

52. Mehmonlarda yana bir ogohlantirish. Maydon markazida Tabatadzeni to'xtatib qolgan Abdumajidov ogohlantirildi.

50. Sattorov raqib futbolchisining oyog'ini bosib olgani uchun ogohlantirildi.

48. "Navbahor"da standart vaziyat yuzaga keldi. Ahmedovning pastlatib yo'llagan zarbasini himoyachilar qaytardi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45+2. Zarba! Hamrobekovning markazdan yo'llagan zarbasi bu gal darvoza ustuniga tegib qaytdi. Uning avvalgi zarbasi to'singa tekkandi.

45+1. Zarba! Boltaboevning chap oyoqda yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

Sariq kartochka bekor qilindi. Ismoilov maydondan chetlatildi.

42. Pirmuhammadovga nisbatan qo'pollik ishlatgan Ismoilov ogohlantirildi. Hakam VAR monitori qarshisiga kelib, ehtimoliy qizil kartochkani ko'rib chiqmoqda.

41. Zarba! SHayqulovning chap oyoqda yo'llagan zarbasi balandlab ketdi.

36. O'rinboev to'pni egallab olgan Quvvatovning yo'lini to'sgani uchun ogohlantirildi.

36. Milichkovich o'ng qanotdan raqib jarima maydoniga kirib borib, markaz tomon pas berdi, biroq Quvvatov to'pni egallab oldi.

33. Xavfli vaziyat! Ismoilov raqib jarima maydonida o'zi tomon havodan kelayotgan to'pga to'xtatmasdan zarba yo'lladi, ammo uning urinishi ko'ngildagidek tugamadi.

32. Mirsidovning olis masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

26. Iskanderovning burchak uzatmasidan so'ng O'rinboev o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yishiga bir bahya qoldi.

23. Ismoilov o'ng qanotdan markaz tomon harakatlanib, chap oyoqda zarba yo'lladi, biroq darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

19. Xavfli vaziyat! Nematjonov raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, deyarli uni aldab o'tgandi, biroq Sayfiev ortga vaqtida qaytishga ulgurib, to'pni olib qo'ydi.

16. Iskanderovning chap oyoqda yo'llagan zarbasi kuchsiz chiqqani bois "Metallurg" darvozaboniga qiyinchilik tug'dirmadi.

14. "Metallurg" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Uzatmagan zarba beradigan futbolchi topilmadi.

7. Xavfli vaziyat! Boltaboev o'ng qanotdan raqib jarima maydoniga kirib borib, zarba yo'lladi, ammo uning urinishiga aniqlik etishmadi.

4. Zarba! Hamrobekovning jarima maydoni tashqaridan yo'llagan aylanma zarbasi darvoza to'siniga tegib, maydonni tark etdi.

4. Mezbonlar tomonidan amalga oshirilgan burchak uzatmasi xafli ko'rinish oldi. "Metallurg" himoyachisi qiyinchilik bilan to'pni qarama-qarshi tomoniga chiqarib yubordi.

"Metallurg"ning boshlang'ich tarkibida o'zgarish bo'ldi. Mashg'ulot jarayonida kichik jarohat olgan Davron Hoshimov o'rnini SHahzodbek G'ofurbekov egalladi.

1. O'yin boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Navbahor" ko'k, "Metallurg" oq rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика