So’nggi yangiliklar

08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  1 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  1 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  6 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  7 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0

Superliga. “Nasaf” - “So'g'diyona”. Prevyu Yangiliklar

Superliga. “Nasaf” - “So'g'diyona”. Prevyu

Teglar :  So'g'diyona Nasaf
“Nasaf” bu yilgi Superligasining 2-tur uchrashuvini o'z maydonida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Mazkur uchrashuv bu yilgi chempionatdagi “Nasaf”ning ilk uy uchrashuvi bo'ladi.

Uchrashuv 31 mart yakshanba kuni “Markaziy” stadionda soat 19:15da boshlanadi. Bir kun avval, yani 30 mart kuni esa klublarning U-21 jamoalari o'rtasidagi bahs bo'ladi. Uchrashuv “Geolog” stadionida soat 16:30da boshlanadi.

O'zaro uchrashuvlarga oid faktlar

Ushbu jamoalar milliy chempionat doirasida bungacha o'zaro 38 marotaba kuch sinashgan. SHulardan 30ta o'yinda “ajdarlar”ning qo'li baland kelgan. 1ta o'yinda o'zaro durang qayd etilgan. Ushbu tarixiy durang 1998 yil Qarshida qayd etilgan. 7 uchrashuvda “So'g'diyona” jamoasi g'alaba qozongan. O'zaro uchrashuvlarda 113 marta darvozalarga gol kiritilgan. To'plar nisbati bo'yicha ustunlik "Nasaf" tomonida – 82:31.

Mazkur jamoalar o'rtasidagi so'nggi marta, o'tgan yili Jizzaxda bo'lgan uchrashuvda, “ajdarlar” 1:0 hisobida zafar quchgan.



Qarshida bo'lgan o'zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar bungacha Qarshida o'zaro 19ta uchrashuvda maydonga tushishgan. Bu uchrashuvlarda 16 marta “Nasaf”ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 2 marta “So'g'diyona” jamoasi g'alabaga erishgan. Qarshida o'tkazilgan o'zaro uchrashuvlarning faqat bittasida, yani 1998 yilgi mavsumda golsiz durang qayd etilgan. Qarshidagi uchrashuvlarda darvozalarga jami 66ta gol kiritilgan. Gollar nisbati bo'yicha ustunlik "Nasaf" tomonida - 49:17.

Qarshidagi so'nggi o'zaro besh uchrashuv natijasi
31.05.2015. “Nasaf” - “So'g'diyona” 3:1
26.06.2016. “Nasaf” - “So'g'diyona” 2:1
30.03.2017. “Nasaf” - “So'g'diyona” 4:0
30.04.2018. “Nasaf” - “So'g'diyona” 1:2
23.10.2018. “Nasaf” – “So'g'diyona” 3:0



O'zaro qayd etilgan yirik hisoblar

"Nasaf" jizzaxliklarni eng yirik 4:0 hisobida mag'lub etgan. “So'g'diyona” esa 3:2 yirik hisobidagi g'alabaga erishgan.

O'zaro o'yinlarda “ajdarlar” etti marta yirik hisobda g'alaba qozongan (3:0 – 2000, 2009, 2016, 2018 yil, 4:1 – 2004, 2009, 4:0 - 2017).

Murabbiylardan iqtiboslar

O'zingizga malum, o'tgan yili chempionatning so'nggi uchrashuvini “Nasaf” Jizzaxda “So'g'diyona” jamoasiga qarshi o'tkazgan edi. Uchrashuvda "Nasaf" 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi. O'yindan so'ng murabbiylar qanday fikr bildirishgan edi? Quyida iqtiboslar keltiramiz.



Ro'ziqul Berdiev: - Biz bugun faqat g'alabani ko'zlab maydonga chiqqan edik. Birinchi bo'limdagi o'yinimiz meni umuman qoniqtirmadi. SHuning uchun tanaffus paytida futbolchilarimiz bilan jiddiy gaplashib oldik. Natijada ikkinchi bo'limni ancha mazmunli o'tkazdik. Gol kiritdik va yakunda g'alabani saqlab qola oldik. Bugun raqib jamoa ham yomon o'yin ko'rsatmadi. Ochko bizdan ko'ra ularga ko'proq kerak edi. Lekin himoyachilarimiz ularga aslo imkon berishmadi.

Sergey Lushan: -Bugun mag'lub bo'ldik. “Mashal” bilan o'yin hal qiluvchi bo'lgani bois sariq kartochkasi bor futbolchilarni “Nasaf” bilan o'yinga qo'yib tavakkal qilmadik. SHu sababli tarkibda o'zgarish qildik. Bahs davomidaimkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Raqiblar birgina xatodan foydalana oldi. Futbolda shunaqa tushuncha bor sen urmasang senga urishadi. SHogirdlarimning o'yindan qoniqdim.



Jamoalar bu yilgi chempionatni qanday boshlashdi?

“Nasaf” o'tgan 1-tur uchrashuvini safarda “Dinamo” jamoasiga qarshi o'tkazdi va 1:1 hisobida durangga erishdi. “So'g'diyona” jamoasi esa o'z maydonida “Bunyodkor” jamoasini qabul qildi va 2:1 hisobida zafar quchdi.SHunday qilib, o'tgan 1-turda qayd etilgan ikki g'alabaning birini aynan “So'g'diyona” jamoasi qo'lga kiritgan.

“Nasaf”ga bitta narsa kuch bag'ishlaydi. Bu ham bo'lsa muxlislarning stadionda qo'llab-quvvatlashidir. SHunday ekan “Markaziy” stadionga tashrif buyuring va sevimli jamoangizga dalda bo'ling. “Markaziy”ga sizga muntazir, aziz futbol ishqibozlari!


Nasaf

Dilshod Saitov - 6', Boburbek Davlatov - 53', Islom Kenzhaboev - 79'

Superliga. 2-tur

31/03/2019, 19:15

1
:
3
Tugadi

So'g'diyona

Nikola Milinkovich - 33'

45'
90'
6'  Dilshod Saitov
24'  Humoyun Murtozaev
53'  Boburbek Davlatov
66'  Oybek Bozorov (Islom Kenzhaboev)
79'  Islom Kenzhaboev
83'  Sardor Abduraimov
86'  Islom Rashidxonov (Doniyor Narzullayev)
89'  Boburbek Davlatov (ZHo'rabek Mannonov)
24'  Elyor Orifov
33'  Nikola Milinkovich
33'  Nuriddin Hasanov
58'  Izzat Abdullaev (Shohruz Norxonov)
66'  Nuriddin Hasanov (Siroj Meliyev)
68'  Doston Toshmatov (Oybek Nurmatov)

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика