Superliga. "Navbahor" o'z uyida AGMK bilan durang o'ynadi
10 sen 2021 20:53
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/657139_original.jpg)
![](/upload/storage/657139_220.jpg)
Superliga. "Navbahor" o'z uyida AGMK bilan durang o'ynadi
NAVBAHOR – AGMK - 0:0
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylalov, Sultonmurod Abdurahmonov
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov
VAR hakami: Elyor Tursunov
VAR assistent: Ziyodullo Abdurahmonov
VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko
Komissar: Laziz Qo'chqorov
"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 24.Davron Hoshimov, 4.Boyan Ciger, 22.Igor Golban (11.Islom Isoqjonov, 90+1), 19.Mirzohid G'ofurov (28.Ilhom Alijonov, 78), 88.Boyan Naydenov, 7.Azim Ahmedov (S), 10.Qo'vondiq Ro'ziev (14.Kosta Guttiner, 63), 17.Ehsoni Panshanbe (8.Sardor Telyakov, 78), 9.Ivan Solovev, 95.Zabihillo O'rinboev (20.Ibrohim G'anixonov, 63).
Zaxira: 35.Rahimjon Davronov - 25.SHohruh Mahmudxojiev, 33.Mirzohid Mirzamahmudov, 70.Abbos G'ulomov.
AGMK: 32.Suhrob Sultonov, 20.Mirg'iyos Sulaymonov (77.Dilshod Ahmadaliev, 74), 8.Bobur Yo'ldoshev, 7.Sardor Rahmonov, 2.Akrom Komilov, 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov (5.Dilshod Jo'raev, 79), 22.Sanjar SHoahmedov (4.Mirjamol Qosimov, 88), 94.Elvin Fortes (28.SHohruh Gadoev, 74), 27.Martin Boake (18.Aleksandr Kasyan, 79), 10.Husniddin G'ofurov.
Zaxira: 35.Valijon Rahimov - 9.Zafar Polvonov, 11.Murod Toshmatov, 42.Nodir Abdurazzoqov.
Ogohlantirishlar: Sardor Rahmonov 28, Mirzohid G'ofurov 30, Samvel Babayan 45+1 ("Navbahor" murabbiyi), Ibrohim G'anixonov 71, Mirjalol Qosimov 75 (AGMK bosh murabbiyi), Ivan Solovyov 76.
90+6. O'yin tugadi.
90+4. Xavfli vaziyat. Jarimadan uzatilgan to'pni Jo'raev noaniq yo'lladi
90+1. O'zgarish. "Navbahor". Igor Golban o'rniga Islombek Isoqjonov maydonga tushdi
90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shildi.
88. O'zgarish. AGMK. Sanjar SHoahmedovning o'rnini Mirjamol Qosimov egalladi
83. ZARBA! Husniddin G'ofurovning zarbasi aniq bo'ldi, Yusupov to'pni ushlab oldi
79. O'zgarishlar. AGMK. Sanjar Tursunov va Martin Boake o'rniga Dilshod Jo'raev va Aleksandr Kasyan maydonga tushishdi
78. O'zgarishlar. "Navbahor". Mirzohid G'ofurov va Ehsoni Panshanbe o'rniga Ilhomjon Alijonov va Sardor Telyakov maydonga tushishdi
76. Ogohlantirish. "Navbahor". Ivan Solovyov
75. Ogohlantirish. AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ham hakamga etiroz qilgani uchun ogohlantirildi
74. O'zgarishlar. AGMK. Fortes va Sulaymonov o'rniga SHohruh Gadoev va Dilshod Ahmadaliev maydonga tushishdi
71. Ogohlantirish. "Navbahor". Ibrohim G'anixonov
66. ZARBAA! Sanjar Tursunovning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.
63. O'zgarishlar. "Navbahor". Zabihillo O'rinboev va Quvondiq Ro'ziev o'rniga Ibrohim G'anixonov va Kosta Guttiner maydonga tushishdi
55. UXXX! Solovyovning chap oyog'i bilan bergan kuchli zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi
51. ZARBAAAA! Elvin Fortesning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasidan keyin Yusupov to'pni ushlab oldi
46. Ikkinchi taym boshlandi
45+1. Birinchi taym yakunlandi
45+1. "Navbahor" maslahatchi murabbiyi Samvel Babayan hakamga etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi
45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi
44. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Solovyovning kuchli zarbasidan keyin Sultonov to'pni qaytardi! Qaytgan to'pni O'rinboev boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq!
41. ZARBA! Ahmedovning zarbasidan keyin to'p ancha noaniq yo'nalish oldi
35. ZARBAAAA! Yovan Jokichning zarbasi ancha noaniq ketdi
31. ZARBAAAAAAAAAAA! Husniddin G'ofurovning jarima zarbasidan tepgan to'pi darvoza to'siniga tegib qaytdi!
30. Ogohlantirish. "Navbahor". Mirzohid G'ofurov
28. Ogohlantirish. AGMK. Sardor Rahmonov
25. ZARBAAA! Solovyov jarima to'pini amalga oshirdi, O'rinboevning boshi bilan zarbasidan keyin Sultonov to'pni ushlab oldi
18. ZARBA! Sanjar Tursunovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi
13. ZARBA! Panshanbe darvoza tomon zarba yo'lladi. Noaniq!
7. Ivan Solovyov jarima to'pini amalga oshirdi, zarba o'xshamadi
O'YIN BOSHLANDI!
- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar