So’nggi yangiliklar

10:20"Реал" етакчиси финалда ўйнаши мумкин  1 09:52"Мураббийлар қотили" - Маттейс де Лигт  3 09:24Алонсо "Реал Мадрид"нинг Испания Суперкубоги финалига чиққанига муносабат билдирди  4 08:55Хебайнинг янги жамоаси деярли аниқ  13 08:28Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  15 08:00Шота Арвеладзенинг жияни Суперлига жамоасига кўрикдан ўтмоқда  4 07:25АПЛ. Марказий учрашувда дуранг қайд этилди  5 01:59Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз  37 01:42Канселу эртага "Барса" учун тиббий кўрикдан ўтади. Клуб барчасини "Ал Ҳилол" ва Мендеш билан келишиб олди  1 01:25ПСЖ "Марсел"ни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, Франция Суперкубогини қўлга киритди. Рамуш 95-дақиқада гол урди, Шевалье серияда иккита зарбани қайтарди  3 01:10Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Ҳилол" ва "Иттифоқ"да ғалаба, Роналду ва "Ал Насср" яна мағлуб бўлди  10 00:43Ироқ юлдузлар лигаси. "Эрбил" Темировнинг дубли эвазига меҳмонда ғалабага эришди, ҳамюртимиз тўпурарлар пойгасида яққол етакчилик қилмоқда  7 23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  15 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  4 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0

Superliga. "Nasaf" "Surxon"ni 6:0 hisobida taslim etdi Yangiliklar

Superliga. "Nasaf" "Surxon"ni 6:0 hisobida taslim etdi

Teglar :  NasafSurxon
Coca Cola Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Surxon" uchrashuvi yakunlandi.

NASAF – SURXON 6:0 

Gol: Norchaev 38, Mozgovoy 49, Stanoevich 52, Nasrullaev 61. Mozgovoy 80, Turdaliev 87.
15 aprel 2021 yil. Qarshi. "Markaziy" stadion. 18:20
Hakamlar:
G'ayrat Jo'raev, Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev, Sanjar Nazarov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: SHohrux Said

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 4. Husniddin Aliqulov, 5. G'olib G'aybullaev, 6. Murod Xo'jamberdiev (70.Abubakr Rizo Turdialiev 70), 14. SHokir Yo'ldoshev, 15. Jo'rabek Mannonov ( 8.Dilshod Saitov 70), 19. Husain Norchaev, 22. Akmal Mozgovoy, 34. SHerzod Nasrullaev, 88. Marko Stanoevich, 92. Umar Eshmurodov (55.SHahzod Akramov 80).
Zaxira: 1. Umidjon Ergashev, 25.Muhriddin Zoirov, 28.Sardor Sadullaev, 50.SHohmalik Komilov,

"Surxon": 13.Akrom Xodjaev, 5.Jasur Yoqubov, 6.Alisher Salimov, 7.Islomjon Toshpo'latov ( 21.Javohir Esonqulov 74), 11.Zohir Pirimov, 14.Jasur Xolto'raev (10.Murodbek Bobojonov 56), 15.Vladimir Bubanya, 19.Nuriddin Hasanov, 20.Husniddin G'ofurov, 70.Ibrohim Yo'ldoshev, 77.Asror G'ofurov (8.Jahongir Ahmadov 56).
Zaxira: 12.Rustam Nartadjiev, , 9.Nizomjon Norov, 60.O'ral CHoriev, 66.Behruz SHaydulov.



YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI! "NASAF" YIRIK G'ALABA EVAZIGA NAVBATDAGI UCH OCHKONI QO'LGA KIRITDI!

90. Hakam ikki daqiqa vaqt qo'shib berdi.



87. GOOOL! Nasrullaevning pasidan so'ng Abubakr Rizo Turdaliev hisobni yanada yirik ko'rinishga keltirdi - 6:0!

80. O'zgarish. "Nasaf". Umar Eshmurodov o'rniga SHahzod Akramov tushdi



80. GOOOL! Akmal Mozgovoy boshi bilan gol urib dublga erishdi - 5:0. Unga Nasrullaev to'p uzatgandi 

74. "Surxon"da o'zgarish. Toshpo'latov o'rniga Esonqulov maydonga tushdi. 

70. "Nasaf"da ikkita o'zgarish. Xo'jamberdiev o'rniga Turdaliev, Mannonov o'rniga Saitov maydonga tushirildi. 

68. "Nasaf" bosimni davom ettirmoqda. Tashabbus to'liq mezbonlar tomonda. Norchaevning bergan zarbasi darvoza ustuniga tegib, maydondan tashqariga chiqib ketdi. 



61. GOOOL! SHerzod Nasrullaev hisobni yirik ko'rinishga keltirdi - 4:0!

56. "Surxon"da ikkita o'zgarish. Jasur Xolto'raev o'rniga Murodbek Bobojonov, Asror G'ofurov o'rniga Jahongir Ahmadov o'yinni davom ettiradi. 




52. Yana bitta GOOOL! Marko Stanoevich taxminan 30-35 metrdan juda kuchli va aniq zarbasi bilan "Surxon" darvozasi to'qqizligini nishonga oldi - 3:0! 



49. GOOOL! Akmal Mozgovoy! Mezbonlar futbolchisi jarima maydonchasi ichida o'ng qanotdan oshirilgan to'pni kuchli zarba bilan raqib darvozasining yaqin burchagiga yo'lladi.

47. Ikkinchi bo'lim mezbonlar faolligi ostida boshlandi.

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

TANAFFUS!

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!

43. Islom Toshpo'latovning yaqin masofadan bergan zarbasi noaniq ketdi. 

41. Akmal Mozgovoy yiqilib yotibdi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.


38. GOOOL! Husayn Norchaev hisobni ochdi. Jarima maydoni ichida yuzaga kelgan pala-partishlikda Norchaev epchil harakat qildi va to'pni darvozaga yo'llab, hisobni ochdi. 

34. SHokir Yo'ldoshev raqib jarima maydoni ichida ajoyib imkoniyatga ega bo'lgandi. U o'zining individual mahoratini namoyish etdi. Ammo SHokirga omad etishmadi.

32. Mezbonlar qulay imkoniyatdan foydalana olishmadi. Hisobni ochish uchun yaxshi vaziyat yuzaga kelgandi "Nasaf" futbolchilarida. 

27. "Surxon" jarima maydonchasi ichida Bubanyaga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

20. Zarbaa! "Nasaf" futbolchisi taxminan 25 metrdan jarima zarbasini amalga oshirdi. Bu vaziyatda mehmonlar posboni to'pni qaytarib yubordi. 

18. Hozircha jamoalar xavfli vaziyat tashkil eta olishgani yo'q.

12. To'p nazorati asosan "Nasaf" tomonda.

6. Mezbonlar bosim qilishda davom etishmoqda.

4. "Nasaf" futbolchilari o'ng qanot orqali oldinga intilishmoqda.

1. O'yin boshlandi. 

Assalomu alaykum. "Nasaf" - "Surxon" o'yinidan matnli translyaciyani boshlaymiz. 

- Uchrashuv soat 18:20da boshlanadi.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика