Superliga. "Nasaf" "So'g'diyona"ni mag'lub etdi, Kenjaboev ajoyib gol urdi
31 mar 2019 21:05
Yangiliklar


Superliga. "Nasaf" "So'g'diyona"ni mag'lub etdi, Kenjaboev ajoyib gol urdi
Superligasi – 2019. 2-tur
“NASAF” – “SO'G'DIYONA” 3:1
31.03.2019. Qarshi. “Markaziy” stadioni. 11332 tomoshabin.
Bosh hakam: Zokirjon Qodirov (Navoiy)
Qanot hakamlari: Obid Jumaev, Ruslan Samandarov (Navoiy)
Zaxira hakami: SHuhrat Rajabov (Buxoro)
Nazoratchi: Igor Nexochin (Namangan)
Komissar: Baxtiyor Mametov.
Gollar: Dilshod Saitov 6, - 1:0. Nikola Milinkovich 33, - 1:1 (Nuriddin Hasanov). Bobir Davlatov 53, - 2:1. Islom Kenjaboev 79, - 3:1.
“Nasaf”: 1.Umidjon Ergashev, 5.G'olib G'aybullaev, 8.Dilshod Saitov, 9.Humoyun Murtazoev, 18.Bobir Davlatov (15.Jo'rabek Mannonov, 89), 19.Sardor Abduraimov, 22.Akmal Mozgovoy, 27.Islom Rashidxonov (17.Doniyor Narzullaev, 86), 28.Xurshidbek Muxtorov, 77.Oybek Bozorov (20.Islom Kenjaboev, 66), 92.Umarbek Eshmurodov (s).
Zaxira: 21.Mashhurjon Muhammadjonov, 35.Abduvoxid Nematov, 6.Azizjon G'aniev, 10.Bobir Abdixoliqov, 14.SHarof Muhitdinov, 34.SHerzod Nasrullaev.
“So'g'diyona”: 27.Milan Mitrovich, 3.Iskandar SHoyqulov, 4.Elyor Orifov, 5.Kaxi Maxaradze, 6.Nuriddin Hasanov (8.Siroj Meliev, 66), 7.Sanjar Rashidov (c), 11.Izzatila Abdullaev (10.SHohruz Norxonov, 58), 17.Doston Toshmatov (9.Oybek Nurmatov, 68), 23.Muhammad Yuldoshev, 91.Nikola Milinkovich, 97.SHahboz Jo'rabekov.
Zaxira: 1.SHirinboy Abdullaev, 18.SHerzot SHakirov, 32.Dian Talxatov, 70.Durbek Kamolov, 77.Daniel Nasridinov.
Ogohlantirishlar: Elyor Orifov 24, Humoyun Murtazoev 24, Sardor Abduraimov 83.
Nasaf Dilshod Saitov - 6', Boburbek Davlatov - 53', Islom Kenzhaboev - 79' |
Superliga. 2-tur 31/03/2019, 19:15 1
:
3
Tugadi
|
So'g'diyona Nikola Milinkovich - 33' |
Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.
MATNLI TRANSLYACIYA
90+5. O'yin tugadi. "Nasaf" mavsumdagi ilk g'alabasini o'z maydonida "So'g'diyona" ustidan qo'lga kiritdi
90. O'yinga 5 daqiqa qo'shib berildi
89. O'zgarish. "Nasaf". Bobir Davlatov o'rniga Jo'rabek Mannonov tushdi
86. O'zgarish. "Nasaf". Islom Rashidxonov o'rniga Doniyor Narzullaev tushdi
85. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAA! Nikola Milinkovichning jarimadan yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegib maydonni tark etdi
83. Ogohlantirish. "Nasaf". Sardor Abduraimov
79. Islom Kenjaboev deyarli o'z jarima maydoni yaqinida to'pni egallab olib raqib himoyachilarini ortda qoldirib gol urishga erishdi! Ajoyib gol!
79. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ISLOM KENJABOEEEEEEEEEEEV! 3:1. DAHSHATLI GOL!
70. Bugungi uchrashuvni stadionda 11332 nafar muxlis tomosha qilmoqda
68. O'zgarish. "So'g'diyona". Doston Toshmatov o'rniga Oybek Nurmatov tushdi
66. O'zgarish. "So'g'diyona". Nuriddin Hasanov o'rniga Siroj Meliev tushdi
66. O'zgarish. "Nasaf". Oybek Bozorov o'rniga Islom Kenjaboev tushdi
60. Sanjar Rashidovning yo'llagan zarbasi noaniq ketdi
58. O'zgarish. "So'g'diyona". Izzat Abdullaev o'rniga SHohruz Norxonov tushdi
53. Raqib jarima maydoni ichidagi pala-partishlikdan so'ng Davlatov gol urdi
53. GOOOOOOOOOOOOOOOL! BOBIR DAVLATOOV! 2:1
46. Ikkinchi taym boshlandi
45+1. Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha 1:1
45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi
41. "So'g'diyona" aksariyat hujumlarini o'ng qanotdan tashkil etmoqda. Bu hujumlar xavfli ko'rinish olmoqda
33. Nuriddin Hasanov burchakdan to'pni havodan oshirib berdi, Milinkovich boshi bilan gol urdi.
33. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! NIKOLA MILINKOVICH! 1:1
24. Ogohlantirish. "Nasaf". Humoyun Murtazoev
24. Ogohlantirish. "So'g'diyona". Elyor Orifov
20. ZARBAAAAAAAAA! Doston Toshmatovning kuchli zarbasini Umidjon Ergashev qaytardi
11. Sanjar Rashidov jarohat olgan ko'rinadi, unga shifokorlar maydon chetida yordam ko'rsatishmoqda
6. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Dilshod Saitov jarima to'pini amalga oshirdi, to'p yo'l yo'lakay raqib vakiliga tegib darvozadan joy oldi - 1:0.
4. Dastlabki hujum tashkil etildi, ammo mehmonlar o'yin qoidasini bo'zishdi. Jarima to'pi tepildi. Ammo bu natija bermadi
1.Uchrashuv boshlandi.
- O'yin soat 19:15da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar