So’nggi yangiliklar

14:48Элит ОЧЛ. "Ал Гарафа" - "Пахтакор" учрашувини Алиризо Фағони бошчилигидаги бригада бошқариб боради  2 14:27⚡️"Манчестер Сити" Абдуқодир Ҳусановни Чемпионлар Лигаси плей-офф босқичи учун қайдномага киритди   35 13:23Бугун Аббосбек Файзуллаев ва ЦСКА "Зенит"га қарши майдонга тушади  3 12:51"Манчестер Сити" қишки трансферларга 212 миллион евро ишлатди - бу тарихдаги иккинчи натижа  43 12:24Россия терма жамоаси собиқ аъзоси: "Россия ОФК таркибига ўтмаслиги керак — биз Европанинг бир бўлагимиз. У ерда нима қиламиз?"  15 11:54Маркус Рэшфорд: "Оптимал спорт формамга қайтиш учун АПЛда яхши ўринни эгаллаб турган ва ЕЧЛда иштирок этаётган клубга ўтдим"  8 11:29"Иккинчи ёшлигини" ўтказаётган Криштиану Роналду ҳақида  23 10:40Расман: "Ренн" Иордания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  27 10:21Расман: ОКМК "Локомотив" футболчиси билан шартнома имзолади  8 09:45Суперлига. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада   65 09:05Расман: "Хоразм" икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  9 08:35Анзур Исмоилов Абдуқодир Ҳусанов ҳақида: "Манчестер Сити"га мослашиш ва дебют ўйинда "Челси"га қарши ўйнаш ҳамма ўйлагандек осон жараён эмас"  10 08:05"Ал Гарафа" устози Педро Мартинс: "Мазкур ўйин учун стратегиямиз мавжуд"   2 07:35Элит ОЧЛ. "Пахтакор" бугун Қатарда "Ал Гарафа" билан ўйнайди  13 03:15Бир ой олдин Винисиусга қизил карточка кўрсатган ҳакам "Реал" - "Атлетико" баҳсига тайинлов олди  76

Superliga. "Andijon" tarixda ilk bor "Navbahor" maydonida g'alaba qozondi Yangiliklar

Superliga. "Andijon" tarixda ilk bor "Navbahor" maydonida g'alaba qozondi

Teglar :  Navbahor Andijon
Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Andijon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

3 iyul, shanba
NAVBAHOR – ANDIJON 0:1 LIVE
Hakamlar:
Zokirjon Qodirov, Ruslan Serazitdinov, Aleksandr Sidorov, Abdurashid Xudoyberganov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Bekzod Aripov

Gol: Usmonali Ismonaliev 90+4


"Navbahor":
1.O'tkir Yusupov, 7.Azimjon Ahmedov, 8.Sardor Telyakov, 9.Ivan Solovyov, 10.Quvondiq Ro'ziev, 17.Ehsoni Panshanbe, 19.Mirzohid G'ofurov, 22.Igor Golban, 24.Davronbek Hoshimov, 70.Abbosjon G'ulomov, 88.Slavisha Stoyanovich.
Zaxira: 35.Rahimjon Davronov, 4.Farhod Mirahmatov, 6.SHerzod G'ulomjonov, 21.Komiljon Tojiddinov, 25.SHohruh Mahmudhojiev, 33.Mirzohid Mirzamahmudov, 38.Dostonbek Abdulhaev, 77.Husayn Ergashboev, 95.Zabihillo O'rinboev.

"Andijon": 1. Nizomiddin Ziyovuddinov, 4. Usmonali Ismonaliev, 5. Abduvoxid G'ulomov, 6. Ibrohim Otaxonov, 7. Martin Boake, 8. Baxtiyor Qosimov, 10. Jasur Jaloliddinov, 18. Abdug'ani Kamolov, 33. Doniyor Abdumannopov, 49. Plamen Dimov, 70. Diyor Raximqulov.
Zaxira: 32. Javohir Qilichev, 9. Kamron Saidazimov, 11. Abdulxay Ismoilov, 14. Doniyor Ismailov, 17. Farxod Soxibjonov, 20. Izzatillo Abdulxaqov, 26. Muhammadkarim Toirov, 28. Sunnatilla Hamidjonov, 77. Muhammad Isaev.

Ogoxlantirish: Doniyor Abdumannopov ("Andijon") 1, Ibrohim Otaxonov, 8 Davron Hoshimov, 36 Jasur Jaloliddinov, 39, Usmonali Ismonaliev, Nizomiddin Ziyovutdinov, Azim Ahmedov, 44, Quvondiq Ro'ziev, 43 Abbos G'ulomov 54, Abduvohid G'ulomov, 57 Sardor Telyakov, 70 Plamen Dimov, 84



YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. "Andijon" Namanganda ilk bor g'alaba qozondi. Ajoyib o'yin uchun ikki jamoaga ham minnatdorchilik bildiramiz. 




90+4. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. "Andijon" so'nggi daqiqalarda gol urib ketmoqda. Jasur Jaloliddinovning ajoyib uzatmasini Usmonali Ismonaliev raqib jarima maydonchasi ichida qabul qilib gol urmoqda. Nimalar bo'lyapti?

90. Ikkinchi bo'limga to'rt daqiqa qo'shib berildi. 

84. OGOXLANTIRISH. "Andijon" himoyachisi Plamen Dimovga sariq kartochka ko'rsatildi.

82. ZARBAAAAAA. Davron Hoshimovning o'ng oyoqda yo'llagan zarbasi xavfli ko'rinish oldi. 

76. O'ZGARISH. "Navbahor"da Ehsoni Panshanbe o'rniga SHohruh Mahmudxojiev maydonga tushdi. 

74. Ehsoni Panshanbening zarbasini Nizomiddin Ziyovutdinnov ushlab oldi. 

70. OGOXLANTIRISH. "Navbahor" futbolchisi Sardor Telyakov sariq kartochka bilan jazolandi. 

66. O'yin yuqori tempda davom etmoqda. Hozircha darvozalarga to'p kiritilgani yo'q. 

65. O'ZGARISH. "Navbahor" tarkibida Slavisha Stoyanovich o'rniga Zabixillo O'rinboev maydonga tushdi. 

62. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA. UXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXX. Jasur Jaloliddinovdan xavfli zarba. Uning zarbasi darvozas to'siniga tegib qaytdi. 

57. OGOXLANTIRISH. "Andijon" futbolchisi Abduvohid G'ulomovga sariq kartochka ko'rsatildi. 

56. O'ZGARISH. Abbos G'ulomov o'rniga Farhod Mirahmatov maydonga tushdi.

54. OGOXLANTIRISH. "Navbahor" yarim himoyachisi Abbos G'ulomovga sariq kartochka ko'rsatildi. 

53. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAA. Doniyor Abdumannopov jarim maydonchasi ichida kuchli zarba yo'lladi. 

51. ZARBAAAAAAAAA. Doniyor Abdumannopov raqib jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilib olib darvoza tomon zarba yo'lladi, ammo to'p darvoza to'rining tashqi tomoniga tegdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Birinchi bo'lim yakunlandi. 

45. Birinchi bo'limga to'rt daqiqa qo'shib berildi. 

45. OGOXLANTIRISH. "Navbahor" futbolchisi Quvondiq Ro'zievga sariq kartochka ko'rsatildi

44. OGOXLANTIRISH. Usmonali Ismonaliev, Nizomiddin Ziyovutdinov, Azim Ahmedovga sariq kartochka ko'rsatildi.

43. Maydonda daxanaki jang boshlandi. Ikki jamoa azolari bir biri bilan janjallashmoqda. Buni derbi deydilar. 

43. OGOXLANTIRISH. "Navbahor" bosh murabbiyi Viktor Jalilovga sariq kartochka ko'rsatildi. 

42. Maydonda haqiqiy kurash va shiddat kechmoqda. 

39. OGOXLANTIRISH. Jasur Jaloliddinov ham sariq kartochkaga loyiq, deb topildi. 

36. OGOXLANTIRISH. "Navbahor"dan Davron Hoshimovga sariq kartochka ko'rsatildi. U joriy mavsumdagi beshinchi sariq kartochkasini oldi. 

29. "Andijon" hujumchisi Martin Boakedan ajoyib harakatlar. U birin ketin raqib futbolchilarini aldadi. Biroq yakunda to'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi. 

25. UXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXX. Ehsoni Panshanbening jarima maydonchasi ichiga yo'llagan uzatmasini "Andijon" darvozaboni Nizomiddin Ziyovutdinov qaytardi. 

19. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA. Quvondiq Ro'zievning jarimadan yo'llagan zarbasini raqib posboni qiyinchilik bilan qaytardi, so'ng to'p darvoza to'siniga tegdi. 

12. "Navbahor" chiroyli kombinaciya tashkil qildi. Abbos G'ulomovning yakuniy zarbasi kuchsiz chiqdi. 

10. Ibrohim Otaxonov hakam tomonidan og'zaki ogoxlantirildi. 

9. OGOXLANTIRISH. "Andijon" futbolchisi Ibrohim Otaxonovga sariq kartochka ko'rsatildi. 

8. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA. Baxtiyor Qosimovning 16 metrlardan yo'llagan zarbasini mezbonlar posboni O'tkir Yusupov qaytardi. 

5. ZARBAAAAA. Abdug'ani Kamolovning zarbasi xavfli chiqdi. 

2. ZARBAAA. Ehsoni Panshanbening kuchli zarbasi darvoza tepasidan o'tib ketdi. 

1. OGOXLANTIRISH. Doniyor Abdumannopov Sardor Telyakovga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi. 

O'yinga start berildi. 

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. 

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика